Yoshlar ishlari agentligi
103K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
Agentlik tizimidagi vakant lavozimni egallash uchun ochiq tanlovlarda ishtirok eting!

Yoshlar ishlari agentligi tizimidagi, shu jumladan, mahallalardagi Yoshlar yetakchisi vakant lavozimlari uchun eʼlon qilingan ochiq tanlovlar yuzasidan murojaatlarni @vacancy_argos_bot maxsus boti orqali yoʼllashingiz mumkin.

🔸 Аgentlik tizimidagi vakant lavozimlar

Tanlov yuzasidan murojaat@vacancy_argos_bot

Ariza holatini bilish uchun@xabarnoma_robot

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligi
📖 “Zukko kitobxon” onlayn viktorinasiga start berildi

⚡️ 20-apreldan 8-iyunga qadar davom etadigan viktorinada qatnashib, g’oliblar qatoridan joy oling va 25-iyun kuni Toshkent shahrida o’tkaziladigan final bosqichida ishtirok eting!

Loyiha konsepsiyasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Viktorina haftaning har chorshanba kuni soat 17:00 da boshlanadi va 1 soat davomida 6 ta savol yuboriladi.

🎁 Onlayn viktorina @yoshlarittifoqi_uz telegram kanalida bo’lib o’tadi. Hoziroq @zukkokitobxontanlov_bot dan ro’yxatdan o’ting hamda qimmatbaho sovg’alarga ega bo’ling!

#zukkokitobxon

Kitoblar ro’yxati

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sportning Shashka turi bo'yicha musobaqaning 22-aprel kuni boʻlib oʻtadigan mahalla bosqichi manzillari e'lon qilindi. Quyidagi havolalar orqali manzillar bilan tanishishingiz mumkin:

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi;
2. Andijon viloyati;
3. Buxoro viloyati;
4. Farg’ona viloyati;
5. Jizzax viloyati;
6. Namangan viloyati;
7. Navoiy viloyati;
8. Qashqadaryo viloyati;
9. Samarqand viloyati;
10. Sirdaryo viloyati;
11. Surxondaryo viloyati;
12. Toshkent viloyati;
13. Toshkent shahri;
14. Xorazm viloyati;

❗️Eslatma: Musobaqada ishtirok etish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisi bilan bog‘laning. Yoshlar yetakchisining aloqa ma’lumotlarini @Smartmahallabot Telegram boti orqali bog'lanishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Sizlar ham mening farzandlarimsizlar. Sizlar ham jonajon O‘zbekistonimizda munosib, hamma bilan teng, baravar bo‘lib yashashlaringizni xohlayman”

#repost@shmirziyoyev

Telegram sahifamiz 👉@yoshlaragentligi
Live stream scheduled for
#ovozlisuhbat

"Zamonaviy yosh davlat xizmatchisiga talablar va ularga yaratilgan imkoniyatlar" mavzusida ovozli suhbat!

Ovozli suhbatda Yoshlar ishlari agentligi Inson resurslarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Abdulaziz Muminov hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasining mas'ul xodimlari "Zamonaviy yosh davlat xizmatchisiga talablar va ularga yaratilgan imkoniyatlar"mavzusida barcha savollaringizga javob berishadi.

Ishtirok etish uchun havola:
👉
https://yangx.top/yoshlaragentligi?livestream

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Live stream started
Live stream finished (12 minutes)
Live stream started
⚡️ Yoshlar ishlari agentligi 15 mingdan ortiq ochiq tanlov eʼlon qilib, o‘z tizimiga munosib kadrlarni ishga qabul qilgan

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali orqali 70 dan ortiq vazirlik va idoralar hamda tuman (shahar) hokimliklaridagi mavjud vakant lavozimlar bo‘yicha 65 214 ta tanlov eʼlon qilingan.

Bu haqda Agentlik axborot xizmati AOKAda o‘tkazilgan brifingda maʼlum qildi.

• Vakant lavozimlarga jami 751 mingdan ortiq nomzod hujjat topshirgan.

• Vazirlik va idoralar kesimida eng ko‘p tanlovlar — Yoshlar ishlari agentligi tizimida15 794 ta, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tizimida — 10 116 ta, Davlat soliq qo‘mitasi tizimida — 7 123 ta, Xalq taʼlimi vazirligi tizimida — 4 529 ta, Moliya vazirligi tizimida — 6 115 ta o‘tkazilgan.

👆 Yakuniga yetgan tanlovlar bo‘yicha 23 556 nafar malakali nomzodlar davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilingan.

• Tanlov g‘oliblarining 10 063 nafari 30 yoshgacha bo‘lganlar, 6 132 nafari ayollar, 4 586 nafari davlat xizmatiga birinchi marotaba qabul qilinganlarni tashkil etgan.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Live stream finished (1 hour)
Fanlar_majmuasi-2022.pdf
9.4 MB
⚡️Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

#repost@alisher_sadullaev

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“Rokirovka” ochiq shaxmat musobaqasi davom etmoqda.

Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi "Kitob olami" majmuasida har hafta yakshanba kuni Yoshlar ishlari agentligi va "Sky Chess" shaxmat maktabi hamkorligida o‘tkazilayotgan shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Kuni kecha o‘tkazilgan musobaqaning sovrin jamg'armasi 5 000 000 so'mni tashkil etdi. Ishtirokchilar shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha 9 turda kuch sinashdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin – Rahmatullaev Muhammadsolix
2-o‘rin – Kenjaev Xasan
3-o‘rin – Sobirov Afruzbek
4-o‘rin – Mansurova Mumtozbegim
5-o'rin - Atabaev Nikita

Qiz bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin – Fayazova Samira
2-o‘rin – Bahodirjonova Xadichabonu
g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Xusniddinova Xusnora esa ushbu shaxmat musobaqasining "Eng yosh ishtirokchisi" deya e'tirof etildi.

💐 Musobaqada ishtirok etgan g‘olib va sovrindorlarni g'alaba bilan tabriklaymiz!

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi