Yoshlar ishlari agentligi
97.9K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.26K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
😊 Mutolaa foydalanuvchilar soni 600 mingdan oshdi!

“Mutolaa” mobil ilovasi – o‘zbek va jahon adabiyotining eng nodir durdonalarini bir joyga jamlagan zamonaviy kutubxona. Yoshlar va kattalar uchun elektron, audio va video formatlarda adabiyot olamiga bepul kirish imkonini yaratgan bu ilova, foydalanuvchilarni adabiyotga yaqinlashtirishda muhim qadam bo‘ldi.

Ayniqsa, foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ortib borayotganligi ilovaning qanchalik ommalashganini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda, ushbu adabiy xazinadan 600 mingdan ortiq inson foydalanmoqda.

Ilovani yuklab olish uchun:
📱 Play Market 🍏 App Store

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda yoshlar masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov rahbarligida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda viloyatda yoshlar siyosati borasida amalga oshirilgan ishlarning 7 oylik tahlili muhokama qilindi. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy komissiya tomonidan tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda viloyat, tuman (shahar) sektor rahbarlari, mahalla yettiligi, shuningdek, soha bilan bog‘liq muhim idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida soha mas’ullarining 7 oylik faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, yoshlar masalasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor rejalar va manzilli chora-tadbirlar belgilandi, bu orqali hududda yoshlar bilan bog‘liq masalalarni yanada samarali hal qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2024-2025-o‘quv yili 1-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qish uchun qabul e’lon qiladi.

Tanlovda oliy ma’lumotli, 30 yoshdan oshmagan, oliy ta’limni tugatgandan so‘ng kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lgan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari yoki xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2024-yilning 16-sentabrga qadar qabul qilinadi.

➡️Batafsil ma’lumotni www.yomi.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endigi manzil Germaniya.

Germaniyada ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘layotgan yoshlarimiz safi kun sayin kengaymoqda. Shunday yoshlarimizdan biri Ahmadjonov Bekmurod. U Farg‘ona shahridagi “Wegweiser” o‘quv markazida nemis tilini puxta o‘rgandi va bu jarayonda uning 6 oylik ta’lim xarajatlarini Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to‘liq qoplab berildi. B1 darajasini qo‘lga kiritgan Bekmurod, “Ausbildung” dasturi orqali kasbiy ta’lim va amaliyotga kirishish maqsadida Germaniyaga jo‘nab ketdi.

Yoshlar ishlari agentligining “Germaniyada kasbiy ta’lim” loyihasi doirasida bugungi kunda 8 mingga yaqin yoshlar nemis tilini o‘rganmoqda. Ushbu loyiha yoshlarimizga global maydonda o‘z o‘rnini topish uchun ajoyib imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

#GermaniyadaKasbiyTalim

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hududlarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining hududlardagi uchrashuvlari davom etmoqda. Navbatdagi yig‘ilishi Farg‘ona va Namangan viloyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari hamda viloyat hokimligi rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash natijalari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yigit-qizlar bandligini ta’minlash, ularga yer ajratish va “Yoshlar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda huquqni muhofaza etuvchi idoralar hamda mas’ul mutasaddi tashkilotlar tomonidan bu borada amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar IT kasblarni puxta egallamoqda

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Qoraqalpog‘iston filialini borib ko‘rdi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM