Xushnudbek.uz
640K subscribers
11.4K photos
2.9K videos
253 files
9.52K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
加入频道
⚡️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlari boshqarmalari mansabdorlari (ikki nafar) o‘z vakolatlaridan foydalangan holda pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan - UzA.


👉 @xushnudbek 👈
Izboskan tumani hokimi o‘rinbosari qo‘lga olindi

U himoya hududidagi yer maydonini amaldagi tartibni buzgan holda sotib olib berish evaziga fuqarodan 5,3 mln so‘m olgan vaqtda ushlangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
‼️ "Tashabbusli budjet"da 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 ming 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar tahlili o‘tkazilib, 2024-yil uchun byudjet so‘rovida ularni taʼmirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro‘yxatga kiritish ko‘zda tutiladi.

Natijada, respublikamizdagi 164 ta maktab, 30 ta bog‘cha va 32 ta tibbiyot muassasalarida taʼmirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈
10-aprel, dushanba (19-kun)
Iftorlik vaqti: 18:59 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Barodan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam uxlamoqchi bo‘lsalar, qo‘llarini o‘ng yuzlarining ostiga qo‘yib: «Allohim! Bandalaringni qayta tiriltiradigan kuningda meni azobingdan saqla», der edilar».

📖 Sharh: Bu rivoyatda zikr qilingan duo uxlashdan oldin qilinadigan duolar ichida eng qisqalaridan biri hisoblanadi.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
❗️Prezident qarori: "Tashabbusli byudjet" uchun ovoz yig‘ishga majburlash majburiy mehnatga jalb qilish sifatida baholanadi

Bugun Shavkat Mirziyoyev "Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni (PQ-117, 10.04.2023 y.) imzoladi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qarorga ko‘ra, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari doirasida byudjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunda, majburiy ovoz yig‘ishga majburlash tegishli tashkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

Shuningdek, tashabbusli byudjet jarayonida ovoz to‘plash va g‘oliblarni aniqlash mexanizmini tanqidiy ko‘rib chiqish, jumladan keng jamoatchilik bilan muhokama qilgan holda takliflar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
❗️Prezident qarori: "Tashabbusli byudjet" uchun ovoz yig‘ishga majburlash majburiy mehnatga jalb qilish sifatida baholanadi Bugun Shavkat Mirziyoyev "Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash…
"Tashabbusli byudjet"da yutgan loyihalar ijrosi qachon bajariladi?

Prezident qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan 2 ming 975 ta loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini qatʼiy nazoratga olinadi. Bunda:

jihozlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish so‘nggi muddati etib joriy yilning iyul oyi;

qurilish va taʼmirlash ishlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish so‘nggi muddati etib avgust oyi belgilanadi.

Manba: O‘zA.


👉 @xushnudbek 👈
11-aprel, seshanba (20-kun)
Saharlik vaqti: 04:28
Iftorlik vaqti: 19:00 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Hazmdan rivoyat qilinadi:

«Muoviya ibn Qurraning shunday deganini eshitdim:
«Mening Iyosim tug‘ilganda, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir qanchalarini chaqirib, ziyofat qildim. Ular duo qilishdi.
Shunda men: «Sizlar duo qildingiz. Alloh sizlar qilgan duolaringizning barakasini bersin. Endi men duo qilaman, sizlar «Omin», deb turinglar», deb uning haqqiga ko‘p duo qildim, dinini so‘radim, aqlini so‘radim.
Hozir mana shu o‘g‘limda o‘sha kungi duoning asarini ko‘rib turibman».

📖 Sharh: Ushbu hadisdan chaqaloq tug‘ilishi munosabati bilan ziyofat qilish va unga kelganlardan chaqaloqning haqqiga duo olish sahobalardan sobit bo‘lgan sunnat ekanligini bilib olamiz.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
JANNAT DARVOZASI
MUFTIY NURIDDIN DOMLA
JANNAT SIZGA MUBORAK!

9-qism.
Jannat darvozasi

Muallif: muftiy Nuriddin domla hazratlari

Manba


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Futbol va mini-futbol bo‘yicha anʼanaviy DXX kubogi boshlanmoqda

Turnirning yangiligi bu yil mini-futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida ham musobaqalar o‘tkaziladi.

1-bosqich. Tuman saralash musobaqalari joriy yilning aprel-may oylarida;
2-bosqich. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari iyun-iyul oylarida;
3-bosqich. Respublika bo‘yicha final musobaqalari avgust oyida o‘tkaziladi.

16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan futbolga ishtiyoqmand yoshlar musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Nozim Xusanov O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
410 mln so’mlik jarima. Savollar ko’p

Namangan viloyati IIB qiziq video chiqaribdi. Unda aytilishicha, bir “shovvoz” mashinasining raqamini soxta yasab olibdi. Va u shu paytgacha tezlikni oshirgani uchun 152 marta radarga tushgan, jami qarzdorligi 410 million so’m ekan.

Bunaqalar “yo’l terroristlari” deyiladi, shunaqa kaltafahmlarning dastidan har yili minglab insonlar halok bo’lmoqda, qancha oila ota-ona yoki farzand dog’ida kuymoqda.

Lekin bunaqalar baribir yo’qolib ketmaydi. Yana yangilari chiqaveradi. Chunki tizim shunga yo’l qo’yib beradi.

Mana, masalan, shu videoda aytilishicha, 01 T 234 ZA soxta raqamiga 152 ta qoidabuzarlik qayd etilgan bo’lsa-da, lekin bu raqam bazada bo’lmagani uchun jarima qo’llash haqida qaror chiqarishning imkoniyati bo’lmabdi emish.

Nima??? Tushunmadim, shu paytgacha 152 marta soxta raqam radarlarga tushgan bo’lsa, lekin u bazada bo’lmasa, nega uni tezda tekshirmadinglar? Nega ko’chalarda soxta raqamli bitta mashina tezlikni 152 marta oshirgani qayd etilgan bo’lsa-da, uni bartaraf etish chorasini ko’rmadinglar. Nega qidiruvga berilmadi? Nega yo’llar to’silmadi?

Bu nima ahmoqgarchilik? Bu qanaqa xavfsizlik? Shumi sizlarning aqlli va zamonaviy tiziminglar? Shumi sizlarning “xavfsiz shahar” konsepsiyanglar?

Raqam bazada yo’qligi uchun jarima yozolmayapmiz, deb ikki qo’linglarni burninglarga tiqib yuraverasizlarmi shunaqa?

Ertaga birorta haqiqiy terrorist mashinasiga soxta raqam taqib, aholi uchun shuncha katta real xavf tug’dirsa ham birorta organ buni aniqlolmasdan yuraverasizlarmi shunaqa?

Bilmadim, nima deyishga ham hayronman. Bunaqa buzuq tizim mavjud ekan, yo’llarimiz tartibga kelishini kutish noto’g’ri.


👉 @xushnudbek 👈
11-aprel, seshanba (20-kun)
Iftorlik vaqti: 19:00 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Muso Ash’ariydan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim nard o‘ynasa, batahqiq, Allohga va Uning Rasuliga osiy bo‘libdi», dedilar».

📖 Sharh: Albatta, narddan boshqa qimor turlarini o‘ynaganlar ham Alloh taologa va Uning Rasuliga osiy bo‘lishlari turgan gap. Alloh taologa va Uning Rasuliga osiy bo‘lish esa katta badbaxtlikdir. Shuning uchun bu kabi narsalardan tamoman chetda bo‘lish kerak.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
12-aprel, chorshanba (21-kun)
Saharlik vaqti: 04:27
Iftorlik vaqti: 19:01 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Habib ibn Abu Sobitdan rivoyat qilinadi:

«Bir odam gapirganda, bir kishiga qarab olmasdan, hammaga qarab gapirishini yaxshi ko‘rishar edi».

📖 Sharh: Sahobai kiromning odati shunday ekanki, ko‘pchilikning ichida gapirgan kishi bir kishiga qarab olib gapirmas, balki hammaga bir xil qarab gapirar ekan. Sahobalar ana shuni xush ko‘rar ekanlar.
Islomda ko‘pchilik oldida nutq so‘zlashning odoblari ana shuni taqozo qilar ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
🚑 “103”ga 3 oy ichida 893 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushgan

📊 Eng koʻp yolgʻon chaqiriq Toshkent viloyatida qayd etilgan – 189 ta.

📞 Keyingi oʻrindan 154 ta chaqiriq bilan Fargʻona viloyati joy olgan.

Shuningdek:
Qashqadaryo
viloyatidan 114 ta;
Toshkent shahridan 96 ta;
Navoiy viloyatidan 84 ta ana shunday murojaatlar boʻlgan.

Eng kam yolg‘on chaqiriq esa o‘tgan uch oyda Samarqand viloyatida ro‘yxatga olindi — 2 ta.

“Bu jarayonda hatto soniyalar hisobli. Afsuski, bunday vaziyatlar “Tez yordam” faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, shifokorlarning belgilangan manzilga oʻz vaqtida yetib borishiga toʻsqinlik qiladi”, – deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.


👉
@xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
🚑 “103”ga 3 oy ichida 893 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushgan 📊 Eng koʻp yolgʻon chaqiriq Toshkent viloyatida qayd etilgan – 189 ta. 📞 Keyingi oʻrindan 154 ta chaqiriq bilan Fargʻona viloyati joy olgan. Shuningdek: Qashqadaryo viloyatidan 114 ta; Toshkent…
Statistika eʼlon qilingani yaxshiyu, lekin endi bundan keyin masʼul rahbarlar o‘z hududi statistikasi yomon chiqmasligi uchun yolg‘on chaqiruvlarni ham "qon bosimi ko‘tarilib ketibdi" deb ro‘yxatga olib qo‘yaveradi.

Qarab turing, tez orada yolg‘on chaqiruvlar keskin kamaygani haqidagi xabarlarni o‘qib qolsak ham ajab emas. Statistikani chiroyli qilib bejash bo‘yicha ancha-muncha tajribaga egamiz.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yana bitta soxta raqamli mashina. Bunisi ham Namanganda. Bunisi ham soxta Toshkent raqamini taqib yurgan. Bunisi ham qonunlarni hurmat qilmaydigan tezliksevar.

Soxta raqamni Moskvada 30 dollarga yasattirgan emish. Namanganda soxta raqamda yurish “moda”ga aylangan shekilli.

Lavhada aytilishicha, mashina egasiga jinoyat ishi qo’zg’atilgan. Bilishimcha, soxta raqam bilan yurganlik faqat ma’muriy javobgarlikka sabab bo’ladi, Jinoyat kodeksida unaqa modda yo’q. Ammo videoda “avtomashina hujjatlarini qalbakilashtirganlik uchun” deyilgan. Demak, bu yigit nafaqat soxta raqam bilan, balki soxta hujjat bilan ham yurgan bo’lishi mumkin. Bu esa JK 228-moddasiga (hujjat qalbakilashtirish) tushadi.


👉 @xushnudbek 👈
12-aprel, chorshanba (21-kun)
Iftorlik vaqti: 19:01 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Ortiqcha gapda yaxshilik yo‘qdir».

📖 Sharh: Behuda gapni gapirishdan ham, eshitishdan ham hech qanday foyda, savob hosil bo‘lmaydi.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g‘an Shavkat Mirziyoyevga sovg‘a qilgan "Togg" brendi ostidagi elektromobil Toshkentga yetib keldi.

Davlatimiz rahbari mashina ruliga o‘tirib, uni haydab ko‘rdi.


👉 @xushnudbek 👈
13-aprel, payshanba (22-kun)
Saharlik vaqti: 04:25
Iftorlik vaqti: 19:02 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarning eng yomoni – ikkiyuzlamachisidir. Birovlarga bir yuzi bilan, boshqalarga bir yuzi bilan keladi», dedilar».

📖 Sharh: Ikki tomonga ham yoqishga harakat qiladi. Har tarafni ko‘rganda, yuzini o‘zgartiradi. Bir joyda gapirgan gapining teskarisini boshqa joyda bemalol gapirishi mumkin. Bir joyda maqtagan narsasini boshqa joyda yomonlashi mumkin. Maqsadi, faqat birovlarga yaxshi ko‘rinish bo‘ladi. Biroq bunday odam bandaning roziligini topaman deb, Alloh taoloning roziligidan yuz o‘girgan bo‘ladi.

"Odoblar xazinasi" kitobidan


👉 @xushnudbek 👈
Tashvishli raqamlar

So‘nggi yillarda voyaga yetmaganlar hamda xotin-qizlarning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar soni ortib bormoqda.

Xususan, 16 yoshga to‘lmagan bola bilan jinsiy aloqa qilishda aybli deb topilganlar soni:
2019-yilda 99 nafar;
2020-yilda 153 nafar;
2021-yilda 216 nafar;
2022-yilda 238 nafarni tashkil etgan.

14 yoshga to‘lmagan bola bilan zo‘rlik ishlatib, jinsiy aloqaga kirishish jinoyatini sodir etganlar soni esa:
2019-yilda 52 nafar;
2020-yilda 35 nafar;
2021-yilda 57 nafar;
2022-yilda 73 nafarni tashkil etgan.

❗️ Internetda bolalar pornografiyasini targ‘ib qiluvchi saytlar 2013-yildan 2017-yilga qadar 7 baravar oshgan.

Bunday noxush holatlar takrorlanishini oldini olish maqsadida aholi orasida profilaktik ishlarni kuchaytirish, huquqbuzarlik sodir etganlarni esa qilmishiga yarasha jazolash maqsadida xotin-qizlar va bolalarning huquqlari kafolatlarini kuchaytiruvchi yangi qonun imzolandi.


👉 @xushnudbek 👈
AQSH Moliya vazirligi bugun Rossiyaga aloqador bizneslar va insonlar uchun yangi sanksiyalar ro’yxatini e’lon qildi.

Bugungi ro’yxatda Alisher Usmonovning USM Holdings kompaniyasiga aloqador Akkermann Cement CA va u egalik qiladigan “Ohangaronsement” AJ, shuningdek Usmonovga aloqadorligi aytilgan “Windfel properties limited” kompaniyasi va uning O’zbekistondagi vakolatxonasiga nisbatan sanksiya joriy qildi.


👉 @xushnudbek 👈