Yoshlar ishlari agentligi
104K subscribers
10K photos
1.75K videos
7 files
4.27K links
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

📥 @yoshlarmurojaati_bot
[email protected]
☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
gov.uz/yoshlar/

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
加入频道
Vazir va yoshlar uchrashuvi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o‘ziga biriktirilgan bektemirlik yoshlar bilan uchrashdi. Ochiq muloqot davomida vazir yoshlarning fikr va mulohazalariga quloq tutib, o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Bugungi kunga qadar vazirlik rahbariyati 29 nafar yosh bilan doimiy uchrashuvlar tashkil etib, amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Xususan, mazkur yoshlarga yuk tashishga mo‘ljallangan elektroskuter, kompyuter jamlanmasi, tikuv mashinasi, haydovchilikka o‘qitish va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yengil konstruksiyadan iborat do‘kon qurib berildi.

Uchrashuv so‘nggida vazir tomonidan 3 nafar mahalla yoshlar yetakchilariga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.

#Yoshlaruchrashuv

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasining navbatdagi sonida qanday mavzular o‘rin oldi?

🟢Mahalla yettiligi: yoshlar ko‘proq kimga suyanmoqda?
🟢“Uzchess Cup”da O‘zbekiston yetakchi;
🟢Sportda ham, ta‘limda ham ilg‘or;
🟢Notkoin, Hamster, TapSwap: siz ham tanga yig‘yapsizmi?
🟢Bolangizga kitob o‘qib berasizmi?

📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

📎Bosh axborot hamkorimiz “Yoshlar ovozi” gazetasi va telegram sahifasida yoshlar hayotidagi muhim yangiliklar va ijtimoiy-siyosiy xabarlarni kuzatib boring.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yosh tadbirkorlar forumiga marhamat

Joriy yilning 20-iyun kuni poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da “Yosh tadbirkorlar forumi” bo‘lib o‘tadi!

🧾Forumda ishtirok etish orqali Biznesni rivojlantirish banki, Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi, "Yoshlar – kelajagimiz" jamg‘armasi vakillari bilan bevosita muloqot qilish, asosiysi, kichik biznesda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishingiz mumkin.

Barcha yosh tadbirkorlarni 20-iyun kuni soat 9:00 da Yoshlar ijod saroyiga taklif etamiz!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi manzil Namangan viloyati

⚡️Mamlakatimiz bo‘ylab “Yoshlar oyligi” munosabati bilan turli festivallar, loyiha va tanlovlar, sport musobaqalari hamda intellektual o‘yinlar ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
 
Bugun, Namangan viloyatining Davlatobod tumani “Afsonalar vodiysi” bog‘ida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

📺Gala-konsertni “Yoshlar” telekanali orqali soat 20:30 da jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Namangan

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida yoshlarning takliflari o‘rganilmoqda

Yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iqtidor va salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarishi, o‘qishi, kasb-hunar egallashi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi.

⚡️Jumladan, yoshlar oyligi doirasida Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari asnosida ham o‘g‘il-qizlarning murojaatlari eshitilmoqda, taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda.

📎Batafsil: gov.uz/yoshlar/news/view/14359

#Yoshlaruchrashuvi #Yoshlaroyligi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan festivaldan video

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Sirdaryo

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar yetakchilari uchun “Yetakchi spartakiadasi” turniri

⭐️Mahalladagi yoshlar yetakchilari o’rtasida ilk marotaba joriy yilning iyul-sentyabr oylarida “Yetakchi spartakiadasi” turniri o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Spartakiada doirasida
“Mini-futbol”, “Voleybol”, “Shaxmat”, “Stol tennisi” sport musobaqalari va “Zukko kitobxon”, “Zakovat”, “Ibrat farzandlari” intellektual o‘yinlar o‘tkaziladi.

📚“Zukko kitobxon” tanlovi doirasida yetakchilar tomonidan o’qilishi kerak bo’lgan 5 ta ajoyib kitoblar ro’yxatini e’lon qilamiz. Quyida ushbu kitoblarning ro’yxati keltirilgan:

1. “Jadidlar” to’plami;
2. “Uyg’onish” to’plami;
3. O’tkan kunlar;
4. Atom odatlar;
5. Liderlar;

🤝Barcha yoshlar yetakchilariga omad tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir va yoshlar uchrashuvlari boshlanmoqda

⚡️“Yoshlar oyligi” doirasida 21-iyundan 26-iyunga qadar poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Vazir va yoshlar” hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ilk uchrashuv 21-iyun kuni, Maktabgacha va maktab ta’limi, Raqamli texnologiyalar va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

📝Ushrashuvda ishtirok etish uchun @yoshlaruchrashuvibot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

#Yoshlaroyligi #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijonlik yoshlar, gala-konsertga marhamat!

⚡️Bugun, Andijon shahridagi Navoiy shoh ko’chasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida navbatdagi gala-konsert bo‘lib o‘tadi. Festivalda andijonlik yoshlarni qiziqarli tanlovlar, ko‘ngil ochar o‘yinlar va albatta, mega yulduzlar ishtirokidagi konsert kutmoqda.

⚡️Kutilgan gala-konsertning kutilmagan lahzalarini ko’rishga shoshiling.

📺Gala-konsertni “Yoshlar” telekanali orqali soat 20:30 da jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Andijon

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur yig‘ilishda muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” respublika tanlovi o‘tkazilishi ma‘lum qilindi.

Tanlovda o‘qituvchilar, talabalar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Birinchi o‘ringa elektromobil beriladi.

Shuningdek, g‘oya, loyiha va ixtiro muallifi bo‘lgan eng zo‘r 10 nafar ishtirokchi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi.

Bu maqsadlar uchun har yili 15 milliard so‘m ajratiladi.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar festivali Namanganda!

⚡️Kuni kecha Namangan viloyatida “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostidagi yoshlar festivali bo’lib o’tdi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori va viloyat hokimi so‘zga chiqib, barcha yoshlarni yaqinlashib kelayotgan 30-iyun – “Yoshlar kuni” bilan tabriklab, kelgusi o‘qish va ishlariga omad tiladilar.

#Yoshlaroyligi #YoshlarKuni #Namangan

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹Tez kunda premyera

Toshkent shahridagi “Universe” volontyorlar maktabi ijodkorlari tomonidan “Volontyor” filmi tayyorlandi. Film ko‘ngillilar hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda O‘zbekistondagi volontyorlik tizimi aks ettirilgan.

Film premyerasi 22-iyun kuni soat 15:00 da Toshkent arxitektura-qurilish universitetining faollar zalida bo’lib o’tadi. Tadbirda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

#YoshlarKuni

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

⚡️Yoshlar oyligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuvda 400 dan ortiq yoshlar o‘zlarining murojaat va takliflari bilan ishtirok etishdi. Muloqot davomida bildirilgan takliflarga asosan joriy yil sentyabr oyida notiqlik va kitobxonlik san’ati bo‘yicha yirik seminar tashkil etish belgilandi. Shuningdek, yoshlar o‘z yashash hududlaridagi maktab va sport maydonchalarini zamonaviy texnikalar bilan jihozlash masalalarida murojaat qilishdi.

🎤Bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi, ko‘tarilgan muammoli masalalar hal etilishi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

#YoshlarKuni #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hilola Umarova yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi

Xabar berganimizdek, bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi. Unda 200 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashib, o‘z savol va takliflari bilan murojaat qilishdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar ta’lim muassasalarida o‘zlashtirilayotgan bilimlarni amaliyot bilan integratsiya qilish; 2023-2024-o‘quv yili davomida amalga oshirilgan o‘zgarishlar, ta’limda innovatsion loyihalardan foydalanish hamda inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi ko‘plab savol va takliflarga batafsil javob olishdi.

⚡️“Yoshlar oyligi” munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuv yakunida umumta’lim maktablari faol o’qituvchi va o’quvchilariga maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

#YoshlarKuni #Yoshlaruchrashuvi

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM