"Kitob o'qigan, mashina minadi"
💫 Ushbu iboraning ommalashishiga sabab bo'lgan va millionlab yoshlarni o'zida jamlagan loyihaning final bosqichi, 15-19 yosh toifasi bo'yicha g'oliblari aniqlandi.
📖 Murosasiz kechgan bahslarda 361,4 ball bilan Maftuna Umarova(Toshkent shahri) 1-o'ringa, 326,3 ball to'plagan qashqadaryolik Munisa Norqobilova 2-o'ringa loyiq ko'rildi hamda kuchli uchlikni Andijon viloyati sha'nini himoya qilgan kitobxon qiz - Dilnavoz Xayitahmatova yakunlab berdi.
🏆Barcha g'oliblar va ishtirokchilarni qutlaymiz!
🇺🇿 Eslatib o'tamiz, g'olibga Prezident sovg'asi - "Spark" avtomobili, 2-o'rin sohibiga 30 million so'm va 3-o'rin sohibiga 15 million so'm taqdim etildi.
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi

"IMKON" - barchaga imkon berishda davom etmoqda!
🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi va "Najot ta'lim" markazi hamkorligida nogironligi bor bo'lgan yoshlarni IT olamiga qadam qo'yishlarida yordamlashish maqsadida "IMKON" loyihasi tashkil etilganidan xabaringiz bo'lsa kerak.
📩 Hozirda, ushbu loyihaning navbatdagi grant qabuli bo'lib o'tmoqda. Arizalar shu yilning 15-apreliga qadar ushbu havola orqali qabul qilinadi.
🔹 Eslatib o'tamiz, ushbu grant uchun 30 nafar 15 yoshdan 30 yoshgacha nogironligi bo'lgan yoshlar tanlab olinib, ularga grafik dizayn va SMM yo'nalishlarda dars beriladi.
Batafsil👉@imkongrant

Motivatsion treninglar, biznes va muvaffaqiyat sirlari: Namangan viloyatida "Biznes marafon" loyihasi bo'lib o'tdi
🎤 Namangan shahridagi yoshlar ziyo maskanida o'tkazilgan tadbirda taniqli tadbirkorlar - Hasan va Husan Mamasaidovlar, Firuz Allaev, Jahongir Po'latov yosh tadbirkorlar va soha qiziquvchilariga o'z tajribalari asosida nutq so'zladi.
🎯 Uchrashuvda 500 dan ortiq yigit-qizlarning ishtirok etgani, yurtimizda tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar safi kengayib borayotganidan dalolatdir.
🤝 Namanganlik yoshlar uchun loyiha kelajakda yangi marralarni zabt etishlarida turtki bo'lishiga ishonamiz.

"Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi"
📖 Buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiyning ushbu fikrlarini bejiz yodga olmadik. Chunki yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirish va keng targ'ib qilish uchun tashkil etilgan "Kitobxonlar haftaligi" ochilish marosimi o'tkazilganligi to'g'risidagi xabarni sizga yetkazmoqchimiz.
📚 "Yoshlar ijod saroyi"da o'tkazilgan marosimda kitoblar ko‘rgazmasi, yangi kitoblar taqdimoti, yozuvchi va shoirlar bilan ochiq muloqotlar tashkil qilindi.
🔰 Shuningdek, haftalik davomida Yoshlar ishlari agentligi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda “Ma’rifat karvoni” loyihasi tashkil etilib, Toshkent shahrining 5 ta va Toshkent viloyatining 1 tumanida joylashgan ta’lim muassasalariga beg‘araz yetkazib berilishi rejalashtirilgan.