Yoshlar ishlari agentligi
104K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
“Kamalak” bolalar tashkilotining 21-An’anaviy anjumani yakunlandi

19-24-may kunlari Toshkent viloyatidagi “Oqtosh” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida 500 nafarga yaqin o‘quvchi-sardorlar ishtirokida bolalar tashkilotining “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostidagi 21-An’anaviy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjuman doirasida “Kamalak” bilimdonlari”, “Eng namunali hududiy Sardorlar Kengashi” hamda “Yil sardori” tanlovlarining Respublika bosqichi, "Zakovat” intellektual o‘yini, “Xalqlar do‘stligi” raqslar tanlovi, “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi, “Bo‘yinbog‘siz uchrashuv” loyihasi, “Bitiruvchilar kechasi” loyihasi, “Anjuman CUP” futbol musobaqasi hamda “Quvnoq estafeta” musobaqalari o‘tkazildi.

Anjumanning yopilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori ishtirok etdi. Ushbu marosimda 5 kun davomida loyiha va tanlovlarda faol qatnashib, g'olib bo'lgan ishtirokchilar taqdirlandilar.

📸 Fotogalereya

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Zukko kitobxon” intellektual oʻyinining tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 26-may kuni soat 15:00da boʻlib oʻtadi.

❗️
Eslatma: Sektor bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, tuman (shahar) bosqichiga yoʻllanma olgan ishtirokchilar mahallangizdagi yetakchingizga murojaat qilishingiz soʻraladi.

#ZukkoKitobxon #5tashabbusolimpiadasi

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Matonat oromgohi" ishtirokchilari Jizzaxga yetib keldi

⚡️Joriy yilning 25-29-may kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan “Zomin” bolalar oromgohida yoshlarni
ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash hamda ularni sportga jalb etish maqsadida tashkil etilayotgan “Matonat” oromgohi ishtirokchilari tantanali kutib olindi.

#matonat #jizzax

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Baku shahrida boʻlib oʻtayotgan “Azarbeijan teknofest”da ishtirok etmoqda

«Baykartech» asoschisi Selçuk Bayraktar taklifiga binoan Yoshlar ishlari agentligi direktori boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi 26-28-may kunlari Ozarbayjon Respublikasi Baku shahrida boʻlib oʻtayotgan “Azarbeijan teknofest”da ishtirokini boshladi.

Festival davomida “teknofest”ni Oʻzbekistonda ham oʻtkazish, aviatsiya, kosmos va texnologiya sohalarida o‘zaro faol tajriba hamda g‘oyalar almashish yuzasidan muzokaralar olib boriladi.

Safar yuzasidan barcha yangiliklarni sahifalarimizda kuzatib boring!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Chegarasiz yoshlar uchun Matonat oromgohi start oldi

💪 Matonat oromgohi ochilish marosimi "Chegarasiz" loyihasi qahramoni Nilufar Ahmedovaning motivatsion so'zlari bilan boshlandi.

Respublikamizdagi imkoniyati cheksiz yoshlar o'rtasidagi shaxmat va mini futbol musobaqalari qizg'in ruhda bo'lib o'tdi.

Shuningdek, professionallardan ishtirokchilar uchun "Notiqlik san'ati" hamda Psixologik treninglar olib borilmoqda.

🎁 Mazkur loyiha yoshlarga kutilmagan hodisalar va sirli mehmonlarni tayyorlamoqda!

"Matonat" oromgohi davom etadi, voqealar rivojini kanalimizda kuzatib boring!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi