Yoshlar ishlari agentligi
111K subscribers
10K photos
1.76K videos
7 files
4.28K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
Butunjahon shaxmat olimpiadasi g'olib va sovrindorlari munosib kutib olindi

⚡️Bugun, 11-avgust kuni erta tongda Toshkent Xalqaro aeroportida Hindistonning Chennay shahrida o'tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining g'olib va sovrindorlari tantanali kutib olindi.

Marosimda Bosh vazir Abdulla Aripov sportchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigini o‘qib eshittirdi.

Chempionlarimizning har biriga Equinox avtomobili sovg‘a qilindi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining qaroriga asosan chempionlarning har biriga 600 million so‘mdan, trenerlariga esa 300 million so‘mdan pul mukofotlari topshirildi.

Tadbirda shaxmatchilarimizdan Nodirbek Abdusattorov va Umida Omonovalar olimpiada haqidagi taassurotlari bilan bo'lishdilar.

🏆 Sharafli g'alabani qo'lga kiritgan chempionlarimizni kutib olish uchun aeroportda ommaviy axborot vositalari vakillari, sportchilarimizning yaqinlari va shaxmatimiz iftixorlarini qutlash istagida bo'lgan ko'plab hamyurtlarimiz jam bo'lishdi.

💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi g‘oliblarimizni yana bir bor tarixiy g‘alaba bilan tabriklaydi va sportga qiziquvchi, jasur yoshlar safi yanada kengayishiga ishonch bildiradi!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
«Besh tashabbus olimpiadasi»ning ikkinchi mavsumi doirasida o‘tkaziladigan tanlov va musobaqalar yuzasidan yuzasidan brifing o‘tkaziladi

⚡️Bugun, soat 14:00da Yoshlar ishlari agentligi Axborot xizmati tomonidan «Besh tashabbus olimpiadasi»ning ikkinchi mavsumi doirasida o‘tkaziladigan tanlov va musobaqalar yuzasidan brifing o‘tkaziladi.

Brifingni "O‘zbekiston 24" telekanali va Yoshlar ishlari agentligining Facebook sahifasi orqali jonli kuzatishingiz mumkin.

#brifing

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Turkiyaning Karabuk universiteti professori bilan muloqot o'tkaziladi

⚡️Bugun, 11-avgust kuni soat 16:00 da Turkiyaning Karabuk universiteti professori Gulzoda Maxmudjonova bilan onlayn muloqot o'tkaziladi.

Suhbat davomida:
- Turkiyada yashash va ishlash;
- Chet elda o‘qish va ilmiy izlanishlar olib borish haqida so‘z yuritiladi.

Muloqot Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da poytaxtimizdagi "Kitoblar olami" majmuasida bo'lib o'tadi.

Suhbatni jonli tarzda kuzatib borish uchun havola 👉 https://us02web.zoom.us/j/86847277410?pwd=aXhFVW1rbmZNWGhEQVJobHhPWU5DZz09

Uchrashuvda qatnashish uchun Google form orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan «Besh tashabbus olimpiadasi»ning ikkinchi mavsumi doirasida o‘tkaziladigan tanlov va musobaqalar yuzasidan brifing o‘tkazildi.

👁 YouTube orqali ko‘rish

📚 Matn orqali o‘qish

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
O'quv-seminar spikerlari bilan tanishing!

⚡️ Xabar berganimizdek, 12-13-avgust kunlari Yoshlar ijod saroyida davlat fuqarolik xizmatidagi yosh xotin-qizlar uchun o'quv-seminar bo‘lib o‘tadi.

Seminar spikerlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:

• Aziza UMAROVA
– Jamoat arbobi. SmartGov consulting rahbari.
• Farangiz ZAYNOBIDDINOVA - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bosh inspektori;
• Shohida IBRAGIMOVA – Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktorining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi
• Parizoda KURAXMEDOVA – Oliy toifali amaliy psixolog.
• Dilrabo EGAMOVA - Xalqaro huquqshunos.
• Dilnoza UMRZAKOVA – “Yosh dizaynerlar kengash” raisi.
• Nafisa OLG‘IROVA – “Annafisconsulting” asoschisi va rahbari.
• Zuhra ALLABERGENOVA – “Zoomschool” asoschisi.

Telegram sahifamiz👉 @yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌱Eco-schools Uzbekistan xalqaro ekologik dasturga qabul e’lon qilindi.

⚡️"Zamin" fondi tomonidan Ekologik ta’lim fondi (FEE) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Eco-schools xalqaro dasturi Eco-schools Uzbekistan ishtirokchi-a’zosi bo‘lish uchun ochiq qabul e’lon qiladi.

Eko-maktab maqomini olish uchun 2022 yil 16 sentyabr kuniga qadar saytda joylashgan hujjatlarni to‘ldirish zarur.

Loyihaning hamkorlari - Xalq ta’limi vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi va Yoshlar ishlari agentligi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“El-yurt umidi” jamg‘armasi bitiruvchilarining II Xalqaro Forumi bo‘lib o‘tmoqda

Forum orqali “Umid” jamg‘armasi va “El-yurt umidi” jamg‘armasining bitiruvchilari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikdagi istiqbolli rejalarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

“El-yurt umidi jamg‘armasi” tomonidan oxirgi 4 yil mobaynida qariyb 1500 dan ortiq iqtidorli yoshlar xorijiy davlatlarga zamonaviy bilim va tajriba egallash uchun yuborilgan.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida "Birinchi Diaspora yoshlar forumi" o‘tkaziladi

⚡️8-11-sentyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining Ismailli shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida "Birinchi Diaspora yoshlar forumi" tashkil etiladi.

Unda 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan faol va ingliz tilida mukammal gaplasha oladigan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

🔰 Forumda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya va Turkmaniston kabi mamlakatlar yoshlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Forum uchun arizalar qabuli joriy yilning 17-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

👇 Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tshingiz mumkin:

Ro'yxatdan o'tish

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Davlat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi

⚡️Ma’lum qilganimizdek, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan joriy yilning 12-13-avgust kunlari vazirlik va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yosh xotin-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davom etgan o‘quv jarayonlarida respublikamizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan 400 nafarga yaqin xotin-qizlar oflayn ishtirok etgan bo‘lsa, 2000 nafarga yaqini onlayn tarzda ishtirok etdi.

📌 Seminar orqali xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini mustahkamlanishi, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini davlat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yosh xotin-qizlarga yetkazish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy, gender, moliyaviy savodxonlikni hamda ijtimoiy kompitensiyasini oshirish ko‘zda tutilgan.

Bugun,13-avgust kuni seminar jarayonlari yakunlanib, faol ishtirok etgan xotin-qizlarga sertifikatlar taqdim etildi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi