Yoshlar ishlari agentligi
103K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
Vazir va yoshlar uchrashuvlari boshlanmoqda

⚡️“Yoshlar oyligi” doirasida 21-iyundan 26-iyunga qadar poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Vazir va yoshlar” hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ilk uchrashuv 21-iyun kuni, Maktabgacha va maktab ta’limi, Raqamli texnologiyalar va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

📝Ushrashuvda ishtirok etish uchun @yoshlaruchrashuvibot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijonlik yoshlar, gala-konsertga marhamat!

⚡️Bugun, Andijon shahridagi Navoiy shoh ko’chasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida navbatdagi gala-konsert bo‘lib o‘tadi. Festivalda andijonlik yoshlarni qiziqarli tanlovlar, ko‘ngil ochar o‘yinlar va albatta, mega yulduzlar ishtirokidagi konsert kutmoqda.

⚡️Kutilgan gala-konsertning kutilmagan lahzalarini ko’rishga shoshiling.

📺Gala-konsertni “Yoshlar” telekanali orqali soat 20:30 da jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Andijon

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur yig‘ilishda muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovi o‘tkazilishi ma‘lum qilindi.

Tanlovda o‘qituvchilar, talabalar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Birinchi o‘ringa elektromobil beriladi.

Shuningdek, g‘oya, loyiha va ixtiro muallifi bo‘lgan eng zo‘r 10 nafar ishtirokchi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi.

Bu maqsadlar uchun har yili 15 milliard so‘m ajratiladi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar festivali Namanganda!

⚡️Kuni kecha Namangan viloyatida “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostidagi yoshlar festivali bo’lib o’tdi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori va viloyat hokimi so‘zga chiqib, barcha yoshlarni yaqinlashib kelayotgan 30-iyun – “Yoshlar kuni” bilan tabriklab, kelgusi o‘qish va ishlariga omad tiladilar.

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Namangan

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹Tez kunda premyera

Toshkent shahridagi “Universe” volontyorlar maktabi ijodkorlari tomonidan “Volontyor” filmi tayyorlandi. Film ko‘ngillilar hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda O‘zbekistondagi volontyorlik tizimi aks ettirilgan.

Film premyerasi 22-iyun kuni soat 15:00 da Toshkent arxitektura-qurilish universitetining faollar zalida bo’lib o’tadi. Tadbirda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

#YoshlarKuni

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

⚡️Yoshlar oyligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuvda 400 dan ortiq yoshlar o‘zlarining murojaat va takliflari bilan ishtirok etishdi. Muloqot davomida bildirilgan takliflarga asosan joriy yil sentyabr oyida notiqlik va kitobxonlik san’ati bo‘yicha yirik seminar tashkil etish belgilandi. Shuningdek, yoshlar o‘z yashash hududlaridagi maktab va sport maydonchalarini zamonaviy texnikalar bilan jihozlash masalalarida murojaat qilishdi.

🎤Bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi, ko‘tarilgan muammoli masalalar hal etilishi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

#YoshlarKuni #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hilola Umarova yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi

Xabar berganimizdek, bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi. Unda 200 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashib, o‘z savol va takliflari bilan murojaat qilishdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar ta’lim muassasalarida o‘zlashtirilayotgan bilimlarni amaliyot bilan integratsiya qilish; 2023-2024-o‘quv yili davomida amalga oshirilgan o‘zgarishlar, ta’limda innovatsion loyihalardan foydalanish hamda inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi ko‘plab savol va takliflarga batafsil javob olishdi.

⚡️“Yoshlar oyligi” munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuv yakunida umumta’lim maktablari faol o’qituvchi va o’quvchilariga maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

#YoshlarKuni #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Yoshlar oyligi” doirasidagi uchrashuvlar davom etadi

⚡️“Yoshlar oyligi” munosabati bilan o’tkazilayotgan navbatdagi uchrashuv 22-iyun kuni Madaniyat vaziri hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

🎤Uchrashuvda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan taklif, muammo, loyiha va tashabbuslar shaxsan vazirlar tomonidan joyida o‘rganilib, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

📝Ushrashuvda ishtirok etish uchun @yoshlaruchrashuvibot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon yoshlari bir shior ostida birlashdilar

⚡️ Andijon aholisi va yoshlar “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Andijon shahri markazida jam bo’ldilar.

Unutilmas lahzalarga boy o’tgan “Yoshlar kuni” gala-konserti Andijon yoshlarini bir maqsad yo’lida birlashishga, Vatanni sevish va unga munosiblik hissida yashashga undadi.

📹Festivalning qaynoq jarayonlari aks etgan video

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Andijon

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi gala-konsert manzili Farg‘ona viloyati

⚡️“Yoshlar oyligi” doirasidagi “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” gala-konsert dasturi bugun, Farg’ona shahridagi “Islom Karimov” nomidagi konsert saroyi oldida bo’lib o’tadi.

🎵Musiqiy sarguzashtga boy kechani mushakbozlik shousi bilan o’tkazing.

📺Gala-konsertni “Yoshlar” telekanali orqali soat 20:30 da jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Fargona

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim vaziri yoshlar bilan uchrashdi.

Bugun, Yoshlar ijod saroyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning 200dan ortiq yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

🎤Unda vazir dastlab kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishning yoshlar uchun ahamiyati, sohadagi eng so‘nggi islohotlar mazmuni, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv yoshlar tomonidan ko‘tarilgan taklif, muammo, loyiha va tashabbuslar bilan davom etdi.

#YoshlarKuni #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM