Kadastr - Live
4.55K subscribers
4.53K photos
728 videos
16 files
3.01K links
Кадастр соҳасидаги янгиликлардан хабардор бўлинг.
加入频道
#kadastr #malaka_oshirish #kadrlar_bolimi

🔭 GEODEZIST-TOPOGRAFLARNING ILK QALDIRG'OCHLARI

📗 Kadastr agentligi tomonidan joriy yilning 7-14 oktyabr kunlari Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2021-yil 27-sentabrdagi 147-RT-sonli topshirig‘i ijrosi yuzasidan topograf mutaxassislik bo‘yicha tezkor o‘qitish tashkil etildi.
Agentlik tomonidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalardan o‘qitish uchun nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi va ular orasidan suhbat natijalari bo‘yicha har bir hududdan 2 nafardan jami 28 nafar xodimlar tanlab olindi.

📍Tanlab olingan 28 nafar xodimlar ishlab chiqilgan o‘quv ish rejasiga asosan 7 kunlik kursda o‘qitilib, joriy yilning 14 oktabr kuni test va savol-javob sinovlaridan o‘tkazildi.

🗺 Mazkur imtihonlardan ijobiy o‘tgan geodezist-topograf mutaxassislarining o‘rni beqiyos ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topdi va ushbu 28 nafar mutaxassislarga sertifikatlar taqdim etildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев МДҲ Давлат раҳбарлари кенгашининг видеоанжуман шаклида ўтган юбилей мажлисида иштирок этди.
Делегациялар раҳбарлари ташкилот фаолиятининг 30 йиллик даврида кўп томонлама ҳамкорликнинг ривожланиши ва эришилган ютуқлар юзасидан фикр алмашдилар, уни янада кенгайтириш масалаларини кўриб чиқдилар.
Давлатимиз раҳбари ўз нутқида МДҲ доирасидаги шерикликни мустаҳкамлашнинг муҳим йўналишлари юзасидан нуқтаи-назарини баён қилди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял участие в юбилейном заседании Совета глав государств-участников СНГ в формате видеоконференции.
Главы делегаций обменялись мнениями о развитии и достижениях многостороннего сотрудничества за 30 лет деятельности организации, рассмотрели вопросы дальнейшего расширения взаимодействия.
В своем выступлении глава нашего государства представил видение ключевых направлений укрепления партнерства в рамках СНГ.

#Mirziyoyev #sammit #MDH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #komplaens_xizmati

"HALOLLIK VAKSINASI" ZARUR!

Batafsil Namangan haqiqati gazetasining 16-oktabrdagi sonida

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #xatlov

Aholi xonadonlarini egalik huquqini tiklab berish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Asaka hamda Shahrixon tumanidagi 150 ta MFYlarda joylashgan 112 mingdan ziyod turar-joylarga egalik huquqini tiklashda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Batafsil: 📹

Telegram Instagram YouTube Facebook
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #nazorat_boshqarmasi

⁉️ Kadastr xodimining texnik xatosi tufayli fuqaro qayta to'lov qilishi kerakmi?

⁉️ Fuqaro o'zi yashab turgan yer atrofida bo'sh yer bo'lsa, u yer auksionga qo'yilmagan bo'lsa fuqaro uy-joy qurish maqsadida foydalanishi mumkinmi?

Shu kabi bir qancha savollarga Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Yer nazorati bo'limi boshlig'i O'tkir Safarov Mahalla gazetasiga bergan intervyusida to'liq bilib olishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #infografika #Geodeziya_nazorati

📌O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 977-son son qarori nizomi asosida Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi “Loyihalarni ekspertizadan o’tkazish” bo’limi xodimlari geodeziya va kartografiya ishlariga oid texnik loyihalarni ekspertizadan o’tkazib kelmoqda.

📝Ushbu qarorga muvofiq Kadastr agentligiga kelgan arizani yozma xabarnomasini olgan kundan boshlab o‘n ish kunida texnik loyihalarni ko‘rib chiqib, ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorlarni ariza muallifiga taqdim qiladi. Ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun olinadigan yig‘im infografika ko’rinishida

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #fuqaro_murojaati

Tadbirkorlarning murojaatlari o‘z vaqtida yechimini topmoqda.

🔰Oltinsoy tumani Jobu mahallasi hududidan “Xo‘jaipok” dam olish maskani masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Xo‘jaipok” dam olish maskani qurilishi uchun Oltinsoy tuman hokimining 2018 yil 10 fevral kunida Q-227 sonli qarori asosida 5.00 gektar yer maydoni ajratilgan.

⭕️Ushbu yer maydonida dam olish maskanining bino-inshootlari zamonaviy tipda qurilib 2020-yil 30-may kunidan boshlab fuqarolarga beminnat xizmat qilib ish faoliyatini boshladi.

♻️“Xo‘jaipok” dam olish maskani masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori I.Mordayev “Xo‘jaipok” dam olish maskani Kadastr hujjatlarini tayyorlab berish uchun Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Oltinsoy tuman filialiga murojaat qilgan.

🌀Ushbu murojaat bo‘yicha Kadastr mutaxassislari Kadastr hujjatini shakllantirish uchun o‘lchov ishlarini amalga oshirib qisqa muddat ichida Kadastr hujjati tayyorlanib egasiga topshirildi.
#халқ_билан_бирга #мурожаатлар

Кадастр агентлиги ҳудудий органлари томонидан ижобий ҳал қилинган мурожаатлар Тошкент вилояти туман ва шаҳарлари кесимида

▫️Ангрен шаҳрида 47 та
▫️Бекобод туманида 33 та
▫️Бекобод шаҳрида 22 та
▫️Бўка туманида 43 та
▫️Бўстонлиқ туманида 112 та
▫️Зангиота туманида 61 та
▫️Қибрай туманида 63 та
▫️Қуйичирчиқ туманида 59 та
▫️Нурафшон шаҳрида 15 та
▫️Оққўрғон туманида 12 та
▫️Олмалиқ шаҳрида 17 та
▫️Оҳангарон шаҳрида 17 та
▫️Оҳангарон туманида 46 та
▫️Паркент туманида 16 та
▫️Пискент туманида 25 та
▫️Тошкент туманида 66 та
▫️Ўртачирчиқ туманида 82 та
▫️Чиноз туманида 51 та
▫️Чирчиқ шаҳрида 29 та
▫️Юқоричирчиқ тумани 42 та
▫️Янгийўл туманида 104 та
▫️Янгийўл шаҳрида 16 та

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

♻️Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun avvalo sarmoya, bino va inshoot yoki uni qurish uchun yer maydoni kerak bo‘ladi. Bu yo‘nalishda istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishga masʼul banklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar anchagina soddalashtirildi.

Batafsil📹

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #Toshkent_shahar

“YERELEKTRON” AAT YANGILANDI

💻“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib-chiqish va kelishish tartib taomillarini amalga oshirish uchun qayta ishlab chiqilgan. Shu bois tizim ishlashida mutaxassislarda ayrim savollar tug‘ilmoqda. Ana shularga oydinlik kiritish hamda tizimdagi yangiliklardan foydalanishda kengroq tushunchalar berish maqsadida Kadastr agentligi tomonidan Respublika bo‘ylab o‘quv kurslari tashkil etildi.

🏢Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida shu mavzuda mutaxassislar uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.

🗂Tizimga kiritilgan yangilik bo‘yicha berilgan bilimlardan tashqari, yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar kerakli javoblarni berishdi.

🗓Jadval asosida tashkil etilayotgan o‘quv seminari bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatlarida o‘tkazilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook