Xushnudbek.uz
677K subscribers
11.4K photos
2.87K videos
253 files
9.49K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
加入频道
Hozircha 2:0 hisobida oldinda boryapmiz. Gollarni Abbosbek Fayzullayev hamda Igor Sergeyev urdi.


👉 @xushnudbek 👈
Ertaga Yalpi majlis. E’tirozlarga sabab bo’layotgan qonun ham ko’rib chiqiladimi?

Senatning qirq to‘qqizinchi yalpi majlisi ertaga, 19-yanvar kuni chaqiriladigan bo’libdi.

Yalpi majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi.

Senat matbuot xizmati xabarida ertaga senatorlar ko’rib chiqadigan qonunlar ro’yxatida Yo’l harakati xavfsizligiga oid muhokamalarga sabab bo’layotgan qonun nomi tilga olinmabdi. Demak, ushbu qonun Yalpi majlisda ko’rib chiqilmaydimi yoki shunchaki bu haqda jamoatchilikka aytmasdan, imi-jimida ko’rib chiqishmoqchimi?

Eslatib o’tamiz, katta va yaxshi qonunning orasiga ataylab organ xodimlarini foto yoki videoga olib internetga joylashtirishni taqiqlashga oid modda qo’shib ketilgani jamoatchilikning keskin e’tirozlariga sabab bo’lmoqda.

Kuni kecha Senatda o’tkazilgan yig’ilishda jurnalistlarning qonunga oid savollariga qoniqarli va asoslangan javob qatarilmadi. O’sha yig’ilishning ayrim joylarini KunUz reportajida ko’rishingiz mumkin (ayrim sabablarga ko’ra, men Zoom orqali qatnashgandim).


👉 @xushnudbek 👈
Birinchi g’alaba muborak!

🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindistonni 3:0 hisobida mag’lub etdi.

Guruhdagi oxirgi uchrashuvda 23-yanvar, seshanba kuni soat 16:30 da 🇦🇺Avstraliyaga qarshi maydonga tushamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 5 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdugʻani Abduvaliyev. Gʻaroyib haykal (hajviya)

Izoh
: Muallif otasining davrida oshigʻi olchi boʻlgan kimsaning oqibatini hajv tilida bayon qilgan. Atigi 5 daqiqa vaqtingiz ketadi, gap nimadaligini o’qib/tinglab bilib oling.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Abdugani-Abduvaliyev-Garoyib-haykal

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/mhSqZL8EqfM

💬 Muhokama bu yerda.

🎙
Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev 🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23-25-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq Pekin shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Xitoy hududlaridan biriga tashrif buyurib, ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.


👉 @xushnudbek 👈
Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova lavozimidan ozod etilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova lavozimidan ozod etilgan. 👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mahmudova Robaxon Anvarovna boshqa ishga o’tishi munosabati bilan Oliy sud raisining birinchi o’rinbosari lavozimidan ozod etilgan. Bu haqdagi Prezident taqdimnomasi senatorlar tomonidan ma’qullangan.

Aytishlaricha, Robaxon Mahmudova “Adolat” partiyasining raisi bo’lishi kutilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Ta’mirlash ishlari sababli 20-yanvardan 30-yanvarga qadar Toshkent kichik halqa avtomobil yo’lini Sergeli shoh ko'chasi bilan bog’lab turuvchi “Cho'ponota” aylanma ko’prigi qisman yopiladi.


👉 @xushnudbek 👈
PF-14 — 17.01.2024.pdf
9.3 MB
Prezident farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-maydan boshlab:

Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi;

moratoriy tatbiq etiladigan hududlar chegaralari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;

daryo o‘zanlari, sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag‘al materiallari qazib olish huquqi faqat “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilinadi.

Agar moratoriy davrida taqiqlangan zonalardan qum-shag‘al materiallari noqonuniy qazib olinsa, tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.


👉 @xushnudbek 👈
2024-yil 18-yanvar kuni O‘zbekiston va Uganda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.

Uganda Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqa oʻrnatgan 145-davlat boʻldi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudova lavozimidan ozod etilgan. 👉 @xushnudbek 👈
Robaxon Maxmudova “Adolat” sotsial demokratik partiyasi raisi etib saylandi

Sobiq rais Bahrom Abduhalimov o‘z arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈
Prezident farmoniga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Кўчманчи спорт... Ўзбекистон мустақилликка эришгандан буён энг кўп тузилмавий ўзгаришларни бошидан кечирган соҳа, менимча, бу сўзсиз — спорт соҳаси бўлса керак. Ҳали уёққа, ҳали буёққа, ҳали қўмита, ҳали вазирлик, ҳали қўшилган, ҳали ажралган, хуллас шу соҳанинг…
Ko‘chmanchi sport...

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon eng ko‘p tuzilmaviy o‘zgarishlarni boshidan kechirgan soha, menimcha, bu so‘zsiz — sport sohasi bo‘lsa kerak. Hali uyoqqa, hali buyoqqa, hali qo‘mita, hali vazirlik, hali qo‘shilgan, hali ajralgan, xullas shu sohaning tayini yo‘q.

Keling, sport sohasidagi davlat boshqaruvi tarixiga qaraymiz.
Mustaqillikning ilk yillarida tizim Fizkultura va sport davlat komiteti tomonidan boshqarilgan.

1️⃣ 1992-yil 14-yanvar. Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi deb qayta nomlandi (Asos)

2️⃣ 2004-yil 27-sentyabr. Madaniyat ishlari vazirligi hamda sport sohasi birlashtirilib, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil qilindi (Asos)

3️⃣ 2017-yil 15-fevral. Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkiga ajratilib, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil qilindi (Asos)

4️⃣ 2018-yil 5-mart. Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil qilindi (Asos)

5️⃣ 2021-yil 6-aprel. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi birlashtirilib, yangi Turizm va sport vazirligi tashkil etildi (Asos)

6️⃣ 2022-yil 18-fevral. Turizm va sport vazirligi yana ikkiga ajratilib, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi tashkil etildi (Asos)

7️⃣ 2022-yil 24-dekabr. Sportni rivojlantirish vazirligi negizida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etildi, Yoshlar ishlari agentligi esa vazirlik huzuriga o‘tkazildi (Asos)

8️⃣ 2024-yil 20-yanvar. Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi, Yoshlar ishlari agentligi esa Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi (Asos).

Ko‘rib turganingizdek, birgina so‘nggi 7 yilda sport boshqaruvi 6 marta (!) o‘zgardi. Qo‘mita bo‘ldi, vazirlik bo‘ldi, birlashtirildi, ajratildi, yana birlashtirildi, yana ajratildi…

Va balki bu hali oxirgisi ham emasdir, kim bilsin.


👉 @xushnudbek 👈
♟️Niderlandiyada bo’lib o’tayotgan “Tata Steel Chess-2024” nufuzli klassik shaxmat turnirida hamyurtimiz 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov ishtirok etyapti.

Nodirbek “Masters” guruhida 7-turdan keyin 4,5 ochko bilan peshqadam bo’lib turibdi. 🇳🇱Anish Giri hamda 🇮🇳Gukesh hisobida ham shuncha ochko bor, lekin qo’shimcha ko’rsatkichlar Nodirbekda yaxshiroq.

Kecha Nodirbek Abdusattorov mezbon va peshqadam Anish Giri ustidan juda chiroyli g’alabaga erishdi. Yodingizda bo’lsa, o’tgan yili xuddi shu turnirda uzoq muddat Nodirbek peshqadamlik qilib, lekin oxirgi turdagi mag’lubiyat sababli chempionlikni Anish Giri ilib ketgan edi. Kecha shuning alamini olgandek bo’ldi (lekin jurnalistning qasos olish haqidagi savoliga, bunaqa fikr xayolida bo’lmaganini aytdi).

Kechagi g’alabadan so’ng, Nodirbek onlayn jadvalda 2739 reyting ochkosi bilan dunyoda 15-o’ringa ko’tarilib oldi. Bu o’z tarixidagi hozircha eng yaxshi natija. Ishonamizki, hali yana ko’tarilishda davom etadi.

Nodirbek bugun 8-turda 🇷🇺Yan Nepomnyashiy bilan o’ynaydi. Hamyurtimizga chin dildan omad tilaymiz!

Turnirda 14 nafar shaxmatchi qatnashyapti va jami 13 turdan iborat. Ya’ni barcha shaxmatchilar bir-biri bilan o’ynab chiqadi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Lolazor” podkastining 9-sonini ertaga, dushanba kuni soat 10:00 dan boshlab ko’rishingiz mumkin bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 11 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Rey Bredberi. Ertaga qiyomat (hikoya)

Izoh
: hikoyada ertaga oxirzamon boʻlishidan xabar topgan er-xotinning kechinmalari, oʻlimoldi oʻy-tashvishlari tasvirlanadi. Atigi 11 daqiqa vaqtingiz ketadi, gap nimadaligini o’qib/tinglab bilib oling.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Rey-Bredberi-Ertaga-qiyomat

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/bb9UzbuzFsE

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