Yoshlar ishlari agentligi
98.1K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.26K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
💼“Kelajak kasblari” loyihasining navbatdagi natijalari.

➡️Xorazmlik yoshlar ham “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida egallagan bilimlari sabab yuqori natijalarga erishmoqda. Loyiha doirasida olgan bilimlari tufayli, ular CEFR sertifikatlariga ega bo‘lishdi va xorijiy tillarni mukammal egallash yo‘lida ulkan qadam tashlashdi.

Xususan, Xorazm viloyatidagi “Harvard English Team” o‘quv markazi ushbu yoshlarga zamonaviy, sifatli ta’lim berib, ularning kelajakka intilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Yoshlarimizning kelajakdagi faoliyatlariga katta muvaffaqiyat tilaymiz, ularning yutuqlari hali oldinda!

#kelajakkasblari #cefr #xorazm

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖐Yurtimizda “Plogging” aksiyasi o‘tkaziladi.

🇺🇿O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan, atrof-muhitni asrab-avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida, Yoshlar ishlari agentligi hamda “Ekolog” jamoat birlashmasi hamkorligida “Plogging” aksiyasi o‘tkaziladi.

15-25-avgust kunlari davomida respublikamizning barcha hududlarida o‘tkaziladigan ushbu aksiyada ishtirok etish orqali, siz nafaqat ona tabiatni himoya qilishga hissa qo‘shasiz, balki kelajak avlod uchun pok va sog‘lom hayot muhiti yaratishga xizmat qilasiz.

➡️Aksiyani o‘tkazish joylari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

📝Bu ezgulik yo‘lida siz ham ishtirok etishni xohlasangiz, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️Sirdaryoda “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik musobaqalarining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Batafsil: gov.uz/oz/yoshlar/news/view/18730

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kasblar tanlovining ilk bosqichiga start berilmoqda.

🖐“Besh tashabbus olimpiadasi” nafaqat sport, ta’lim, intellektual o‘yinlar balki, kasblar bo‘yicha ham iste’dod egalariga maydon yaratgan.

Bu yilgi Kasblar tanlovi “Men kelajakman” shiori ostida 15-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Mamlakatimizning 9 452 ta mahallasida yoshlar o‘z kuch va bilimlarini saralash bosqichida sinovdan o‘tkazishadi.

Tanlov yosh quruvchi (suvoqchi), dizaynerlik (tikuvchi), elektromontaj, novvoychilik va payvandlash yo‘nalishlarida tashkil etiladi.

Tanlovning respublika final bosqichida 1-o‘rin sohiblari 2025-yilda Tayvanda o‘tkaziladigan “Worldskills Asia-2025” xalqaro kasblar musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar. Bu nafaqat yurtimizda, balki xalqaro maydonda ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘lish imkoniyati!

📝 Sizda ishtirok etish uchun haliyam imkon bor. Hoziroq 5tashabbus.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting va musobaqalarga tayyorgarlikni boshlang!

#Beshtashabbusolimpiadasi #kasblartanlovi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, soat 19:40 da Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi.

Ovozli suhbatda siz, o‘zingni qiziqtirgan savol, taklif va tashabbuslaringizni izohlarda yozib qoldirsangiz, muloqot davomida batafsil javob olishingiz mumkin bo‘ladi. Muloqotga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin.

➡️https://yangx.top/alisher_sadullaev?livestream

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 TOP-100 Yoshlar yetakchilari reytingi!

📰2024-yilning aprel oyida birinchi chorak natijalari asosida TOP-100 reytingiga kiritilgan yoshlar yetakchilari haqida ma’lumot bergan edik. Bugun esa, 2024-yilning 2-choragi bo‘yicha mahallalarda yoshlar siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda alohida natijalarga erishgan TOP-100 Yoshlar yetakchilari reytingini e’lon qilamiz.

Mazkur yetakchilarni bugungi kunda mahalla tizimida yoshlarning haqiqiy yo‘lboshchilari deb atash mumkin. Ular jamiyatimizning istiqboli bo‘lgan yoshlarning intilishlari va maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda ulkan hissa qo‘shmoqdalar.

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan o‘z kuch va imkoniyatlarini to‘liq ishga solib, reytingdan munosib o‘rin olgan barcha yoshlar yetakchilarini samimiy tabriklaymiz!

#TOPreyting

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amudaryo suvi va yosh mirishkorning peshona teridan yetilgan qovun-tarvuzlar daromadga kirdi.

Xorijda mehnat qilgan yoshlarimizning ko’pchiligi bugun oilasi bagʻrida, o‘z yerida dehqonchilik bilan shugʻullanmoqda. Ayniqsa ular hosillarini bozorda emas, dalaning o‘zida savdoga chiqarib, daromad topmoqda.

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani “Xizir eli” mahallasida istiqomat qiluvchi Barchinoy Ahmadovaning so‘zlariga ko‘ra, u bir kunda 1 tonna tarvuz sotgan paytlari ham bo‘lgan.

Yoshlarga berilgan yer nafaqat bir yoshning, balki bir oilaning bandligi va daromadini ta’minlab bermoqda.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗞Kechki mutolaa uchun “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi sonini taklif etamiz!

✍️Ushbu sonda:

🟢O‘zbekiston tarixida yangi rekord!
🟢“Hurmat kuni”
🟢Yosh eksportchilar: muammo, tajriba va strategiya;
🟢Majburiy forma kerakmi?
🟢Kelajakni past balga almashmang!

📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😊 Mutolaa foydalanuvchilar soni 600 mingdan oshdi!

“Mutolaa” mobil ilovasi – o‘zbek va jahon adabiyotining eng nodir durdonalarini bir joyga jamlagan zamonaviy kutubxona. Yoshlar va kattalar uchun elektron, audio va video formatlarda adabiyot olamiga bepul kirish imkonini yaratgan bu ilova, foydalanuvchilarni adabiyotga yaqinlashtirishda muhim qadam bo‘ldi.

Ayniqsa, foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ortib borayotganligi ilovaning qanchalik ommalashganini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda, ushbu adabiy xazinadan 600 mingdan ortiq inson foydalanmoqda.

Ilovani yuklab olish uchun:
📱 Play Market 🍏 App Store

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda yoshlar masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov rahbarligida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishda viloyatda yoshlar siyosati borasida amalga oshirilgan ishlarning 7 oylik tahlili muhokama qilindi. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy komissiya tomonidan tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda viloyat, tuman (shahar) sektor rahbarlari, mahalla yettiligi, shuningdek, soha bilan bog‘liq muhim idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida soha mas’ullarining 7 oylik faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Shu bilan birga, yoshlar masalasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor rejalar va manzilli chora-tadbirlar belgilandi, bu orqali hududda yoshlar bilan bog‘liq masalalarni yanada samarali hal qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM