Yoshlar ishlari agentligi
103K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
📰Jamiyatda o‘z o‘rningni topishni istasang, buni isbotla!

🎬Bugun Yoshlar ijod saroyida “Yoshlar forumi – 2024” doirasida uzoq kutilgan “Kurash – hayot davom etadi” veb-serialining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Serial Yoshlar ishlari agentligi va “Ibrat farzandlari” loyihasi ijodkorlari tomonidan tayyorlandi.

Mazkur veb-serial real hayotdagi turli sharoitlarda yashayotgan o‘smirlarning katta hayot yo‘lidagi kurashi haqida hikoya qiladi.

📽Serial qahramonlari o‘ziga xos xarakter va tanlagan yo‘llari bilan boshqalardan ajralib turadi. Unda yosh va katta avlod o‘rtasidagi qarama-qarshi dunyoqarashlar, o‘zaro munosabatlardagi kelishmovchiliklar tufayli yuzaga keladigan salbiy oqibatlar tomoshabinga chuqur va ta’sirli tarzda namoyish etiladi.

📹Veb-serial jami 10 qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismni hoziroq “Kurash” Youtube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin!

#Yoshlarforumi2024 #premyera

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Faol qizlar birlashadi – ovozlar kuchayadi!

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” tadbirlari doirasida “Qizlar ovozi” loyihasining an’anaviy Respublika koordinatorligiga saralash jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda!

Endilikda Respublika koordinatori vazifasini, bir nechta faol qizlar bir vaqtda olib borishlari mumkin. “Qizlar ovozi” klubiga saylov jarayoni quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:


OTMlar bilan ishlash bo‘yicha respublika koordinatori;
O‘rta ta’lim bilan ishlash bo‘yicha Respublika koordinatori;
Hududlar kesimida ishlash bo‘yicha Respublika koordinatori.

Saylovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Saralash bosqichi 18-dekabr kuniga qadar davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola!

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Adliya vaziri bilan ochiq muloqot

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid qonunlarni o‘rganish va ulardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi. Yoshlarning o‘z huquq va manfaatlarini chuqur anglashlari zarurligi alohida qayd etildi.

Mazkur muloqotda ta’lim muassasalari talabalari, vazirlik tizimidagi yosh xodimlar hamda faol yoshlar ishtirok etishdi. Shuningdek, xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar ham onlayn tarzda muloqotda qatnashib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bir qator muhim takliflar bildirildi. Jumladan, Adliya vaziri stipendiyasini ta’sis etish, “Qonun tashabbuskorlari” nomli jamoa tuzib loyihalar tashkil etish, “Vazir bilan bir kun” loyihasini amalga oshirish hamda oliy ta’lim muassasalaridagi talaba yoshlar bilan davomli uchrashuvlar o‘tkazish kabi takliflar ilgari surildi.

Adliya vaziri Akbar Tashkulov yoshlarning ushbu takliflarini e’tiborga olib, ularning aksariyatini qo‘llab-quvvatladi va ayrim masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berdi.

⚡️Yoshlar forumi – yoshlarning ovozi va tashabbuslar maydoni!

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar forumi: Dunyo uzra jipslashayotgan yoshlar!

⚡️Fransiya va Buyuk Britaniyada yashab va ta’lim olayotgan vatandosh yoshlarimiz uchun “Yoshlar forumi – 2024” doirasida mazmunli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Bu tadbirlar nafaqat fikr almashuv, balki yangi imkoniyatlar va hamkorlik ko‘priklarini yaratishga xizmat qilmoqda. Mazkur uchrashuvlar vatandosh yoshlarimizni bir maqsad yo‘lida jipslashtirish va ularning rivojlanish yo‘lida mustahkam tayanch yaratishga qaratilgan.

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yosh ijodkorlar bir sahnada!

⚡️Sirdaryo viloyatida “Yoshlar forumi-2024” doirasida Yosh musavvir tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan ushbu tanlovda haqiqiy iste’dodli yoshlar bir joyda jamlandi. Har bir hududdan 2 ta yosh toifasi bo‘yicha 28 nafar yosh respublika bosqichida ishtirok etgan bo‘lsa, shundan 6 nafar yosh sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar

#Yoshlarforumi2024 #Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim vaziri yoshlar bilan uchrashdi

⚡️Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv “Yoshlar forumi” tadbirlari doirasida tashkil etilib, unda 300 dan ortiq yoshlar, talabalar va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.

🎤Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvda vazir yoshlarning bilim olishi, ilmiy tadqiqotlari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, taklif va tashabbuslarini ilgari surish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbir yakunida yoshlarning takliflari asosida amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Mazkur uchrashuv yoshlarning ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishidagi salohiyatini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM