Yoshlar ishlari agentligi
103K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan o‘g‘il-qizlar bilan uchrashdi.

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasidagi uchrashuv bugungi kunda yosh kadrlarga bo‘lgan talab va ularga yaratilgan imkoniyatlar xususida so‘z bordi. Vazir o‘rinbosari yoshlarga ularning o‘z maqsadlariga erishishlari uchun kerakli tavsiyalar berdi. Ko‘zlangan natijani qo‘lga kiritishda astoydil harakat va bilim olish muhimligini qayd etdi.

Qayd etish joiz, bugungi kunda Bandlik vazirligi tizimida 1429 nafar yosh xodimlar faoliyat olib bormoqda, bu umumiy xodimlar sonining 40 foizini tashkil etadi.

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Qizlar akademiyasi” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasida “Qizlar akademiyasi” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida loyihaning asosiy maqsadi va bugungi kunga qadar erishilgan yutuqlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

👧Ushbu loyiha platformasi 2024-yil oktabr oyida sinov tariqasida ishga tushirilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida 210 000 dan ortiq ayol-qizlarni bilim olish va o‘z salohiyatini rivojlantirish maqsadida birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Tadbir doirasida, jadid ayollarimizMaryam Sultonmurodova va Xayriniso Majidxonova hayoti va faoliyati haqida kichik sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Ushbu sahnalar tarixiy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirishga xizmat qildi.

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta‘lim muassasalaridagi “Yoshlar yetakchilari forumi” o‘tkazildi

⚡️“Yoshlar forumi — 2024” doirasida Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta‘lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot “Yoshlar yetakchilari forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda mamlakatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarining yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Forum davomida tajribali spikerlarimiz tomonida yetakchilarimizga liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, jamoani boshqarish va shu kabi boshqa qiziqarli hamda muhim mavzularda seminar-treninglar o‘tkazildi. Shu bilan birga mamlakatimizning yirik tadbirkorlari ishtirokida uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi.

🇺🇿 Tadbir yakunida yil davomida namunali faoliyat olib borgan yoshlar yetakchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📕“Yosh kitobxon oila” tanlovining Respublika bosqichi yakunlandi!

⚡️Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yoshlar forumi – 2024” doirasida Besh tashabbus olimpiadasining eng qiziqarli loyihalaridan biri — “Yosh kitobxon oila” tanlovi o‘z yakuniga yetdi.

Tanlovning Respublika bosqichida quyidagi oilalar o‘z bilim va kitobga bo‘lgan mehrini namoyish etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

• 1-o‘rin Xorazm viloyatidan Shamuratovlar oilasi (100 million so‘m);
• 2-o‘rin Jizzax viloyatidan Sayfullayevlar oilasi (50 million so‘m);
• 3-o‘rinni Sirdaryo viloyatidan Tursunovlar oilasi (30 million so‘m) egalladi!

👏Barcha g‘olib va ishtirokchilarni samimiy muborakbod etamiz! Ularning kitobga bo‘lgan muhabbati butun jamiyatimizga o‘rnak bo‘lsin!

#Yoshlarforumi2024 #beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar Forumi — 2024” Rossiyada vatandoshlarimiz bilan!

⚡️Dekabr oyida mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Yoshlar Forumi — 2024” nafaqat yurtimizda, balki xorijda yashab, ta’lim olayotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun ham tashkil etilmoqda.

🇷🇺Xususan, kuni kecha Rossiya Federatsiyasidagi vatandosh yoshlarimiz bilan birgalikda ushbu muhim forum o‘tkazildi. Bu tadbir yoshlarimiz uchun o‘zaro fikr almashish va hamkorlikda yangi tashabbuslarni boshlash uchun muhim platformaga aylandi.

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📕“Yoshlar forumi – 2024” doirasidagi eng qiziqarli loyihalaridan biri “Yosh kitobxon oila” tanlovining final bosqichidan video

#Yoshlarforumi2024 #beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eng kuchli kasb egalari final bosqichida o‘zaro bellashmoqda!

⚡️Samarqand viloyatida “Yoshlar forumi – 2024” doirasida tashkil etilgan “Kasblar tanlovi”ning final bosqichi qizg‘in davom etmoqda. Respublika bosqichida 70 nafar malakali ishtirokchi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Yakuniy natijalar va batafsil ma’lumotlar ertaga e’lon qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting!

