Yoshlar ishlari agentligi
110K subscribers
10K photos
1.76K videos
7 files
4.29K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
Butunjahon shaxmat olimpiadasi g'olib va sovrindorlari munosib kutib olindi

⚡️Bugun, 11-avgust kuni erta tongda Toshkent Xalqaro aeroportida Hindistonning Chennay shahrida o'tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining g'olib va sovrindorlari tantanali kutib olindi.

Marosimda Bosh vazir Abdulla Aripov sportchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigini o‘qib eshittirdi.

Chempionlarimizning har biriga Equinox avtomobili sovg‘a qilindi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining qaroriga asosan chempionlarning har biriga 600 million so‘mdan, trenerlariga esa 300 million so‘mdan pul mukofotlari topshirildi.

Tadbirda shaxmatchilarimizdan Nodirbek Abdusattorov va Umida Omonovalar olimpiada haqidagi taassurotlari bilan bo'lishdilar.

🏆 Sharafli g'alabani qo'lga kiritgan chempionlarimizni kutib olish uchun aeroportda ommaviy axborot vositalari vakillari, sportchilarimizning yaqinlari va shaxmatimiz iftixorlarini qutlash istagida bo'lgan ko'plab hamyurtlarimiz jam bo'lishdi.

💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi g‘oliblarimizni yana bir bor tarixiy g‘alaba bilan tabriklaydi va sportga qiziquvchi, jasur yoshlar safi yanada kengayishiga ishonch bildiradi!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi