Yoshlar ishlari agentligi
104K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
🔸Koson yoshlarining taklif va loyihalari o'rganilmoqda

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev kosonlik yoshlar bilan uchrashib, ularning takliflarini tingladi.

🔹Uchrashuv davomida tumanda jurnalistika maktabi va IT-park ochish hamda xorijiy tillarni o'rgatish uchun o'quv kurslari tashkil etish takliflari berildi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️Jizzaxlik yoshlar diqqatiga!

👨‍💻👩‍💻Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan zamonaviy kasblarga qiziqqan yoshlar uchun "Yosh dasturchilar" forumi tashkil etilmoqda.

🔰Forum doirasida malakali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari, amaliy mashg'ulotlar shuningdek grafik dizayn, dasturlash hamda robototexnika yo'nalishlari bo'yicha tanlovlar bo'lib o'tadi.

🔸Ishtirok etishni istaganlar ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tishlari zarur.

☎️Murojaat uchun telefon: 99-556-84-83, 90-265-07-44

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
🔸Chiroqchi tumani va Qarshi shahri yoshlari bilan muloqot o'tkazilib, ularning takliflari tinglandi

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev qashqadaryolik yoshlar bilan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida yoshlar o'z taklif va muammolarini bildirdilar.

🔹Suhbat so'ngida Chiroqchi tumanida velosiped yo'lakchalari barpo etish, Qarshi shahrida "Do'stlik" oromgohi tashkil etish takliflari qo'llab-quvvatlanadigan bo'ldi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰Yoshlar oyligi davom etmoqda!

"Toshkent yoshlarni sevadi" yoshlar festivali doirasida moda olami ixlosmandlari uchun yosh dizaynerlar tomonidan yaratilgan milliy liboslar namoyishi bo'lib o'tdi.

💫Milliylik va zamonaviylik uyg'unligini o'zida aks ettirgan ushbu tadbir tafsilotlari bilan lavha orqali tanishing.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
💫 Yoshlarning har bir yutug'i - barchamiz uchun faxr!

🇺🇿 Jahon arenalarida O'zbekiston sharafini munosib himoya qilib, yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarayotgan yoshlar safi tobora kengayib bormoqda. Ana shunday shijoatli yoshlardan biri - Musharraf Ibodullayeva Serbiyada o'tkazilgan jangovar sambo bo'yicha jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi!

🔸Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Musharraf Ibodullayeva va murabbiylarini munosib g'alaba bilan qutlaydi!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰 Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi doirasida Yoshlar va sport ishlari bo'yicha ishchi guruhining 4-onlayn yig'ilishi bo'lib o'tdi

🇺🇿 O'zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Qozog'iston, Vengriya hamda Turkiy Kengash Kotibiyatlari vakillari ishtirok etgan yig'ilishda:

- Ozarbayjon tomonidan “Turkiy tilli davlatlarning sport volontyorlari birinchi onlayn sammiti”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish;
- Turkiy Kengashning Yoshlar va sport ishlari bo‘yicha vazirlarining beshinchi yig‘ilishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🔸 Yig'ilish yakuniga ko‘ra, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi doirasida “Birinchi Yosh tadbirkorlar Forumi” hamda “Yosh ijodkorlar Festivali” 2021-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
🔰 Ijtimoiy so'rovnomada ishtirok eting!

📩 Yoshlar ishlari agentligi, Zamin" xalqaro jamoat fondi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorlikda 20-noyabr - "Butunjahon bolalar kuni"ga bag'ishlab so'rovnoma o'tkazmoqda.

🔸 Biz uchun har bir yoshning fikri muhim! Ushbu havola orqali so'rovnomada ishtirok eting.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Президент Шавкат Мирзиёев Қарши шаҳридаги Ёшлар марказида бўлиб, шароитларни кўздан кечирди. Шу ерда қашқадарёлик ёшлар билан учрашув ўтказилди.
Учрашувда ёшлар муаммоларини ҳал қилиш, бандлигини таъминлаш, бўш вақтини мазмунли ташкил этиш бўйича очиқ мулоқот бўлди. Турли соҳаларда ўқиётган ва ишлаётган йигит-қизларнинг фикрлари эшитилди. Таклифлари маъқулланиб, мутасаддиларга тегишли топшириқлар берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Центр молодежи в городе Карши и осмотрел созданные в нем условия. Здесь состоялась встреча с представителями подрастающего поколения кашкадарьинцев.
Состоялась открытая беседа о беспокоящих молодых людей вопросах, включая обеспечение их занятости и содержательного досуга. Заслушаны мнения учащихся и трудящихся в различных сферах юношей и девушек. Ответственным лицам даны поручения по прозвучавшим на встрече предложениям.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #yoshlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔸 "Mendan eng katta maqsad-muddaoing, baxting nima, deb so‘rasalaring, shunday degan bo‘lardim: yoshlarimizning dunyoqarashini jahon darajasiga ko‘tarish, ishli qilish, g‘urur-iftixorini yuksaltirish, oilaviy baxtini ko‘rish"

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida yoshlar bilan muloqot qildi.

🔹Uchrashuvda yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta'minlash, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish bo'yicha ochiq suhbat bo'lib o'tdi.

🏢Davlatimiz rahbari muboraklik yoshlarning taklifini qanoatlantirib, tumanda IT-park tashkil etish, elektron tijorat va dasturlash ko‘nikmalarini bepul o‘rgatish, Kitob tumanidagi Bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchilari uchun zarur sharoitlar yaratish, maktablarda sport zallari qurish, inventarlar va anjomlar sotib olish uchun 10 milliard so'm ajratishga ko'rsatma berdi.

Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi