Yoshlar ishlari agentligi
97.1K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.26K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
🇩🇪Germaniyada ta’lim va yuqori daromadli ish imkoniyatlari!

Yoshlar ishlari agentligining “Germaniyada kasbiy ta’lim” loyihasi yoshlarimiz uchun chet tillarini o‘rganish va kasb-hunar egallashda yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Kuni kecha, Agentlik binosida germaniyalik tadbirkorlar nemis tilini o‘rganayotgan yoshlar bilan uchrashdi. Xorijlik mehmonlar Germaniyada dual ta’lim dasturlari va yuqori daromadli ishlar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Uchrashuv davomida Germaniyaning temir yo‘l sohasida ishlayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning muvaffaqiyatli hayoti haqidagi video roliklar namoyish etildi.

📰Shuningdek, mamlakatimizda 10 mingdan ortiq yoshlar nemis tilini o‘quv markazlarida, 127 mingdan ortig‘i “Ibrat farzandlari” platformasida onlayn o‘rganayotgani alohida e’tirof etildi. Bu raqamlar yoshlarimiz orasida nemis tiliga bo‘lgan talab qanchalik yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari kimlarga to‘lab beriladi?

Ko‘pchilik yoshlar haydovchilik kurslarida bepul o‘qish imkoniyati bor-yo‘qligi haqida savol berishadi. Ushbu videoda aynan shu masalaga aniqlik kiritamiz!

📥“Yoshlar daftari”ga kirish uchun yoshlardaftari.uz platformasi, 1093 qisqa raqami yoki mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilishingiz mumkin!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧UK Study Alumni Award 2024

Buyuk Britaniyada tahsil olgan va o‘z sohasida yuksak yutuqlarga erishgan bitiruvchilarni e’tirof etish maqsadida ta’sis etilgan “UK Study Alumni Award” mukofoti – xalqaro miqyosdagi eng nufuzli e’tiroflardan biri hisoblanadi. Ushbu sovrin jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shayotgan ilg‘or yetakchilarni aniqlash va rag‘batlantirishga qaratilgan.

🏆Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Mutolaa” va “TOP100 Uni” loyihalari yetakchilari ushbu xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi!

🇺🇿Bu mukofot O‘zbekiston yoshlari salohiyatining xalqaro miqyosda tan olinishi va yoshlarimizning ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar yo‘nalishida qilgan fidokorona mehnatining natijasi bo‘lib, butun jamiyatimiz uchun faxrdir.

👏Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Sirojiddin Olimov va Orzugul Goyibovani ushbu nufuzli mukofot bilan chin dildan tabriklaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu gazeta faqat o‘qish uchun emas, balki yozish uchun ham!

“Yoshlar ovozi” gazetasi – yoshlarning fikri, tashabbuslari va izlanishlari aks etadigan gazetalardan biri bo‘lib, unda yoshlar hayoti, jamiyatdagi o‘zgarishlar va dolzarb ijtimoiy-siyosiy masalalar yoritiladi.

✏️Agar sizda ham shunday dolzabr masalalar, tashabbuslar yoki muhim mavzulardagi tadqiqotlaringiz bo‘lsa – “Yoshlar ovozi” sahifalarida maqolangizni chop etish imkoniyati bor!

Taklif va tashabbuslaringizni @yoshlarovozigazetasibot ga yozib qoldirishingiz mumkin!

🗞Gazetaning yangi sonini ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin 📥 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar siyosatida mintaqaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda!

🇵🇰Pokistonda bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik Osiyo yoshlar ittifoqi Yoshlar sammitida O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi ishtirok etdi. Delegatsiyaga Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari D.Kattaxanova boshchilik qildi.

Sammit doirasida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif delegatsiya rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekistonga tashrifi davomida yoshlarga oid hujjatlar imzolanishi va O‘zbekiston-Pokiston yoshlar hamkorligi yanada rivojlanishi muhim ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, sammit doirasida o‘tkazilgan Osiyo yoshlar vazirlari uchrashuvida O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha taqdimot qildi. Bu taqdimot yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini yanada oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

#Yoshlar #Hamkorlik #Pokiston

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matbuot anjumani

Bugun Yoshlar ishlari agentligi binosida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish kompleks tezkor-profilaktik oyligi”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir Ichki ishlar vazirligi, Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar

#Matbuotanjumani

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Yoshlar siyosati xalqaro maydonda!

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi Pokistonda bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik Osiyo yoshlar ittifoqi sammitida qator muhim hamkorlik uchrashuvlarini o‘tkazdi. Xususan, Pokiston Bosh vazirining Yoshlar dasturi raisi Rana Mashhud Ahmad Xan, Maldiv Yoshlar imkoniyatlarini kengaytirish, axborot va san’at davlat vaziri Ali Shamaan, Millatlar Hamdo‘stligi Kotibiyati vakili Leyn Robinson va boshqa mamlakatlarning delegatsiya rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida:
🟢Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Markaziy va Janubiy Osiyo yoshlar kengashini tuzish masalasi;
🟢Hamdo‘stlik tomonidan olib boriladigan Yoshlar taraqqiyoti indeksida O‘zbekistonning o‘rnini yanada yaxshilash;
🟢 Mintaqaviy darajada yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida 15-may – Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan Orolbo‘yi mintaqasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan raqamli “yashil” tashabbuslar Global yoshlar festivaliga barcha yoshlar va delegatsiyalar taklif etildi.

#Yoshlar #Hamkorlik #Pokiston

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM