Ta'lim nazorati
101K subscribers
4.08K photos
977 videos
449 files
6.07K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
加入频道
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon

⚡️Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari 1-avgustdan
boshlandi!

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish bugundan boshlandi

Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʻlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.

❗️Murojaatlar:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.


✔️ Quyidagi telegram botlar yordamida attestatsiyaga bepul tayyorlanishingiz mumkin:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Maktablardagi B2 sertifikatiga ega boʻlmagan oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev tomonidan imzolangan xatga ko‘ra faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi 2025/2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirilmoqda (mazkur masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining roziligi olingan).

Mazkur holatni inobatga olib, 2024/2025-o‘quv yili oldidan B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan maktablarda amalda ishlab turgan xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilmaslik so‘ralgan.

Shu bilan birga, tegishli darajaga ega bo‘lmagan, hozirda faoliyat olib borayotgan xorijiy til o‘qituvchilari tomonidan belgilangan sertifikatlar 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar olinishi hududiy boshqarmalar tomonidan nazoratga olinishi talab etilgan.

2021-yilda tasdiqlangan qaror bilan solishtirganda qaysi sertifikatlar va nima uchun roʻyxatdan chiqarib yuborilgani haqida quyida ma’lumot bergan edik: 👉 https://yangx.top/uztdi/8474

⛔️ Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor

2024/2025-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.

Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh
: 👉 https://talimxabarlari.uz/6453/

Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

❗️Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovi natijalarini talabgorlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti bo‘lajak talabalarni rag‘batlantirish maqsadida 1,5 milliard so‘mlik grant va 8,4 million so’mlik stipendiya joriy etdi.

Siz universitetda:

🔹Universitet tomonidan ajratilgan 1,5 milliard so’mlik grant o’rniga ega bo’lishingiz mumkin

🔹 Universitetning faol talabalari safida bo’lsangiz 8 million 400 ming so’mgacha stipendiya olishingiz mumkin.

2024-2025-o‘quv yili uchun qabul quyidagi yo’nalishlarda davom etmoqda:

• 24 ta bakalavriat yo‘nalishi;
• 4 ta magistratura mutaxassisligi.

Iqtisodiyot va pedagogika universitetida Boshlang‘ich ta’limdan tortib, Iqtisodiyot yo’nalishigacha mavjud!

Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

Hujjat topshirish: https://bit.ly/IPU_qabul

Litsenziya (№194419; 16.08.2022)

Aloqa markazi: (78)113-19-19
Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimova k, 13-uy
❗️Ta'lim shaklini tanlashda e’tibor bering: Taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi

Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 10-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari, ta’lim yo‘nalishlarini va ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

Shu o‘rinda bir muhim faktni unutmaslik lozim Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) asosan endi taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi.

Xuddi shunday xotin-qizlarga ajratiladigan imtiyozli foizsiz taʼlim krediti ham endi faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydiganlarga ajratiladi.

Sirtqi, kechki yoki masofaviy ta‘lim shaklini tanlagan talabalarga taʼlim krediti ajratilmaydi.

✔️ Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi OTMlar sirtqi ta‘lim shaklida o‘qiydiganlarga ham kontraktni 4 yoki 5 ga bo‘lib to‘lash imkoniyati bermoqda:

◽️ "University of Business and Science"

🔹
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

🤗 Osiyo Xalqaro Universiteti

👍 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti

🔸Qarshi xalqaro universiteti

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlarga 500 ta kvota.pdf
158.8 KB
⚡️ Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun qabul kvotalari (to‘lov-kontrakt asosida) TAQSIMOTI

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar
uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

Jami: 500 ta qo‘shimcha kvota (to‘lov-kontrakt asosida).

❗️ Diqqat! Ushbu kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra umumiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarga birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, nogiron, yetim, ijtimoiy himoya reyestridagi talabalar 20-avgustdan boshlab yotoqxonaga joylashtiriladi

🔰 Bu haqida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida 2-avgust kuni Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi boʻyicha yigʻilishda ko‘rsatma berilgan.

Shuningdek, 15-avgustdan boshlab, har bir oliygohda Talabalar turar joylariga va ijara xonadonlariga koʻmaklashish markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish lozimligi ta’kidlangan.

Talabalar turar joylariga arizalarni ko‘rib chiqishda ustuvorlik beriladigan talabalar bo‘yicha batafsil ma’lumot: 👉 https://talimxabarlari.uz/6392/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2 kundan keyin o'qishni ko'chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlanadi

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, 15-iyul kuni OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlangan edi.

🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

🎓 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga kochirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

👰‍♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑‍✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

Ushbu imtihonda talabalar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan ballarni to‘play olsa o‘qishini ko‘chira oladi: https://yangx.top/uztdi/8636

O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

@mandat_javobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari boshqa ma‘lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ta’lim xabarlari
Kontraktda o‘qiydigan talaba grantga o‘tishi mumkin (mi?)

👉Videoda javob olishingiz mumkin.

Grant yoki ta’lim yo‘nalishi ustuvorligi? Qaysi birini tanlash kerak?

👉Videoda javob olishingiz mumkin.

Minimal ball o‘zgardimi?

👉Videoda javob olishingiz mumkin.

Endi yangiliklarni video shaklda Instagram sahifamizda kuzatib borishingiz mumkin.

Faol obunachilarimizdan layk va izohlar kutib qolamiz.

🔹 Instagramga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi

Abituriyentlar 10-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasalari yo‘nalishlarini tanlashlari talab etiladi. Yo‘nalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.

Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha OTM, ta’lim yo‘nalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashlari lozim.

Bunda abituriyentlar quyidagilarga e’tiborli bo‘lishlari tavsiya etiladi:

Agar abituriyent ustuvorlik sifatida “Davlat granti”ni tanlasa, u dastlab davlat granti uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Abituriyent davlat grantiga talabalikka tavsiya etilmagan taqdirda, yuqoridagi tartib bo‘yicha to‘lov-kontrakt uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnashadi. Ya’ni, abituriyentning bali avval davlat granti bo‘yicha ko‘rib chiqiladi, hech biriga tavsiya etilmagan taqdirda, to‘lov-kontrakt bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

Agar abituriyent “Ta’lim yo‘nalishi”ni ustuvorlik sifatida tanlasa, ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi asosida to‘plagan bali bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

🌟 Shuningdek, abituriyentlar agar maqsadli qabul mavjud bo‘lsa, unga rozi yoki yo‘qligi hamda ta’lim shakllarini tanlashlari lozim. Bunda kamida 1 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash majburiy, qolgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlash esa ixtiyoriydir.

10-avgustga qadar abituriyentlar tanlovlarini tahrir qilish imkoniyatiga ega.

📹 Videoyo‘riqnoma

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining o‘tgan yillardagi oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talimxabarlari.uz saytida hafta davomida eʼlon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti

🔹 2024-2025-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

🔹 Xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

🔹 Pedagogik staj talab etiladigan sirtqi ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlandi

🔹 Tibbiyot OTMlarida klinik ordinaturaga qabul 20-avgustgacha davom etadi. Jarayon haqida nimalarni bilishimiz kerak?

🔹 Qaysi OTMlar kontraktini o‘zi belgilashi mumkin? To‘liq ro‘yxat

🔹 Kimlar beshtagacha yo‘nalish tanlay olmaydi?

🔹 Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari tanlanganda davlat granti ustuvorligi qanday bo‘ladi?

🔹 Oʻzbek olimasi AQShda oltin medal sohibasi boʻldi

🔹 Minimal o‘tish balli nimani belgilaydi?

🔹 Barcha davlat OTMlarda jamoaviy sport turlari bo‘yicha klublar tashkil etiladi

🔹 B2 Sertifikatiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi

🔹 Attestatsiya uchun ro’yxatdan o’tishda noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, pedagogga qanday chora ko’riladi?

🔹 Toshkentda talabalarni turar joy bilan ta’minlash markazlari tashkil etiladi

🔹 O‘z natijalaridan norozi bo’lgan abituriyentlarning apellatsiya berish tartibi qanday?

🔹 Eng namunali “Talabalarni turar joy bilan ta’minlash” markazlari 30 mln so‘mgacha rag‘batlantiriladi

🔹 Yoʻnalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi

🔹 Vazirlik: Har bir maktab oʻz ichki Nizomiga asosan forma joriy etishi mumkin!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun o'qishni ko'chirish bo‘yicha ariza yuborishning so‘nggi kuni

Joriy yilning 15-iyul kuni OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari
boshlangan edi.

🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar bugun 5-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

🎓 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga kochirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

👰‍♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑‍✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

Ushbu imtihonda talabalar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan ballarni to‘play olsa o‘qishini ko‘chira oladi: https://yangx.top/uztdi/8636

O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

❗️Agar talabgorning arizasi hududiy ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqib rad etilsa, kamchiliklarni bartaraf qilib qayta ariza yuborish uchun qo‘shimcha muddat beriladi.

@mandat_javobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari boshqa ma‘lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍 "UBS yaqin yillar ichida TOP-1000 universitetlar qatoridan o‘rin oladi!" — hamkorlik memorandumi

"Yosh ziyokor" uyushmasi raisi, ta’lim fidoyisi Rasul Kusherbayev Namangan shahridagi "University of Business and Science" faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida Rasul Kusherbayevga universitetda ta’lim sifatini yanada oshirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

🤝 Uchrashuv yakunida "Yosh ziyokor" uyushmasi va universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik tafsilotlari bilan video orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

👉 DTM ball bilan UBS talabasi bo‘ling
👉 UBSda bakalavriat yo‘nalishlari
👉
Magistratura mutaxassisliklari
👉 "Family" dasturi — kontraktdan 10% chegirma

🌐 qabul.ubsu.uz

☎️ +998781132626, +998907894242

Kunduzgi ta’lim kontrakti — 15 640 000 so‘m
Sirtqi ta’lim kontrakti — 9 860 000 so‘m


📄 Litsenziya (№ 247428, 05.10.2022-y.)

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar uchun davlat granti - 2024_.pdf
177 KB
Xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha kvota va sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari
#abituriyent #kvota

Ehtiyojmand oilalardagi xotin
-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti hududlar va sohalar kesimida tasdiqlandi.

Jami: 2 000 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

🔹 Aniq va tabiiy fanlar – 453;
🔹 Texnika fanlari – 253;
🔹 Tibbiyot fanlari – 301;
🔹 Boshqa yo‘nalishlar – 993.

Hududlar bo‘yicha:

🔸 Qoraqalpog‘iston
Respublikasi – 111;
🔸 Andijon viloyati – 183;
🔸 Buxoro viloyati – 112;
🔸 Jizzax viloyati – 81;
🔸 Qashqadaryo viloyati – 193;
🔸 Navoiy viloyati – 60;
🔸 Namangan viloyati – 165;
🔸 Samarqand viloyati – 227;
🔸 Surxondaryo viloyati – 155;
🔸 Sirdaryo viloyati – 50;
🔸 Toshkent viloyati – 177;
🔸 Farg‘ona viloyati – 221;
🔸 Xorazm viloyati – 110;
🔸 Toshkent shahri – 155.

❗️ Diqqat!
Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.

📝 Mazkur tavsiyanomaga ega xotin-qizlar doimiy yashash hududi bo‘yicha sohalar kesimida ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi.

✍️ Yuqoridagi pdf faylda qo‘shimcha kvotaning taqsimoti bilan birga sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ham keltirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Besh yil stajga ega xotin-qizlar (yo‘nalishlar) - 2024_.pdf
167.9 KB
Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo‘nalishlarining moslik jadvali
#abituriyent #kvota

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Vazirlar Mahkamasining 322-son qaroriga muvofiq Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 3 yil muddatga amal qiluvchi tavsiyanoma beriladi.

Unda tavsiyanoma qaysi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun amal qilishi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

❗️ Agar abituriyent tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi tavsiyanomadagi ta’lim yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lmasa, abituriyent alohida kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Shu sababli kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomaga ega abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda juda ham e’tiborli bo‘lishlari lozim.

Ma’lumki, joriy yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

Lekin kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanomalar oldingi klassifikatordagi ta’lim yo‘nalishlari asosida berilgan.

Yuqoridagi pdf faylda xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalardagi ta’lim yo‘nalishlarining amaldagi ta’lim yo‘nalishlariga moslik jadvali keltirilgan (jadval Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan).

‼️ Hurmatli abituriyentlar! Agar sizda kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma mavjud bo‘lsa, ushbu jadval bilan tanishgan holda tavsiyanomaga mos ta’lim yo‘nalishini tanlashingiz lozim.

PS. Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti bilan bu yerda tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
❗️Vaqtincha ishsiz pedagoglar attestatsiyada ishtirok eta olmaydi

Ayrim pedagoglar telegram botimiz(@uztdibot)ga “Yangi tartib boʻyicha ishsiz pedagoglar ham oʻz ixtiyori bilan attestatsiyada ishtirok etishi mumkinmi?” degan savol bilan murojaat qilishgan.

Javob: Yoʻq ishtirok eta olmaydilar. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomning 1-bandi koʻra “Ushbu nizom davlat maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi”.

Yaʼni malaka toifasi olish uchun oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun pedagog albatta, taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak.

Joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar roʻyxatdan oʻtiladi. Muddat yakunlangunga qadar ishga kirib attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza berish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM