⚡️ ⚡️⚡️O‘zbekiston terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasi g'olibi!!!
Hindistonning Chennay shahrida oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Yana bir quvonarli xabar: O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi. Barcha yurtdoshlarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklaymiz!
Telegram sahifamiz 👉 @yoshlaragentligi

Davlat fuqarolik xizmatidagi yosh xotin-qizlar uchun o'quv-seminari bo‘lib o‘tadi
📅 12-13-avgust kunlari Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadigan o‘quv-seminarga barcha idora va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yosh xotin-qizlarni taklif qilamiz!
📝 O‘quv-seminar davomida huquqiy, moliyaviy savodxonlik, gender tengligi, notiqlik san'ati va kasbiy toliqish mavzularida seminar hamda shaxsiy brend mavzusida trening darslari o‘tkaziladi.
Ro‘yxatdan o‘tish
Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoamiz bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni ushbu buyuk g‘alaba bilan qizg‘in tabrikladi.
Telegram sahifamiz 👉 @yoshlaragentligi
Telegram sahifamiz 👉 @yoshlaragentligi
⚡️Hindistonning Chennay shahrida oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining yopilish marosimida erkaklar terma jamoamiz “Eng jozibali erkaklar milliy terma jamoasi” sifatida ham gʻolib boʻldi!
Telegram sahifamiz 👉 @yoshlaragentligi
Telegram sahifamiz 👉 @yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Butunjahon shaxmat olimpiadasi: O‘zbekistonga oltin medallar topshirildi va vatanimiz madhiyasi yangradi! 🇺🇿
Telegram sahifamiz 👉 @yoshlaragentligi
Telegram sahifamiz 👉 @yoshlaragentligi
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi
“Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida har tomonlama munosib ishtirok etib, Olimpiada chempioni degan yuksak sharafga sazovor bo‘lganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Sizlar dunyoning manaman degan shaxmat ustalari ishtirokida har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan, 188 ta jamoa ishtirok etgan ushbu eng nufuzli shaxmat musobaqasidagi ulkan g‘alabangiz bilan mamlakatimiz sporti tarixida yangi sahifani ochib berdingiz.
Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yaqubboyev, Javohir Sindorov, Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov kabi o‘g‘lonlarimizning iste’dodiga butun dunyo yana bir bor tan berdi. Ayniqsa, Jahongir Vohidovning so‘nggi o‘yindagi g‘alabasi terma jamoamizning tarixiy g‘alabasini ta’minladi.
Shuni alohida g‘urur bilan ta’kidlash kerakki, sportning shaxmat turida butun dunyoda nom chiqargan Hindiston, AQSH, Armaniston, Niderlandiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi davlatlar vakillari ishtirok etgan ushbu olimpiadada terma jamoamiz a’zolari har tomonlama munosib ishtirok etib, bironta o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchramadi.
Sizlar shu tariqa o‘zbek shaxmat maktabining shon-shuhratini yuksak bosqichga olib chiqdingiz. Sizlar kabi azmu shijoatli, vatanparvar yoshlar eng katta boyligimiz, millatimizning “oltin fondi”, desam, o‘ylaymanki, butun xalqimizning fikrini ifoda etgan bo‘laman.
Mana shunday zukko va katta salohiyatli o‘g‘lonlarni tarbiyalab voyaga yetkazgani uchun ota-onalaringiz va ustozlaringizga chin yurakdan tashakkur izhor etaman.
O‘zbekistonning shaxmatchi qizlari ham ushbu xalqaro musobaqada munosib ishtirok etib, o‘zlarining salohiyati baland ekanini yaqqol namoyish qildilar. Shu o‘rinda ularga ham chin qalbimdan tasanno aytaman”, deyiladi Prezidentimizning tabrigida.