Ta'lim nazorati
101K subscribers
4.08K photos
977 videos
449 files
6.07K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
加入频道
Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 mlrd so‘mgacha grant e’lon qiladi

Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotida GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etiladi.

Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari har yili o‘zlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda oliy ta’lim tashkiloti grantini taqdim etadi.

Bunda oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA ko‘rsatkichi:

3.3- 3,39 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 20 foizi;
3.4- 3,49 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi;
3.5- 3,59 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 40 foizi;
3.6- 3,69 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi;
3.7- 3,79 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 60 foizi;
3.8- 3,89 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 70 foizi;
3.9- 3,99 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Natijalar har yili 5-sentyabrga qadar e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: bunday qo‘shimcha grant beriladigan toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Grantlarni qayta taqsimlash tartibi.pdf
799.1 KB
Grantlarni qayta taqsimlash tartibi haqida ayrim tushuntirishlar

Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nechanchi kurslarga taalluqli?

JAVOB: ushbu tartibni qo’llash 2024/2025-o’quv yilida talaba bo’lganlardan boshlanadi. Boshqacha aytganda, hozirgi 1-kurslarga taalluqli. Ya’ni hozirgi 1-kurslar uchun yoz oyida grant o’rinlari qayta taqsimlanadi.

Hozirda ikkinchi va undan yuqori kursda o’qiyotgan talabalarda hech narsa o’zgarmaydi. Ya’ni hozir 2-kursda grantda o’qiyotgan talaba toki tugatgungacha grantda qoladi, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar.

Magistrlarga taalluqlimi?

JAVOB: ha, ushbu tartib magistrlarga ham taalluqli. Ya’ni 1-kursda o’qiyotgan magistrlarning grantlari yozda qayta taqsimlanadi.

Bunda, quyidagilarni inobatga olish zarur:

1) o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, magistraturada tahsil olayotgan qizlar uchun davlat byudjetidan kontraktlarini to’lab berish davom etadi;

2) to’liq davlat grantidan iborat mutaxassisliklar uchun ushbu tartib qo’llanmaydi, chunki bundan ma’no yo’q;

3) o’qish muddati 1 yilni tashkil qiluvchi mutaxassisliklarda ham ushbu tartib qo’llanmaydi, bu ham mantiqan tushunarli.

Imtiyoz bilan grantga kirganlarga ham amal qiladimi?

JAVOB: imtiyoz asosida davlat grantiga kirgan talabalarga ushbu tartib qo’llanmaydi, ya’ni ularga grant 4 yil muddatga beriladi. Bunda o’zlashtirish ko’rsatkichi ahamiyatga ega emas. Imtiyoz deganda, masalan, xalqaro olimpiada g’oliblari, turli davlat mukofoti sohiblari, organ xodimlarining farzandlari, nogironligi bor abituriyentlar, tavsiyanoma olgan xotin-qizlar va boshqalar nazarda tutilmoqda.

Maqsadli qabul bilan kirganlarga-chi?

JAVOB: maqsadli qabulga kirganlar uchun ham, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, davlat granti 4 yilga beriladi. Yangi tartib ularga qo’llanmaydi.

Bir marta davlat grantidan mahrum bo’lgan talaba keyingi o’quv yilida yana grantga talabgor bo’la oladimi?

JAVOB: Ha, talabgor bo’la oladi. Grant o’rinlari uchun tanlov har yili iyul-avgust oylarida yangidan o’tkaziladi. Bunda o’tgan yilgi tanlov natijalari hisobga olinmaydi. Barchasi yangidan boshlanadi. Joriy o’quv yili davomida GPA ko’rsatkichi 3,5 dan baland bo’lgan barcha talabalar grantga da’vo qila oladi.

Boshqacha aytganda, bir marta grantdan mahrum bo’lgan talaba kelasi yili yaxshi o’qisa, yana grant olishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol: 2025-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasining test sinovlari boʻlib oʻtadigan kunlar qachon eʼlon qilinadi?

Javob: Nizomning 31-bandi (yangi tahrirda) Pedagoglardan hujjatlarni qabul qilish har yili 1-mart va 1-oktyabr sanalarida toʻxtatiladi.

Vakolatli vazirliklar tomonidan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda pedagogik mahoratini baholash, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlarini oʻtkazish shakli hamda jadvali har yili malaka sinovlari boshlanishidan 10 kun avval tasdiqlanib, ularning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi, tegishli vazirliklar va idoralarga hamda vakolatli vazirlikning rasmiy veb-saytidagi pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Yangi tartibga koʻra, toifa test sinovlar jadvali test sinovlari boshlanishidan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinadi (bugun 17-martga qadar test sinovlari jadvali eʼlon qilinmadimi? --demak 27-martga qadar sinovlar boshlanmaydi).

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:

O'zbek tilida: 👉 https://yangx.top/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://yangx.top/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://yangx.top/uztdi_qrtestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili 21-mart kunidan boshlanadi

❗️Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 2025-yil 21-mart kunidan boshlanadi va 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.

👉 IV oʻquv chorak darslari 2025-yil 28-mart kunidan boshlanadi.
__________

Весенние каникулы школьников начинаются с 21 марта

Согласно Положению, утвержденному Постановлением Кабинета Министров от 15 марта 2017 года № 140 «Об общем среднем образовании» весенние каникулы в общеобразовательных школах в нашей стране начинаются 21 марта и длятся до 27 марта 2025 года (7 календарных дней).

Занятия IV учебной четверти начнутся с 28 марта 2025 года.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik #ulashamiz #maoshlar_oshishi

Prezident farmoni imzolandi va undagi eng muhim oʻzgarishlar (foto)

Prezident Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha yangi Farmon imzoladi.

Farmondagi eng muhim yangiliklar:

– Maktab direktori va uning oʻrinbosarlari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari ish haqi miqdorlari oshirilmoqda.

2025-yil 1-sentabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirilib, bogʻchalarimiz direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi. Respublikadagi 10 mingdan ortiq maktab direktorlari, 7 mingga yaqin bogʻcha direktorlari hamda 35 mingga yaqin maktab direktor oʻrinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshirilishiga erishiladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.

– Tuman boʻlimlarida qoʻshimcha shtatlar ajratilyapti va bu oʻquvchilar bilimini baholashni monitoring qilish, oʻquvchilarga xorijiy til va kasbga oʻrgatish vazifalarini amalga oshirish uchun tegishli lavozimlarni joriy etish imkoniyati yaratadi.

– Hududiy boʻlinmalari xodimlaringning koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish joriy etilmoqda (Vazirlik tizimidagi qariyb 15 ming nafar boshqaruv xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi).

– Maktab xodimlari mukofot puli miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha (amalda 50 foizgacha) miqdorida etib belgilanmoqda.

– Yana bir muhim oʻzgarish – avvallari maktablarimizning boʻsh turgan binolari ijarasidan tushgan mablagʻlarning 40 foizigina oʻsha maktabda qolardi. Endilikda ushbu mablagʻlarning 75 foizi oʻsha maktab rivojiga sarflanadi.

"Umid qilamanki, tizimdagi yuz minglab xodimlar hayoti, ragʻbatlanishiga doir mazkur Farmon xodimlarimiz moddiy imkoniyatlarini yanada yaxshilab, ularga motivatsiya beradi, ish unumdorligini oshiradi. Pedagoglar, maktabgacha va maktab tizimi moddiy tomonlama ham jozibador sohaga aylanishi lozim, davlatimiz rahbari qoʻllovlari bilan bu masala bosqichma-bosqich hal etilmoqda." - dedi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Guruh nazoratchiligiga ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!

Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

Unga ko‘ra 2025-yil 1-fevraldan 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga ikkinchi tanlov” bo‘limi orqali nomzodlar ro‘yxatga olindi.

Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun barcha hududlarda 24-mart kunidan oflayn tarzda o‘quv-seminar mashg‘ulotlari boshlanadi.

O‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnoma nomzodlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

Ruxsatnomada nomzodlar qachon, qayerda seminarda ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin.

Izoh: o‘quv-seminar mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM