Kadastr - Live
4.53K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
加入频道
Forwarded from FARG'ONA KADASTR
#Xalq_bilan_birga
AHOLI MUROJAATLARI O'RGANILMOQDA

Kadastr sohasi bo'yicha aholi murojaatlarini o'rganish, ularning ijobiy va qonuniy yechimi borasidagi harakatlarni yanada rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'ining navbatdagi sayyor qabuli Farg'ona shahrida o'tkazildi. Unda aholi va tadbirkorlar sohaga oid masalalari bilan ishtirok etishdi.
Murojaatlarni Kadastr agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i, Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i va mas'ullar qabul qilishib, ijro uchun belgilab olishdi.

Shuningdek, DXM mutasaddilari ham ishtirok etishib, aholining kadastr hujjatlarini tayyorlash tartibi borasida ma'lumotlar berib o'tishdi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
YouTube | Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
КАДАСТР ПАСПОРТИНИ ТАЙЁРЛАШ МУДДАТЛАРИ
(инфографика)

Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 2 сентябрдаги 535-сон қарорида белгиланган.

Telegram Instagram YouTube Facebook
DIPLOMATIC WORLD jurnali Kadastr sohasidagi islohotlarni dunyoga olib chiqdi.

Jahonning eng mashhur jurnallaridan biri DIPLOMATIC WORLD jurnali yaqinda O’zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlangan maxsus sonini chop etdi.

🌐 Jurnal rahbari Barbara Dietrich xonim tashrifi davomida Respublikamizda Kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ham qiziqdi.
Agentlik xodimlari tomonidan Barbara Dietrich hamda Alberto Turkstrani qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Yakunda ular sohadagi islohotlarni alohida e’tirof etib bu haqda o’zlarining jurnallarida yozishlarini bildirishgan edi.

📌 Jurnalning 134-136 sahifalari ayni shu mavzuga bag’ishlangan.

DIPLOMATIC WORLD
jurnali vakillari Barbara Dietrich hamda Alberto Turkstralarga Kadastr agentligi nomidan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelgusida yaqin hamkorlikda ishlashimizga ishonamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#vakansiya #elon #ishga_marxamat #kadastr

📣 O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tizimidagi Yuridik boshqarmalarda mavjud bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON

BATAFSIL

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Aerogeodeziya #video_rolik

🔷Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi faoliyat turlari, amalga oshirilayotgan yirik hamkorlik loyihalari, markaz tomonidan taqdim qilinayotgan sifatli va yuqori aniqlikdagi geodezik xizmat turlari, toponimika xizmati, yerlarni xatlovdan o‘tkazish borasidagi samarali ishlar haqida tayyorlangan videorolik.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Биргаликда-Ўзбекистонмиз!

24 октябрь - Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови куни.

Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #info #statistika НОҚОНУНИЙ ЭГАЛЛАНГАН ЕРЛАР

Кадастр агентлиги Тошкент шаҳар бошқармаси инспекторлари томонидан олиб борилган ишлар натижаси билан танишинг.


♦️Йил бошидан Тошкент шаҳрида ўзбошимчалик билан эгалланган 1884та - 50,1108гектар ер майдонлари аниқланган.

♦️Шулардан: уй-жой қуриш мақсадида: 1175та, майдони 34,5625 гектар ноқишлоқ хўжалик ерлари.

♦️Нотурар жой қуриш мақсадида 709та холат, майдони 15,5483 гектар ўзбошимча эгалланган ерлардир.

Ушбу холатни туманлар кесимида видеода кўришингиз мумкин.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#kadastr #auksion #bush_yer

Andijon viloyatida 2 731 ta bo'sh yer uchastkalari auksion savdolariga taqdim etildi.

Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining tuman (shahar) filiallardagi mutaxassislari tomonidan joriy yilning 16 sentyabr holatiga 6 151 ta bo'sh yer uchastkalari "Yerelektron" AATga kiritildi hamda "E-IJRO Auksion" savdo maydonchasi orqali 1 358 ta bo'sh yer maydonlari tadbirkorlar uchun sotildi.

Bo'sh yer uchastkalar to'g'risida ko'proq bilib oling.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Sirdaryo | Kun.uz
Сирдарёда хатлов ишлари бошлаб юборилди

Сирдарё вилояти кадаcтр бошқармаси томонидан туман ва шаҳар ҳудудларида мавжуд ер майдонлари ва бино-иншоотлар хатловдан ўтказилмоқда. Бу ҳақда бошқарма ахборот хизмати Kun.uz’га маълум қилди.

«Хатлов ўтказишдан мақсад - тадбиркор ва фуқароларнинг муаммоларини ўрганиш, бўш ер майдонларини аниқлаш ва аукцион майдонларига чиқариш, ноқонуний қурилмаларни аниқлаш ва уларни олдини олиш, ер майдонлари ҳамда бино-иншоотларга бўлган ҳуқуқлари мавжуд ёки мавжуд эмаслиги аниқлаш ва янги қурилган объектларни аниқлаш ва ҳисобга олишдан иборат», дейилади хабарда.

➡️ Сирдарё хабарлари
Forwarded from Human.uz | Rasmiy kanal
Ер участкасига бўлган хуқуқни давлат рўйхатидан ўтказиш учун ўз вақтида мурожаат этмаслик жавобгарликка сабаб бўлади

Батафсил:
https://human.uz/10/51/2027

Улашинг: @humanuzofficial
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Аҳолининг кадастр соҳасидаги мурожаатлари ечим топмоқда.
Қашқадарё мисолида.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#TABRIKLAYMIZ

🎉 Bugun 16-sentabr O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori Umarov Fazliddin Karimovichning tavallud kunlari!


Shu munosabat bilan, Sizni agentligimizning oilasi nomidan samimiy qutlaymiz. Sizga mustahkam salomatlik va bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat tilaymiz. Agentlikda Siz boshchilik qilib turgan barcha ishlar ulkan muvaffaqiyatga erishishiga ishonamiz. Omad xamisha Sizga yo’ldosh bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Виртуал ва Халқ қабулхоналари орқали Кадастр агентлиги Андижон вилояти бошқармасига 2021 йилнинг ўтган даврида 648 та мурожаат келиб тушган. Мазкур мурожаатларнинг 591 таси ёки 91,2 фоизи мутахассислар томонидан кўриб чиқилган, уларнинг 568 таси қаноатлантирилган.
Forwarded from QARAQALPAQSTAN KADASTR
Ellikqala tumanidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli jami turar joy va noturar
joy obektlar

Kanalǵa aǵza bolıw👇
Qaraqalpaqstan kadastr
instagram | facebook | youtube
Forwarded from Qaraqalpaqstan | Kun.uz
Нукуснинг 13 та ҳудудида тартибсиз қурилган турар жойларга бепул кадастр ҳужжати расмийлаштирилмоқда

📄 Ҳукумат қарорига кўра, Нукус шаҳридаги «Қос кўл», «Қос кўл 2», «Қос кўл 3», «Қос кўл 4», «Чимбой гузари», «Бўз овул», «Қизил қум», «Амударё», «Қутли макан», «Саманбай», «Айдин жол», «Телеорай», «Ақжағиз» маҳаллаларида ўзбошимчалик билан тартибсиз қурилган аҳоли хонадонларини ўрганиб чиқиш ва кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш белгиланган эди.

▪️Давлат кадастрлари палатаси Қорақалпоғистон Республикаси бошқармаси матбуот котибининг Kun.uz'га маълум қилишича, бошқарма ходимлари Нукуснинг 13 та ҳудудда хатлов ишларини олиб борган. Натижада 3 400 турар жойнинг кадастр ҳужжати йўқлиги маълум бўлган.

🔹Қўшимча қилинишича, ҳозирга қадар 2 292 турар жойга ишчи гуруҳнинг мулк ҳуқуқини тасдиқловчи хулосаси чиққан. 800 нафардан зиёд оилага бепул кадастр ҳужжати расмийлаштирилиб, давлат рўйхатидан ўтказилган.

➡️ Қорақалпоғистон хабарлари
#Kadastr #jarimalar #mamuriy_bulim

📌Joriy yilning 8 oyi davomida Agentlikning hududiy organlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasiga ko'ra, 23 584 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik holatlari aniqlanib, mazkur holat bo‘yicha maʼmuriy ishlar Agentlikning hududiy organlari tomonidan ko‘rib chiqilgan. Maʼmuriy javobgarlikka tortilgan 23 584 nafar shaxsga nisbatan 5 881 mln. so‘m miqdorda maʼmuriy jarimalar qo‘llanilib, 3 633 mln. so‘m undirgan.

🔶Xususan, Namangan viloyatida 4 238 ta (1 065 mln. so‘m qo‘llanilib,744 mln. so‘m undirilgan), Xorazm viloyatida 4 142 ta (1 031 mln. so‘m qo‘llanilib, 767 mln.so‘m undirilgan), Farg‘ona viloyatida 3 174 ta (776 mln. so‘m qo‘llanilib, 335 mln. so‘m undirilgan), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 145 tani (776 mln. so‘m qo‘llanilib, 514 mln. so‘m undirilgan) tashkil etib, yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook