Yoshlar ishlari agentligi
103K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
“Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mahalladagi yoshlar yetakchilarining o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi

Konferensiya Davlat boshqaruvi akademiyasi binosida yalpi majlis va 5 ta sho‘ba yig‘ilishi shaklida tashkil etilib, unda 30 nafardan ziyod vazirlik va idoralarning rahbarlari, 100 nafarga yaqin olim va tadqiqotchilar, yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Konferensiya ma’ruzalar, bahs-munozara, erkin fikr almashish, konferensiya ishtirokchilarining nazariy bilim va amaliy tajribalari bilan tanishish shaklida o‘tkazilib, konferensiyada bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
🌱 Bugungi kun tarixga aylandi!

Toshkent shahri Sergeli tumanining “Xonabod” mahallasida Yoshlar ishlari agentligi hamda bir qator vazirlik, idora va tashkilotlar hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi.

Loyihada jami 1 000 dan ortiq faol yoshlar jumladan, yosh tadbirkorlar, kitobxonlar, blogerlar, sportchilar, san’atkorlar, “Kelajak liderlari” klubi va Yoshlar parlamenti a’zolari, volontyorlar, talaba-yoshlar, olimlar, yoshlar yetakchilari va sardorlar ishtirokida 2 gektar bo‘sh yer maydoniga 1 000 dona pavloniya daraxti ekildi.

#yashilmakon

Bizning sahifamiz:
👉 @yoshlaragentligiFotogalereya
Bugun, 17-aprel kuni soat 17:00 da mukofot jamg‘armasi 880 million so‘m bo‘lgan «Yoshlar ishlari agentligi kubogi» shaxmat turniri yuzasidan ovozli muloqot o‘tkazamiz.

Eslatib o‘taman, g‘oliblar 4 ta yo‘nalishning har biri bo‘yicha:

1-o‘rin 50 million so‘m;
2-o‘rin 30 million so‘m;
3-o‘rin 20 million so‘m;
Respublika bosqichiga chiqqan har bir ishtirokchi 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Bugun ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni. Soat 00:00 gacha @uzshaxmatbot Telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!
Loyiha yuzasidan savollaringiz bo‘lsa, izohlarda qoldiring.

Ovozli suhbatda ishtirok etish uchun: https://yangx.top/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
Tayinlov

Ibragimova Shoxida Shaazizovna - Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktorining Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Shoxida Ibragimova - "Growth Academy" bolalar o‘quv markazi, "Perfect women" biznes ayollar klubi, "Moliyaviy savodxonlik" kurslari va moliya.uz blogi asoschisi, "Eco Virin Agro" korxonasi rahbari, biznes trener va tadbirkor.

💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Shoxida Ibragimovani yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

#tayinlov

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Forwarded from Alisher Sadullaev
Mukofot jamg‘armasi 880 million so‘m bo‘lgan «Yoshlar ishlari agentligi kubogi» shaxmat turniri yuzasidan ovozli muloqotimiz boshlandi.

Ishtirok etish uchun: https://yangx.top/alisher_sadullaev?livestream

Eslatib o‘taman, bugun turnirga ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni. Soat 00:00 gacha @uzshaxmatbot Telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

@alisher_sadullaev