Ta'lim nazorati
101K subscribers
4.08K photos
977 videos
449 files
6.07K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
加入频道
Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaat rad qilinganida yangidan toʻlov qilmasdan eski toʻlov invoysini yangi yaratilgan murojaatda foydalanish imkoniyati yaratildi.

Faqat invoys aktiv murojaatda, yaʼni murojaat holati yangi, jarayonda yoki qabul qilindi — boʻlsa invoysi raqamini oʻzgartirish yoki bu invoys raqamidan qayta foydalanish mumkin emas.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar ko‘rib chiqildi

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2024/2025-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

Bugundan boshlab talabalar OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.

Quyida kimlar o‘qishni qishda ko‘chirishi mumkinligi haqida ma‘lumot berilgan: 👉 https://yangx.top/uztdi/9198

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 25–26-yanvar kunlari o‘tkazilgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.

Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥳 3-4-5-6-7-8 sinf o'quvchilari uchun mukofot jamg’armasi 170 mln so’m bo’lgan IMAS xalqaro matematika olimpiadasi joriy yil 2-mart kuni o’tkaziladi.

🏆 Eng faol maktab jamoalariga umumiy qiymati 120 mln. so‘m bo‘lgan  “super” kitoblar jamlanmasi taqdim qilinadi.

💰 G‘oliblar va ularning Ustozlari 50 mln. so‘mlik esdalik sovg’alari bilan mukofotlanadi.

🏅 Mukofotlar haqida to’liq ma’lumot olish uchun:
👉 haqida

📹 Ro’yxatdan o’tish uchun videolar qo’llanmalar:
👉 video qo’llanmalar uchun 👈

Olimpiadada ishtirok etish uchun quyidagi ikki usuldan biri orqali roʼyxatdan o’ting:

🌐 Sayt orqali
👉 ro’yxatdan o’tish uchun

YOKI

🌐 Bot orqali
👉 @iqtidorlarBot

Telegram / Instagram / Facebook / You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir jamgʻarmasiga ariza bergan nomzodlar uchun soʻrovnomalar shakllandi

Nomzod pedagoglar pedagog.uzedu.uz platformasiga kirib shaxsiy kabinetidan soʻrovnomani yuklab olishi va oʻzining maʼlumotlari toʻgʻriligini tekshirib koʻrishlari mumkin.

Maʼlumotlarda noaniqliklar aniqlanganda viloyat ISHCHI GURUHIGA murojaat qilishlari kerak boʻladi.

Nomzod pedagoglar ushbu havola orqali 1-bosqich sinovi uchun tayyorlangan namunaviy test savollari bilan tanishishi mumkin.

Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozimligi haqida quyida ma'lumot berilgan: 👉 https://yangx.top/uztdi/9243

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
03-33-506-сон хат.pdf
520.7 KB
⚡️“Kasbiy rivojlantirish kuni va soati” va “Metodik mahorat kuni va soati” tadbirlarining o‘tkazilishi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganishini tashkil etish belgilandi

📃Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va  “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining tashkil etilish holatini oʻrganish boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi  vazirligining 2025-yil 19-fevraldagi 03-33-506-sonli xati e'lon qilindi.

Unga ko'ra, “Kasbiy rivojlantirish kuni” “Metodik mahorat kuni” “Kasbiy rivojlantirish soati” hamda “Metodik mahorat soati” tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash, ta’lim muassasalariga yaqindan metodik ko‘mak berish, mavjud holatni tanqidiy tahlil qilish hamda tizimli muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar berish uchun metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari metodistlari tomonidan “Kasbiy rivojlantirish kuni va soati” va “Metodik mahorat kuni va soati” tadbirlarining o‘tkazilishi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganishini tashkil etish belgilandi.

📕Bunda, 2025-yil 20-fevraldan boshlab: Metodistlar “Kasbiy rivojlantirish kuni va soati” va “Metodik mahorat kuniva soati” tadbirlari o‘tkaziladigan haftada tanlov asosida kamida 3 tadan ta’lim muassasalarida (2 ta maktab, 1 ta DMTT) joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazishi;

❗️Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari o‘rganishlarni tashkil etishda metodistlarga yaqindan ko‘maklashishi, qayd etilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etishga mas’ul ekanligi belgilandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2026-yilgi Vazir jamgʻarmasidan ustama oluvchi nomzodlar joriy yilgi malaka sinovlari ishtirokchilari orasidan tanlab olinadi

Vazir jamgʻarmasidan ustama berish tartibiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha tayyorlanayotgan Hukumatning yangi qaror loyihasiga binoan, endilikda barcha pedagoglar mazkur ustamani olishga daʼvogarlik qilishi mumkin.

❗️ Buning uchun talabgor pedagoglar malaka toifasi sinovlarida qatnashishi lozim.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlangan ushbu qaror loyihasiga koʻra, kelgusi yildan boshlab Vazir jamgʻarmasi uchun oʻtkaziladigan birinchi bosqich (test) sinovlari oʻtkazilmaydi.

Keyingi bosqichga nomzodlar sifatida malaka sinovlarining birinchi bosqich natijalariga koʻra umumiy ballning kamida 80 foizini qoʻlga kiritgan fan oʻqituvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari orasidan eng yuqori natijani koʻrsatgan uchta nomzod tanlab olinadi (hududlar kesimida fan yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlangan har bitta kvota uchun).

2026-yilgi Vazir jamgʻarmasidan ustama oluvchi nomzodlar joriy yilgi malaka sinovlari ishtirokchilari orasidan tanlab olinadi. Shunday ekan, bu yil oʻtkaziladigan malaka sinovlarida faol ishtirok eting.

👇Vazir jamgʻarmasi va Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 https://yangx.top/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://yangx.top/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://yangx.top/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamalarga talabgorlarni saralashning birinchi bosqich — test sinovlari jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan mazkur jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini toʻgʻridan-toʻgʻri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

Jarayonlarni quyidagi havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin:

➡️ https://cams.uzedu.uz/

👇Vazir jamgʻarmasi va Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 https://yangx.top/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://yangx.top/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://yangx.top/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamalarga talabgorlarni saralashning birinchi bosqich — test sinovlari natijalarini pedagoglar oʻz shaxsiy kabinetlaridan kirib bilib olishlari mumkin

Pedagoglar test sinovlarida berilgan javoblarini va toʻplagan ballarini tekshirib koʻrishlari uchun ballar koʻrsatilgan joydagi “Batafsil koʻrish” tugmachasini bosishlari kerak boʻladi.

👇Vazir jamgʻarmasi va Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 https://yangx.top/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://yangx.top/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://yangx.top/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!

🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2025-yil 16-aprel kuni “Ta’lim muhitining transformatsiyasi: zamonaviy o‘qitishda raqamli texnologiyalarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabul qilish boshlandi.

🔹 Maqola va tezislar elektron shaklda 2025-yil 10-aprelga qadar raqamlitalim.trm.uz/conference veb-manzili orqali qabul qilinadi.

🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida.

Konferensiya to'plamida maqolalarni chop etish bepul!

— — — — — —

🔹 Вниманию профессорско-преподавательского коллектива, методистов, преподавателей-практиков, докторантов, независимых исследователей, магистрантов, студентов и сотрудников всех учреждений системы образования!

🔹 Республиканским научно-методическим центром развития образования начался прием статей в связи с проведением 16 апреля 2025 года международной научно-практической конференции «Трансформация образовательной среды: роль цифровых технологий в современном обучении».

🔹 Статьи и тезисы принимаются в электронном виде до 10 апреля 2025 года через веб-сайт raqamlitalim.trm.uz/conference.

🔹 Подробная информация в информационном письме.

Публикация статей в сборнике конференции бесплатна!

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish yakunlanishiga 3 kun qoldi ( murojaat yuborish 1-martga qadar davom etadi)

Murojaatlarni:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz (pedkadr.uzedu.uz) - platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi)

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali

davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.

📍Har bir viloyat markazida, yaʼni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalarida murojaatlarni oʻrganish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda.

Navbatdagi-majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻrganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa toʻlov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻrganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada koʻrinmaydi va oʻrganib chiqilmaydi.

❗️Murojaatning oʻrganish natijalari bilan pedagoglar oʻzlarining SHAXSIY KABINETlari orqali tanishib chiqishlari mumkin.

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 https://yangx.top/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://yangx.top/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://yangx.top/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazir jamgʻarmasidan ustama olishning yangi tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.

Qarorda pedagoglarimizga bir nechta xushxabar bor.

Vazir jamgʻarmasi:

endilikda vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlar roʻyxati avvalgidek hududiy kengashlar tavsiyasi asosida shakllantirilmaydi. Sinovlarda barcha fan oʻqituvchilari ishtirok etishi mumkin. Avval MTT tarbiyachilari ustama olishga daʼvogarlik qila olmasdi, endi ular ham sinovlarda ishtirok etib ustama olishi mumkin.

Malaka toifa sinovlari:

pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanishining tartibi tasdiqlandi. Unga koʻra malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib (ikkala bosqichda), oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball toʻplagan pedagoglarga beriladi.

Yana bir yangilik! Endi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) boʻyicha malaka sinovidan ozod qilinadi.

👇Vazir jamgʻarmasi va Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 https://yangx.top/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://yangx.top/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://yangx.top/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endi taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi belgilandi. Mazkur hujjatga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
Matematika fanidan – yozma;
Oʻzbekiston tarixi fanidan – yozma/ogʻzaki;
Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda oʻtkaziladi.

11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
Matematika (Asosiy) / Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
Tarix fanidan – yozma;

Oʻquvchining tanlovi boʻyicha:

Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz tilida taʼlim boʻlgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
Chet tili fanidan yozma/ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IMAS OLIMPIADASI uchun roʻyxatdan oʻtish tugashiga 1️⃣ kun qoldi!

❗️Shoshiling. Hoziroq ro'yxatdan o'ting. So'nggi kunni kutmang.

🏆
Mukofotlar haqida to’liq ma’lumot olish uchun:
👉 haqida

📹
Ro’yxatdan o’tish uchun videolar qo’llanmalar:
👉 video qo’llanmalar uchun 👈

Olimpiadada ishtirok etish uchun quyidagi ikki usuldan biri orqali roʼyxatdan o’ting:

🖥️ Sayt orqali
👉 ro’yxatdan o’tish uchun

YOKI

📥 Bot orqali

👉 @iqtidorlarBot

Telegram / Instagram / Facebook / You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tili (turk tili)ni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 2-mart kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 3-14-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-02-27

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborishning oxirgi kuni!

Murojaatlarni:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz (pedkadr.uzedu.uz) - platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi)

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali

davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.

📍Har bir viloyat markazida, yaʼni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalarida murojaatlarni oʻrganish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda.

Navbatdagi-majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻrganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa toʻlov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻrganib chiqiladi.

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada koʻrinmaydi va oʻrganib chiqilmaydi.

❗️Murojaatning oʻrganish natijalari bilan pedagoglar oʻzlarining SHAXSIY KABINETlari orqali tanishib chiqishlari mumkin.

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 https://yangx.top/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://yangx.top/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://yangx.top/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi pensiya yoshidagi oʻqituvchilar ham majburiy attestatsiyaga jalb etiladi

1-sentyabrgacha olingan toifalar umrbod amal qiladi. Ushbu sanadan keyin olingan toifa sertifikatlari har 5-yilda yangilanishi kerak.

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Rajabov ma'lum qildi.

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin: