Yoshlar ishlari agentligi
98.2K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
Bu hafta Agentlik rahbari boshchiligida jamoa 2024-yilda amalga oshirgan ishlar sarhisobi va kelgusi 2025-yil uchun belgilangan rejalarning taqdimotlarini o‘rganmoqda.

📰Taʼkidlash lozim, yil davomida agentlik markaziy apparati tomonidan rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirishda jamoa katta mehnat qildi. Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar ham ko‘zga tashlandi. Agentlik rahbari aynan shu og‘riqli nuqtalarning yechimi ustida ochiq muloqot o‘tkazdi. Masʼullar oldida turgan maqsadlarga erishish yo‘lida xatolarimiz ustida birgalikda ishlash va 2025-yilga rejalashtirilgan vazifalarni hamjihatlikda bajarishga so‘z berdilar.

Agentlikning yirik loyihalari, xususan, “1000KITOB” va “Wikistipendiya” loyihalari bo‘yicha menejerlarning taqdimotlari jamoamiz tomonidan iliq kutib olindi va yoshlar hayotida samarali o‘zgarishlar qilishiga ishonch bildirildi.

Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan barcha tashabbuslar yoshlar uchun foydali va samarali bo‘lishiga ishonamiz. Hafta davomida jamoamiz masʼullari tomonidan taqdim etilayotgan rejalar va natijalar bilan tanishishni davom ettiramiz.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hududiy sardorlar saylovi boshlanmoqda!

📅Joriy yilning 27-29-noyabr kunlari “Bolalar harakati” sardorlar saylovining hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) bosqichlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu saylovlarning o‘tkazilish manzili va mas’ullari haqidagi ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.

📍 Batafsil ushbu havolada.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#1000KITOB_podkasti

“1000KITOB” podkastining navbatdagi sonida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Baxtiyor Sheraliyev va Germaniyaning Gyotingen universiteti doktoranti Izzat Sobitov mehmon bo‘lib, o‘z bilim va tajribalarini tinglovchilar bilan bo‘lishishdi.

Padkastda mehmonlarning “1000KITOB” loyihasi, sohaga doir adabiyotlar, ilmiy ish bilan shug‘ullanish jarayonlari haqidagi muhim fikr va mulohazalari o‘rin olgan.

📹Batafsil: https://youtu.be/atdM1foQgxo

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏐 Voleybolchi qizlar Samarqandda jam bo‘ldi

🖐Kuni kecha “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Ichki ishlar vaziri kubogi”ning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi C liga final bosqichi g‘oliblarini e’lon qilgan edik.

Bugun esa ushbu musobaqaning Samarqand viloyatida qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahslarining yakuniy natijalarini sizlarga taqdim etamiz.

Batafsil: gov.uz/oz/yoshlar/news/view/28684

#Beshtashabbusolimpiadasi #voleybol

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Prezident Kubogi” shaxmat musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi

Ayni kunlarda poytaxtimiz Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasi dunyoning eng sara shaxmatchilari ishtirokida navbatdagi nufuzli musobaqa — “Prezident Kubogi”ga mezbonlik qilmoqda.

🏆Umumiy sovrin jamg‘armasi 75 ming AQSH dollarini tashkil etayotgan musobaqada dunyoning kuchli grossmeysterlari bilan bir qatorda, Nodirbek Abdusattarov, Javohir Sindarov kabi mashhur shaxmatchilar yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Bugungi kunga qadar turnirni 7 turi ortda qoldi.

Turnir ikki guruhda o‘tkazilmoqda:

 • A guruhi: reytingi 2250 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar;
 • B guruhi: reytingi 2249 va undan past bo‘lgan shaxmatchilar.

📹 Musobaqa jarayonlarini “Uzchess” YouTube kanali orqali jonli kuzatishingiz mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Mutolaa” marafonidan katta sovg‘alar!

🔶Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi ijodkorlari tomonidan tashkil qilingan marafonda turli xil sohalarning eng kuchli mutaxassislari bilan yoshlar uchun manfaatli suhbatlar tashkil etilmoqda. Marafonda bir qator yozuvchi, shoir, inflyuyenserlar va o‘zbek siyosatchilari mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

Marafonning final suhbati Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev bilan bo‘lib o‘tadi. Suhbatda sizlarni 100 ta kitob va 100 ta “Mutolaa Premium” sovg‘alari kutmoqda!

Suhbat 30-noyabr kuni 19:00 da @mutolaaxona kanalida bo‘lib o‘tadi.

🔥 Eng qizig‘i - loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eng qizg‘in mavzular va yoshlar bilan intervyular: yangi son kanalimizda!

🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasining ushbu sonida;

🟢Surxon jamoalari tengsiz!
🟢“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi davom etmoqda;
🟢Talabalar ommaviy yugurish musobaqasida;
🟢Chiqindi muammosi;
🟢Yetakchining lafzi – mahallaning fayzi;

📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!

#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar #Rivojlanish

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovi

⭐️Jizzax viloyatida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi!

Bu tanlovda mahalla tizimining kelajagini shakllantirayotgan haqiqiy liderlar bir maydonda jam bo‘ldilar. Shahar va tumanlardan kelgan 58 nafar yoshlar yetakchisi 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z bilimlari, tajribalari va kreativ g‘oyalari bilan bellashdilar.

🏆G‘oliblar munosib taqdirlanib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sardorlar saylovining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida “O‘zbekiston yoshlari forumi 2024” doirasida O‘zbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” sardorlar saylovlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazida sardorlar saylovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Bolalar tashkiloti hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan jarayonlarda nomzodlar o‘zlarining “Men sardor bo‘lsam” mavzusidagi taqdimotlari bilan ishtirok etdi. Taqdimot davomida nomzodlar yoshlar ishtirokida amalga oshirishni reja qilgan tashabbus va loyihalari, shu vaqtgacha erishgan yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Saylov yakuniga ko‘ra, 22 ta tuman-shaharlardan kelgan 154 nafar yosh sardorlar orasidan eng iqtidorli 6 ta yo‘nalish sardori va 1 nafar bosh sardor saylandi.

#Yoshlarforumi2024 #Sardorlarsaylovi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM