Yoshlar ishlari agentligi
98.2K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥇 Bizda yana oltin medal!

🇺🇿Hamyurtimiz Abdumalik Xalokov qirg‘izistonlik Munarbek Seitbek Uuluga qarshi ringga ko‘tarilib, chempionlik jangida raqibini mag‘lub etdi va Olimpiada chempioni bo’ldi.

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining navbatdagi 7-oltin medali barchamizga muborak bo‘lsin. Barakalla, Abdumalik!

🇺🇿G’alaba muborak bo’lsin aziz yurtdoshlar!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥈Svetlana Osipova - Parij Olimpiadasining kumush medali sohibasi!

Bu juda yaxshi natija. Parij-2024 olimpiadasida kumush medal olgan ilk o’zbek ayol sportchisi bo’ldi!

🇺🇿Biz sen bilan faxrlanamiz. Barakalla, Svetlana!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥇O‘zbek sporti tarixida oltin harflar bilan yozilgan yana bir sahifa, yana bir chempion!

🇺🇿Bahodir Jalolov Parij-2024 Olimpiadasining finalida o‘zining yengilmasligini yana bir bor isbotladi. Ispanyalik raqibini dog‘da qoldirgan hamyurtimiz, ikki karra oltin medal sohibiga aylandi.

🥇O‘zbekistonning oltin medallari soni 8 taga yetdi! Bu yutuqlarimiz barchamiz uchun katta g‘urur va faxr manbai. Barcha sportchilarimizga tarixiy natijalar uchun rahmat deymiz!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma va tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminardan video rolik.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oramizdagi qahramonlar.

🖐Bugungi kunda yurtimizda volontyorlar safi tobora kengayib, ular jamiyatimizda muhim rol o‘ynamoqda. Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “Sen kuchlisan” volontyorlik loyihasi rahbari Marjona Nurmuhamedova va uning 30 nafar jamoasi bunga yorqin misoldir.

Bir yil ichida ular 10 dan ortiq yirik ko‘rgazmalar, 400 dan ziyod bolaga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, 100 ga yaqin kasalxonalarga tashriflar, hamda Turkiyada o‘nlab bolalar uchun operatsiyalarni tashkil etishdi. Yangi protezlar bilan ta’minlangan bolalar esa ularning ishlari qanchalik qadrli ekanini ko‘rsatadi.

➡️Batafsil: gov.uz/oz/yoshlar/news/view/18493

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xavfsiz migratsiya bo’yicha seminar tashkil etildi.

“Markaziy Osiyoda mehnat migratsiyasi dasturi”
mavzusida mahalladagi faol yoshlar yetakchilari uchun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ishlari agentligi, BMTning Migratsiya bo‘yicha tashkiloti (IOM) va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu seminarda, faol yoshlar yetakchilariga xavfsiz migratsiya, odam savdosiga qarshi kurash, va OIVni yuqtirishni oldini olish bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan treninglar o‘tkazildi.

#seminar #trening

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chempionlar 12-avgust kuni O‘zbekistonga yetib keladi va tantanali kutib olinadi

Parijda o‘tgan 2024-yilgi yozgi Olimpiadada tarixiy natija ko‘rsatib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan, yurt bayrog‘ini ko‘klarga ko‘targan mamlakatning oltin avlodi 12-avgust kuni kunning ikkinchi yarmida O‘zbekistonga yetib keladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, chempionlar Toshkent aeroportida (terminal-3) tantanali kutib olinadi.

Olimpiada davomida O‘zbekiston delegatsiyasidagi har bir sportchining chiqishlarini vatandoshlarimiz o‘zgacha hayajon va intiqlik bilan kuzatib borishdi. Ularning g‘alabalarini esa juda yuqori kayfiyatda nishonlashdi.

Shunday ekan, chempionlarni munosib kutib olish maqsadida mas’ullar zarur tayyorgarliklarni ko‘rishmoqda. Videoda chempionlarning korteji shahar bo‘ylab harakatlanadigan yo‘nalish ko‘rsatib berilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan soat 19:00 dan keyin O‘zbekiston delegatsiya o‘tirgan samolyot Toshkentga qo‘nishi rejalashtirilmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎬Bugun, premyera!

🌎Bu faol ijtimoiy pozitsiyaga ega va o‘z kelajagining bunyodkorlari bo‘lgan yoshlar birlashuvi. Bu O‘zbekistondagi ilk “Butunjahon yoshlar festivali”.

Bugun, 12-avgust – Xalqaro yoshlar kuni. Sana munosabati bilan 90 dan ortiq mamlakat yoshlarini bir yerga jamlagan “Butunjahon yoshlar festivali” haqidagi film premyerasi bugun 14:00 da “Mening yurtim” telekanali orqali efirga uzatiladi.

📹 Festivalning yorqin lahzalarga boy taassurotlari ko‘rsatiladigan maxsus filmni Agentlikning rasmiy YouTube sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM