Yoshlar ishlari agentligi
103K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
Kibersport musobaqasi final bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

⚡️ Jizzax viloyatida “Yoshlar forumi-2024” doirasida Kibersport musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi.

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan ushbu musobaqa haqiqiy kiberturnir ruhini jonlantirdi! Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan iste’dodli ishtirokchilar CS:GO va DOTA2 kabi jamoaviy strategiya o‘yinlarida birgalikda g‘alaba sari harakat qilishdi. Shuningdek, FIFA22 va PES22 yo‘nalishlarida individual mahorat va aniqlik namoyish etildi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar

#Yoshlarforumi2024 #Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir va yoshlar uchrashuvi

⚡️“Yoshlar forumi” tadbirlari “Vazir va yoshlar” bilan davom etadi. Xabar berganimizdek, ushbu uchrashuvlar har bir vazirlik, idora va tashkilotlar tizimidagi yosh xodimlar va mahalla yoshlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Ertaga, 17-dekabr kuni, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Ushrashuvda ishtirok etish istagini bildirgan barchani soat 14:00 da Yoshlar ijod saroyida kutamiz. Shuningdek, taklif va murojaatlaringizni yoshlarforumi.uz sayti orqali ham yo‘llashingiz mumkin!

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰Jamiyatda o‘z o‘rningni topishni istasang, buni isbotla!

🎬Bugun Yoshlar ijod saroyida “Yoshlar forumi – 2024” doirasida uzoq kutilgan “Kurash – hayot davom etadi” veb-serialining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Serial Yoshlar ishlari agentligi va “Ibrat farzandlari” loyihasi ijodkorlari tomonidan tayyorlandi.

Mazkur veb-serial real hayotdagi turli sharoitlarda yashayotgan o‘smirlarning katta hayot yo‘lidagi kurashi haqida hikoya qiladi.

📽Serial qahramonlari o‘ziga xos xarakter va tanlagan yo‘llari bilan boshqalardan ajralib turadi. Unda yosh va katta avlod o‘rtasidagi qarama-qarshi dunyoqarashlar, o‘zaro munosabatlardagi kelishmovchiliklar tufayli yuzaga keladigan salbiy oqibatlar tomoshabinga chuqur va ta’sirli tarzda namoyish etiladi.

📹Veb-serial jami 10 qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismni hoziroq “Kurash” Youtube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin!

#Yoshlarforumi2024 #premyera

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Faol qizlar birlashadi – ovozlar kuchayadi!

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” tadbirlari doirasida “Qizlar ovozi” loyihasining an’anaviy Respublika koordinatorligiga saralash jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda!

Endilikda Respublika koordinatori vazifasini, bir nechta faol qizlar bir vaqtda olib borishlari mumkin. “Qizlar ovozi” klubiga saylov jarayoni quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:


OTMlar bilan ishlash bo‘yicha respublika koordinatori;
O‘rta ta’lim bilan ishlash bo‘yicha Respublika koordinatori;
Hududlar kesimida ishlash bo‘yicha Respublika koordinatori.

Saylovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Saralash bosqichi 18-dekabr kuniga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola!

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Adliya vaziri bilan ochiq muloqot

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qonunlarni o‘rganish va ulardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi. Yoshlarning o‘z huquq va manfaatlarini chuqur anglashlari zarurligi alohida qayd etildi.

Mazkur muloqotda ta’lim muassasalari talabalari, vazirlik tizimidagi yosh xodimlar hamda faol yoshlar ishtirok etishdi. Shuningdek, xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar ham onlayn tarzda muloqotda qatnashib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bir qator muhim takliflar bildirildi. Jumladan, Adliya vaziri stipendiyasini ta’sis etish, “Qonun tashabbuskorlari” nomli jamoa tuzib loyihalar tashkil etish, “Vazir bilan bir kun” loyihasini amalga oshirish hamda oliy ta’lim muassasalaridagi talaba yoshlar bilan davomli uchrashuvlar o‘tkazish kabi takliflar ilgari surildi.

Adliya vaziri Akbar Tashkulov yoshlarning ushbu takliflarini e’tiborga olib, ularning aksariyatini qo‘llab-quvvatladi va ayrim masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berdi.

⚡️Yoshlar forumi – yoshlarning ovozi va tashabbuslar maydoni!

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM