Yoshlar ishlari agentligi
99.4K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
Oliy ta‘lim muassasalaridagi “Yoshlar yetakchilari forumi” o‘tkazildi

⚡️“Yoshlar forumi — 2024” doirasida Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta‘lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot “Yoshlar yetakchilari forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda mamlakatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarining yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Forum davomida tajribali spikerlarimiz tomonida yetakchilarimizga liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish, jamoani boshqarish va shu kabi boshqa qiziqarli hamda muhim mavzularda seminar-treninglar o‘tkazildi. Shu bilan birga mamlakatimizning yirik tadbirkorlari ishtirokida uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi.

🇺🇿 Tadbir yakunida yil davomida namunali faoliyat olib borgan yoshlar yetakchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📕“Yosh kitobxon oila” tanlovining Respublika bosqichi yakunlandi!

⚡️Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yoshlar forumi – 2024” doirasida Besh tashabbus olimpiadasining eng qiziqarli loyihalaridan biri — “Yosh kitobxon oila” tanlovi o‘z yakuniga yetdi.

Tanlovning Respublika bosqichida quyidagi oilalar o‘z bilim va kitobga bo‘lgan mehrini namoyish etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

• 1-o‘rin Xorazm viloyatidan Shamuratovlar oilasi (100 million so‘m);
• 2-o‘rin Jizzax viloyatidan Sayfullayevlar oilasi (50 million so‘m);
• 3-o‘rinni Sirdaryo viloyatidan Tursunovlar oilasi (30 million so‘m) egalladi!

👏Barcha g‘olib va ishtirokchilarni samimiy muborakbod etamiz! Ularning kitobga bo‘lgan muhabbati butun jamiyatimizga o‘rnak bo‘lsin!

#Yoshlarforumi2024 #beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jamg‘arma stipendianti xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi!

⚡️El-yurt umidi jamg‘armasi stipendianti, University of Leeds magistratura bosqichi bitiruvchisi Abdulaziz Suyarov xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi. U universitet tomonidan “Generativ sun’iy intellekt va Dizayn fikrlash: imkoniyatlar, tahdidlar va samarali integratsiya uchun strategiyalar” (Generative AI and Design Thinking: The Perceived Opportunities, Risks, and Strategies for Effective Integration) mavzusidagi dissertatsiyasi uchun Dissertation Excellence Award bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ijtimoiy va darsdan tashqari faoliyati uchun Extracurricular Activities Champion Award mukofotini qo‘lga kiritdi.

Abdulaziz universitetni a’lo baholar bilan (Distinction) tamomlab, magistrlik diplomi bilan taqdirlandi.

👏Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan jamg‘arma stipendiantini kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar Forumi — 2024” Rossiyada vatandoshlarimiz bilan!

⚡️Dekabr oyida mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Yoshlar Forumi — 2024” nafaqat yurtimizda, balki xorijda yashab, ta’lim olayotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun ham tashkil etilmoqda.

🇷🇺Xususan, kuni kecha Rossiya Federatsiyasidagi vatandosh yoshlarimiz bilan birgalikda ushbu muhim forum o‘tkazildi. Bu tadbir yoshlarimiz uchun o‘zaro fikr almashish va hamkorlikda yangi tashabbuslarni boshlash uchun muhim platformaga aylandi.

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📕“Yoshlar forumi – 2024” doirasidagi eng qiziqarli loyihalaridan biri “Yosh kitobxon oila” tanlovining final bosqichidan video

#Yoshlarforumi2024 #beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Uychi tajribasi” Asakada

🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Uychi tumani tajribasi” o‘z samarasini bermoqda.

Andijon viloyati, Asaka tumanining “Labgardon” mahallasida yashovchi Aliburxon Yo‘lbarsov ushbu tajriba asosida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, 33 million so‘m imtiyozli kredit evaziga tunuka mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Qahramonimiz ayni vaqtda 15 nafar yoshni ish bilan ta’minlab, kelgusida bu faoliyatni yanada kengaytirishni maqsad qilgan.

📹Batafsil videoda

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM