Yoshlar ishlari agentligi
98.2K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mamlakatimiz va qator yetakchi xorijiy davlatlarning nufuzli gazetalari hamda internet-nashrlarida “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhadagi maqolasi chop etildi.

Maqola: https://president.uz/uz/lists/view/5495

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
⚡️Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida sportning Voleybol turlari bo'yicha musobaqasining 14-sentabr kuni boʻlib oʻtadigan mahalla bosqichi manzillari e'lon qilinadi.

Quyidagi havolalar orqali manzillar bilan tanishishingiz mumkin:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi;
2. Andijon viloyati;
3. Buxoro viloyati;
4. Farg’ona viloyati;
5. Jizzax viloyati;
6. Namangan viloyati;
7. Navoiy viloyati;
8. Qashqadaryo viloyati;
9. Samarqand viloyati;
10. Sirdaryo viloyati;
11. Surxondaryo viloyati;
12. Toshkent viloyati;
13. Toshkent shahri;
14. Xorazm viloyati;

❗️Eslatma: Musobaqada ishtirok etish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog‘laning. Yoshlar yetakchisining aloqa ma’lumotlarini @Smartmahallabot telegram boti orqali bog'lanishingiz mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Xalqaro hamkorlikning universal prinsip va normalarga asoslangan tizimi izdan chiqib borayotgani bugungi kun haqiqatidir».

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning SHHT sammitiga bag‘ishlangan maqolasida so‘z boradi.

Sammit 15-sentabr kuni start oladi.

#SCO2022Samarkand

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«SHHTning transformatsiyasi va yuksalishi uchun nafaqat aʼzolar sonining ko‘payishi hisobiga, balki tashkilot rivojining yangi strategik yo‘nalishlarini ilgari surish orqali keng istiqbollar mavjud»

Shavkat Mirziyoyev o‘z maqolasida transport va o‘zaro bog‘liqlik, energetika, oziq-ovqat va ekologiya xavfsizligi, innovatsiyalar, raqamli transformatsiya va “yashil” iqtisodiyot kabi muhim yo‘nalishlarga eʼtibor qaratdi.

Sammit 15-sentabr kuni boshlanadi.

#SCO2022Samarkand

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchsizlik jarayoni jahon iqtisodiyotining avvalgi taraqqiyot yo‘liga qaytishini va global taʼminot zanjirlarining tiklanishini murakkablashtirmoqda».

Prezident Shavkat Mirziyoyev geosiyosiy dolzarb muammolar va uning jahon iqtisodiyotiga taʼsiri haqida mulohazalarini bildirdi.

Samarqanda sammiti 15-16-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

#SCO2022Samarkand

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, ishdan mahrum bo‘lgan, birinchi marta ish qidirayotgan, uzoq (1 yildan ko‘p) tanaffusdan keyin ishni qayta boshlashni istagan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga:

• ishsizlik nafaqasi to‘lash;

• qaramog‘idagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish;

• kasb o‘rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qo‘shish;

• haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati taʼminlanadi.

☑️ Ish qidirayotganlarni ro‘yxatga olish, ishsiz deb eʼtirof etish, ularga yordam ko‘rsatish, ishsizlik nafaqalarini to‘lash tuman (shahar) aholi bandliliga ko‘maklashish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri yoshlar bilan ishlash namunasi

Nukus shahrida yoshlar bilan ishlash masalasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

Nukus shahri Yoshlar markazi binosida Yoshlar daftariga kiritilgan 677 nafar yoshlarga o‘z-o‘zini band qilish maqsadida subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirildi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Feruz Ablayarov, Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Polat Maxsetbayev va Nukus shahri
4 ta sektor rahbarlari, yoshlar va ota-onalar ishtirok etdi.

Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
#bilasizmi

🗓 14-sentabr - O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun!

Qonunga muvofiq, Yoshlar (yosh fuqarolar) — o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar hisoblanadi.

✍️ Yoshlarga oid davlat siyosati — davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi.

👦🏻👩🏻 Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini biror bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday cheklash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Yoshlarimiz uchun bugungi kunda barcha shart-sharoitlarni yaratishga Davlat darajasida ahamiyat qaratilgan va buning natijasida kelajagimiz egalari dunyoda eng kuchli ekanliklarini ko‘rsatishlariga ishonamiz!

Bugungi kun muborak, qadrli yoshlar!

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
⚡️Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida sportning Yengil atletika turlari bo'yicha musobaqasining 15-sentabr kuni boʻlib oʻtadigan mahalla bosqichi manzillari e'lon qilinadi.

Quyidagi havolalar orqali manzillar bilan tanishishingiz mumkin:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi;
2. Andijon viloyati;
3. Buxoro viloyati;
4. Farg’ona viloyati;
5. Jizzax viloyati;
6. Namangan viloyati;
7. Navoiy viloyati;
8. Qashqadaryo viloyati;
9. Samarqand viloyati;
10. Sirdaryo viloyati;
11. Surxondaryo viloyati;
12. Toshkent viloyati;
13. Toshkent shahri;
14. Xorazm viloyati;

❗️Eslatma: Musobaqada ishtirok etish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog‘laning. Yoshlar yetakchisining aloqa ma’lumotlarini @Smartmahallabot telegram boti orqali bog'lanishingiz mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube
​​O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda Agentlik markaziy apparatidagi Mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi vakant lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi.

❗️Hujjatlar 2022-yil 14-sentabrdan 18-sentabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Bizning sahifalarimiz:
👉 @yoshlaragentligiInstagramFacebookYouTube