Yoshlar ishlari agentligi
104K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.28K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi.

Jumladan, chet tili bo‘yicha milliy sertifikat (CEFR) olishda qo‘lda yozish imkoniyati bo‘lmaganlarga kompyuterda imtihon topshirish sharoiti yaratiladi.

Yoshlarimiz xalqaro olimpiadalarni nazariy qismida har doim yuqori natijalarga erishadi. Lekin, laboratoriya mashqlarini bajarishda amaliy ko‘nikmalar kam bo‘lgani uchun pastroq ball olayapti.

Endi, Prezident maktablari agentligi qoshida “Olimpiadalarga tayyorlash markazi” ochilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi. Xalqaro olimpiadada qatnashuvchi terma jamoa reja asosida ushbu markazda tayyorgarlik ko‘radi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.

Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.

Qaysi laboratoriyada qanday uskuna bor, ular qanday sinovlar qila oladi va qanday quvvatlarda ishlayapti, degan savolga javob bo‘ladi.

Yosh olimlar tadqiqotlari uchun kerak bo‘lgan uskuna, butlovchi qism va kimyoviy vositalar bojdan ozod qilinadi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugungi kunda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi.

Bunday yoshlarimiz yiliga ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargacha eksport qilmoqda.

Lekin, bizda ularni boshini qovushtiradigan, muammolarini eshitib, huquqlarini himoya qiladigan tizim yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qo‘shilgan qiymat yaratib, uni eksport qilayotgan bunday yoshlar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochib berish zarurligi ta’kidlandi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda:

- IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi;

- ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi;

- IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga "ijtimoiy karta" beriladi;

- yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi.

Buning uchun har yili 100 million dollar ajratiladi. Investitsiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi.

Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan, fidoyi yosh tadbirkorlar jamg‘arma kengashiga kiradi. Jamg‘arma rahbarini ham ushbu yoshlarni o‘zi saylaydi.

Jamg‘arma, yoshlarning eng yaxshi 500 ta loyihasini tanlab oladi va ularga “biznes paket” qilib beradi, loyihani tayyor biznesga aylanib, daromad keltirishgacha barcha jarayonida ko‘maklashadi, bozorini topadi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jamg‘arma hokimlar bilan birgalikda 14 ta tumanni tanlab, “to‘rtinchi sanoat” kasblariga o‘qitish markazi ochadi va to‘liq jihozlab beradi.

Ushbu markazlar yosh tadbirkorlarga 1-yil imtiyozli davr bilan 10-yilga ijaraga beriladi. Markazlarning o‘quv dasturlari xalqaro standartlarga moslashtiriladi.

Jamg‘arma Surxondaryo tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan Yoshlar sanoat zonasida sanoat binolari quradi.

Bu joylar “sanoat ipotekasi” asosida yuqori qiymat yaratadigan loyihalar uchun yoshlarga 7-yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan beriladi. Bunda yoshlardan birinchi yil uchun to‘lov undirilmaydi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.

“Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes o‘rtasida muloqot maydonchasi bo‘ladi.

Jamg‘arma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million so‘mgacha ssuda beradi.

Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million so‘m imtiyozli kredit beriladi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Kreativ sanoat parklari”ni rivojlantirish uchun bu yilni o‘zida 10 million dollar yo‘naltiriladi.

Shuningdek, 2-4-oktyabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha To‘rtinchi butunjahon anjumani o‘tkaziladi.

Tadbir kuniga qadar kreativ industriyani rivojlantirish bo‘yicha qonun qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistral yo‘llar bo‘yida 50 mingta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi.

Bu yil 60 ming gektar yer yoshlarga ajratildi. Endilikda har bir viloyatda 2 tadan tumanda Yoshlar kooperatsiyasi tashkil qilinadi, ularga kerakli texnika, uskunalar va urug‘lik yetkazib beriladi.

Tadbirkorlar ham yoshlar uchun bunday loyiha qilaman desa, jamg‘arma ularning kredit foizini qisman qoplab beradi. Ushbu maqsadlarga ham 10 million dollar ajratiladi.

Shuningdek, dehqonchilikni yangidan boshlagan 150 ming yoshlarga tajribali fermerlar va usta dehqonlar biriktirilib, serdaromad va eksportbop mahsulotlar yetishtirishga o‘rgatiladi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizda qiyin ahvolga tushgan, alohida e’tiborga muhtoj yoshlar ham bor.

Shu bois, yil boshida hokimlar, vazirlar va davlat tashkilotlari rahbarlariga sharoiti og‘ir yoshlar biriktirilgani o‘z samarasini berayapti.

Masalan, qiyinchilikka duch kelgan 420 ming yoshlar muammosi hal etildi, 65 mingini bandligi ta’minlandi.

Tarbiyasi og‘ir 20 ming yoshlar jinoyat yo‘lidan qaytdi, xulq-atvori yaxshilangan 11 ming yoshlar muddatidan oldin probatsiya hisobidan chiqarildi.

Alohida e’tiborga muhtoj 1 million yoshlar sport bilan shug‘ullanishni boshladi, 700 mingida san’atga qiziqish paydo bo‘ldi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tarbiyasi og‘ir, qiyin sharoitdagi yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi bo‘ladi.

Jumladan, oilaviy ajrim yoqasidagi, jinoyat qilishga moyilligi bor, muntazam dars qoldiruvchi yoshlar bilan manzilli ishlanadi.

Tuman hokimlari har hafta, viloyat hokimlari va vazirlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim beradi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Yoz mavsumida “Yangi O‘zbekiston vatanparvar yoshlari” dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.

Shuningdek, jamoaviy sport o‘yinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish bo‘yicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi o‘tkaziladi.

Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, she’rxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi.

Har bir istirohat bog‘i, sayilgoh va xiyobonlarga bepul "vay-fay" o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat, tuman hokimlariga yoz mavsumida maktab, texnikum, oliygoh, istirohat bog‘larida mehnat yarmarkalarini o‘tkazish topshirildi. Bu orqali vakant o‘rinlarga kamida 150 ming yoshlarni ishga joylashtirish mumkin.

Yoz oylarida “qurilish otryadlari”ni tashkil etib, 100 ming yoshlarni oylik beradigan ishlarga jalb qilish muhimligi qayd etildi.

Tadbirkorlarning yoshlarni kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish borasidagi tashabbuslari bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum o‘quvchilarini kasbga o‘rgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. O‘quvchilarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bundan keyin ham qizlarning ta’lim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

Jumladan, og‘ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3-yil davomida bepul yashashi mumkin bo‘ladi.

Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi.

Sog‘ligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qildi.

So‘zga chiqqan yigit-qizlar bir qator taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.

Jumladan, mustaqil O‘zbekiston temir yo‘llari tashkil topganining 30-yilligiga temir yo‘l sohasida xalqaro forum tashkil qilish, Markaziy Osiyo va Turkiy davlatlar yoshlari bilan ekologik masalalarni doimiy muhokama qilish maqsadida Xalqaro kengash tuzish taklif qilindi.

Yurtimizda organik mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash, "Iqtidorli yosh kadrlar" elektron platformasini ishga tushirish, "Kelajak kasblari loyihasi" doirasida til o‘rganish tartibini takomillashtirish yuzasidan fikrlar bildirildi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shuningdek, yoshlar ko‘chma “She’riyat teatri”ni tashkil etib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti asarlarining tarjimalarini xalqaro ommaga yetkazish tashabbuslari ilgari surildi.

Top-100 talikka kirgan universitetlarga kirish tartiblari, grant yutish sirlari, bu oliygohlarda o‘qish uchun qanday strategiya tuzish bo‘yicha yoshlarimizni o‘rgatish maqsadida oromgohlar tashkil etish va onlayn-platforma yaratish va boshqa takliflar ham bildirildi.

Prezidentimiz muloqot chog‘ida bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o‘rganib, amaliyotga joriy etish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Futbol ixlosmandlari shu yerdamisiz?

⚡️Jahon futboli yulduzlari Kristian Zakkardo va Dida O‘zbekiston yoshlariga murojaat qilib, ertaga 29-iyun kuni bo‘ladigan uchrashuvlarga tayyorligini hamda intizorlik bilan kutishayotganligini maʼlum qilishdi.

#YoshlarKuni #YouthDay

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM