Yoshlar ishlari agentligi
110K subscribers
10K photos
1.76K videos
7 files
4.29K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
Respublika sardorlari aniqlandi!

⚡️“Yoshlar forumi-2024” doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” Respublika sardorlari saylovi final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

Mazkur tanlovda hududlardan kelgan sardorlarimiz ikki bosqichdan iborat uchta shartni bajarib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar.

👏Yakuniy natijalarga ko‘ra, 14 nafar yosh iste’dod egasi Respublika sardori sifatida saylandi. Ularga Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan “Ishonch yorlig‘i”, “Sardorlik belgisi” hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar

#Yoshlarforumi2024 #Sardorlarsaylovi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda kambag‘al oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga o‘qitish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishi va mutasaddilarga 1-martgacha to‘garaklar ochib, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlarni o‘qitishni boshlash topshirildi.

To‘garak xarajati 80 foizgacha byudjetdan qoplanadi.
Kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi. Bu borada oliygoh rektorlari ham kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

⚡️Toshkent viloyatining barcha hududlarida “Yoshlar forumi-2024” doirasida “Yosh kitobxon” tanlovining tuman hamda shahar bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

📚Tezkor savol-javob sharti yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan 66 nafar kitobxon tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

📹Tafsilotlar videolavhada

#Yoshlarforumi2024 #Yoshkitobxon

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz ijtimoiy karta joriy etilishini e’lon qildi.

Hozirgi kunda 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordam olish uchun fuqarolarimiz tug‘ilganlik, nogironlik to‘g‘risida, pensiya, talabalik guvohnomasi, bank kartasi kabi 10 dan ortiq hujjatni ko‘tarib yurishga majbur.

Bunday ovoragarchilikka chek qo‘yish vaqti kelganini ta'kidlab, Prezident barcha hujjatlarni o‘rnini bosadigan bitta – ijtimoiy karta joriy etilishini e’lon qildi.

Ijtimoiy karta bilan avtobus va metroda bepul yurish, elektr, gaz va o‘qish xarajatiga kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi, nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.

Bu tizim 1-iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida sinovdan o‘tkaziladi, yil yakunigacha hamma joyda ishga tushiriladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilmdan boshqa najot yo‘q!

⚡️ Kuni kecha “Yoshlar forumi – 2024” doirasida Xorazm viloyatida ham “O‘quv markazlari” forumi bo‘lib o‘tdi.

📰Forumda viloyatdagi 30 dan ortiq o‘quv markazlari rahbarlari va sohaga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishdi. Dastlab, yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘qitish borasida Yoshlar ishlari agentligi bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan eng yirik o‘quv markazlarining taqdimotlari tinglandi.

Forumning ikkinchi qismida yoshlarni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha hamkorlikning yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumining yakuniy tadbirlari 14-15-dekabr kunlari poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da bo‘lib o‘tadi.

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya - jamiyat kushandasi

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasida “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi binosida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

#Yoshlarforumi2024 #Ochiqeshiklarkuni

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Biznes marafon” loyihasining 5-mavsumi

⚡️Mamlakatimiz bo‘ylab davom etayotgan “Yoshlar Forumi – 2024” doirasida Jizzax Cyber Sport Arenasida “Biznes Marafon” loyihasining 5-mavsum final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mamlakatimizning faol tadbirkorlari yoshlarga biznes rejalar tuzish sirlarini o‘rgatib, tadbirkorlikni boshlash bo‘yicha o‘z tajriba va bilimlarini ulashdilar. Ishtirokchilar biznesni rivojlantirishda qo‘l keladigan zamonaviy vositalar va dunyodagi ilg‘or tajribalardan xabardor bo‘ldilar.

🎼Tadbir avvalida yoshlarning sevimli san’atkori Konsta o‘zining eng sara chiqishlari bilan ishtirokchilarni xushnud etdi.

Ma’lumot uchun, “Biznes marafon” loyihasining yakuniy tadbiri 16-dekabr kuni Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da bo‘lib o‘tadi.

#Yoshlarforumi2024 #Biznesmarafon

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasidagi eng kutilgan loyihalardan biri boshlanmoqda!

Ayni vaqtda poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumi respublikamizning 20 mingdan ortiq o‘quv markazlari orasidan tanlab olingan eng ilg‘or markazlarni, ushbu sohaning yetakchi vakillarini hamda xorijiy tillarni o‘rganish va zamonaviy kasblarni egallashni maqsad qilgan yoshlarni bir nuqtada birlashtirdi.

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM