Yoshlar ishlari agentligi
104K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
Vodiy yoshlariga ajoyib imkoniyat taqdim etildi!

Kuni kecha Yoshlar ishlari agentligi binosida Farg‘ona viloyatida tashkil etilayotgan “Yoshlar media markazi”ning moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda yoshlar o‘rtasida dasturlash, grafik dizayn, foto va videomontaj, SMM bo‘yicha treninglar o‘tkazib borish maqsadida ajratilgan media va texnik jihozlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki media treninglar joriy yilning noyabr va dekabr oylarida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda!

Batafsil

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Talabalik - inson hayotidagi eng ajoyib palla!

Jamoat transportidagi tonggi sayohatlar, ma'ruzalardagi shirin uyqu, sessiya oldi hayajonlari. Bularning barchasi yoshlikning eng qizg'in, unutilmas oltin lahzalari.

👨‍🎓👩‍🎓 Aziz talabalar, Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Sizlarni 17-noyabr - Xalqaro talabalar kuni bilan muborakbod etamiz! Har biringiz mamlakat uchun kerakli, xalqimizning kelajagini yaratuvchi inson ekanligingizni unutmang!

O‘qishlaringizga muvaffaqiyat, ishlaringizga omad va zafarlar tilaymiz!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️ "Qizlar ovozi" maktabining 3-mavsum uchun ro'yxatdan o'tish jarayonlari davom etmoqda!

Qizlarjon, avval xabar berganimizdek ushbu maktabda Siz, qizlarni jamiyat hayotidagi rolini oshirish va mustahkamlashga bag‘ishlangan o‘z loyihalaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Ro'yxatdan o'tish

🔻Eslatib o'tamiz:
Ro'yxatdan o'tish jarayoni 25-noyabrga qadar davom etadi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz vatandoshlar!

🇺🇿 Sizni 18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 30 yilligi munosabati bilan samimiy qutlaymiz!

Davlat bayrogʻi va uning ramzi bugungi Oʻzbekiston sarhadida qadimda mavjud boʻlgan davlatlar bilan tarixan bogʻliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini oʻzida mujassamlashtiradi.

Davlatimiz ramzi qabul qilingan sana bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Agentlik markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

Bosh hisobchi

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

❗️Hujjatlar 2021-yil 28-noyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
"Biznes marafon" Namanganda qanday o‘tdi?

Namangan shahrida joylashgan Madaniyat markazi binosida "Biznes marafon" yosh tadbirkorlar, yoshlar hamda talabalarni qamrab oldi.

"Biznes marafon" davomida biznes rejalarni tayyorlash hamda tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berildi. Bu esa biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, biznes borasida turli xulosalarga kelishga imkon yaratadi.

"Biznes marafon" yurtimiz bo‘ylab sayohatini davom ettirmoqda. Bizga qo‘shiling!

#biznesmarafon #Namangan

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
1 500 000 000 so‘mlik grant natijalari qanday bo‘ldi

Xabaringiz bor, "Yoshlar ishlari agentligi", "Mikrokreditbank" ATB va "Yoshlar kelajagimiz jamg'armasi" tomonidan “Astrum” IT akademiyasida o'qish uchun 1 500 000 000 so‘mlik grant loyihasi eʼlon qilingan edi.

Yoshlarning savollariga javob berish maqsadida, kanalimizda loyiha tashabbuskorlari ishtirokida ovozli suhbat tashkil etilib yoshlarning barcha savollariga imkon qadar javob berildi.

📑 Loyihaga hujjat topshirish jarayoni 14-noyabr kuni yakunlanib umumiy hisobda 4862 kishi ishtirokchiga aylandi. Ular orasidan 500 nafari qizlar ekanligi bizni juda quvontirmoqda.

Loyihada ishtirok etish istagani bildirgan 1287 nafar yosh (26.47%) Ijtimoiy-himoyaga mansub yoshlar toifasiga kirishini bildirgan.

Tanlov shartlariga ko‘ra, birinchi oy sinov tariqasida belgilanganligini inobatga olgan holda, Yoshlar ishlari agentligi jamoasi loyihaning barcha ishtirokchilariga omad va zafarlar tilaydi!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Talabaga madad” loyihasi!

Qahramonimiz Xiva tumanidan Shomuratova Oydinoy. U hozirda Urganch davlat universiteti 2-bosqich talabasi.

Oydinoy oilaviy sharoiti og‘irligi sabab to‘lov-kontraktini to‘lay olmaganligi uchun "Talabaga madad" loyihasidan najot topganligi haqida so‘zlab beradi.

#talabagamadad

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️Yoshlar o‘rtasida 2025 yilgi Paraosiyo o‘yinlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi

Bu haqda 17-noyabr kuni Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Ijroqo‘mi tegishli qarorni qabul qildi.

"Bir qator kuchli takliflar ko‘rib chiqildi. Lekin g‘olib faqat bitta bo‘lishi mumkin va biz Toshkentni tanladik. Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining birinchi yirik mintaqaviy o‘yinlarini o‘tkazishidan juda mamnunmiz va umid qilamizki, bu mintaqada para-sportni rivojlantirish uchun katalizator bo‘lib xizmat qiladi", — dedi OPQ prezidenti Majid Rashid.

Avvalroq 2025 yilda yoshlar o‘rtasida IV Osiyo o‘yinlari ham Toshkentda o‘tkazilishi maʼlum qilingandi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, shu paytgacha hech qaysi davlatda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari ketma-ket o‘tkazilmagan.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
​​#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi

Hukumat qarori (696-son, 19.11.2021 y.) bilan Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

➡️ Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik taʼlimning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

🔢 Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi.

🔰 Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi:

👉 86-100% uchun – 5 baho;
👉 71-85% – 4 baho;
👉 56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.

▫️Ushbu tartib 2022/2023 yil o‘quv yilidan qo‘llaniladi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Forwarded from Alisher Sadullaev
«Talabaga madad» loyihasi tizimi ishlayapti(mi)?

Yuqoridagi izohlar tizimning yoshlar bilan ishlashga harakat qilayotgani, ularning qiyinchiliklarini tinglab, yechim topishga urinayotganiga kichik bir misol. Albatta, u mukammal emas, hali murojaatlari ijobiy hal etilmagan yoshlar ham yetarli. Ammo shuni aytmoqchimanki, hokimliklar «Talagaba madad» loyihasi doirasida 18-noyabrgacha 7 372 nafar iqtisodiy-ijtimoiy muammolarga duch kelayotgan yoshlarning to'lov-kontraktini qoplab berishdi. Jarayon hali davom etadi. Mana shunday raqamli tizimni yaratib, ilm olishga intilayotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida yo'lga qo'yilgan tizim uchun Prezidentimizga butun yoshlar nomidan tashakkur bildiraman. Umid qilamanki, loyiha hali yana yuzlab talabalarga haqiqiy madad bo'la oladi.

P.S. Maqsadimiz iloji boricha eng ogʻir moliyaviy vaziyatdagi iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlashdir. To'g'ri tushunganingiz uchun rahmat!

@alisher_sadullaev