Yoshlar ishlari agentligi
103K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
“Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mahalladagi yoshlar yetakchilarining o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi

Konferensiya Davlat boshqaruvi akademiyasi binosida yalpi majlis va 5 ta sho‘ba yig‘ilishi shaklida tashkil etilib, unda 30 nafardan ziyod vazirlik va idoralarning rahbarlari, 100 nafarga yaqin olim va tadqiqotchilar, yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Konferensiya ma’ruzalar, bahs-munozara, erkin fikr almashish, konferensiya ishtirokchilarining nazariy bilim va amaliy tajribalari bilan tanishish shaklida o‘tkazilib, konferensiyada bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
🌱 Bugungi kun tarixga aylandi!

Toshkent shahri Sergeli tumanining “Xonabod” mahallasida Yoshlar ishlari agentligi hamda bir qator vazirlik, idora va tashkilotlar hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasi o‘tkazildi.

Loyihada jami 1 000 dan ortiq faol yoshlar jumladan, yosh tadbirkorlar, kitobxonlar, blogerlar, sportchilar, san’atkorlar, “Kelajak liderlari” klubi va Yoshlar parlamenti a’zolari, volontyorlar, talaba-yoshlar, olimlar, yoshlar yetakchilari va sardorlar ishtirokida 2 gektar bo‘sh yer maydoniga 1 000 dona pavloniya daraxti ekildi.

#yashilmakon

Bizning sahifamiz:
👉 @yoshlaragentligiFotogalereya