#Yoshlarforumi2024 #Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Uzchess” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi

⚡️Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Uzchess” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyiha “Yoshlar forumi – 2024” doirasida amalga oshirilayotgan yirik tashabbuslardan biridir.

Taqdimotda 2024-yilda erishilgan yutuqlar va 2025-yil uchun belgilangan rejalarga to‘xtalib o‘tildi. “Uzchess akademiyasi” mobil ilovasining qulayliklari, “Uzchess marketing” faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, loyiha jamoasining a’zosi Baxtiyor Jumayev tomonidan yozilgan yangi kitob taqdimoti ham tadbirning diqqatga sazovor qismi bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Uzchess” loyihasining YouTube kanali 85 mingga yaqin obunachiga ega bo‘lib, videolarni ko‘rishlar soni 30 millionga yaqinlashgan. Bundan tashqari, “Uzchess akademiyasi” mobil ilovasidan 300 mingdan ortiq foydalanuvchi foydalanmoqda.

#Yoshlarforumi2024 #Uzchess

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇹🇷Turkiyada “Yoshlar forumi — 2024” doirasida o‘zbekistonlik iste’dodli yoshlar va taniqli blogerlar bir joyga jam bo‘ldi. Forum davomida muhim uchrashuvlar, fikr almashuvlar va yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

#Yoshlarforumi2024 #wayuuz

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Toshkent – MDHning Yoshlar poytaxti” maqomidagi yilni ko‘tarinki kayfiyatda yakunladi!

🌍Bugun, Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Toshkent – MDHning birinchi yoshlar poytaxti – 2024” loyihasining tantanali yopilish marosimi hamda Xalqaro volontyorlar forumi o‘tkazildi. “Yoshlar forumi-2024” doirasida tashkil etilgan tadbirda MDH davlatlari yetakchi volontyorlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va O‘zbekiston volontyorlik maktablarining faol a’zolari ishtirok etdi.

⚡️Forum davomida MDH davlatlaridagi volontyorlik faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma va Markaziy Osiyodagi volontyorlikka oid BMTning birinchi sharhi taqdim etildi. Yil davomida eng yaxshi natijalarga erishgan volontyorlar ham munosib e’tirof etildi. Shuningdek, volontyorlar va tashkilotchilar tomonidan yil natijalarini muhokama qilinib, kelgusi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

🌍Forum yakunida “Toshkent — MDH yoshlar poytaxti” xalqaro loyihasining yopilish marosimi o‘tkazildi va 2025-yil uchun bu estafeta Ozarbayjonning Gabala shahriga topshirildi.

#Yoshlarforumi2024 #Volontyor

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni topshirildi

🇺🇿Bugun “Yoshlar forumi — 2024” doirasida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Kasblar tanlovi”ning final bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasida o‘tkazilgan “Kasblar tanlovi” mahalla yoshlari uchun o‘z kasbiy mahoratlarini namoyon etish imkoniyatini yaratdi. Tanlovning respublika bosqichi Samarqand viloyatida tashkil etilib, unda mahalla yoshlari novvoylik, dizayn, elektromontaj, payvandchilik va qurilish ustachiligi yo‘nalishlarida o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdilar. Natijada, har bir yo‘nalishda eng munosib ishtirokchilar aniqlandi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar

#Beshtashabbusolimpiadasi #Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyo bo‘ylab yoshlarni birlashtirgan forum

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasida dunyo miqyosida yoshlarimizni birlashtiruvchi qator tadbirlar tashkil etilmoqda. Polsha va Janubiy Koreyada o‘tkazilgan loyihalar ham buning yorqin namunasidir.

🇵🇱Polshada, bilimdon va ziyoli yoshlarimiz ishtirokida “Zakovat” intellektual turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnirda yoshlar 4 kishilik jamoalar tuzib, bilimdonlik va jamoaviy hamkorlikda bellashdilar. G‘olib jamoalarga esa esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

🇰🇷Janubiy Koreyada esa IT sohasi mutaxassislari ishtirokida KO‘DJ tor jamiyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida vatandoshlarimiz huquqlarini himoya qilish, O‘zbekistonning xalqaro imijini yuksaltirish hamda IT yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Bu loyihalar dunyo bo‘ylab O‘zbekiston yoshlarining birlashuviga xizmat qilib, ularga yangi imkoniyatlar va bilim olish maydonlarini ochib bermoqda.

#Yoshlarforumi2024 #Wayu

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM