Ta'lim nazorati
101K subscribers
4.08K photos
977 videos
449 files
6.07K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
加入频道
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar quriladi

“Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (563-son, 09.09.2021 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, talabalar turar joylari davlat-xususiy sheriklik asosida quyidagi shakllarda barpo etiladi:

loyihalarni tadbirkorning o‘z mablag‘idan kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirish;
loyihalarni tadbirkor va Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan aralash moliyalashtirish (kamida 200 o‘rinli turar joyni barpo etish uchun);
loyihalarni tadbirkorning to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish (kamida 400 o‘rinli turar joyni barpo etish sharti bilan).

Turar joylarni qurish uchun viloyat hokimlari tomonidan OTMga 0,5 gektargacha yer unga yaqin joylardan ajratiladi.

Tadbirkorga tegishli yer yoki binoda kamida 50 o‘rinli turar joy tashkil etish tizimi joriy etiladi.

💰 Bunda, to‘lov OTM bilan kelishiladi hamda u yerda yashagan har bir talaba uchun tadbirkorga bir o‘quv yili uchun Toshkent shahrida BHMning 10 baravari, boshqa hududlarda esa 5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

☑️ OTMlarning oshxona va bufetlarini olgan tadbirkorlarga davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari qo‘llaniladi.

Bunda, tadbirkorlar talabalar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash hamda ularni arzon narxlarda sotish majburiyatini oladi.

📌 2021 yil 1 sentyabrdan talabalar bilan ishlash bo‘yicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilindi hamda o‘rniga 1–3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

💼 Har 120–150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritiladi.

Qarorga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 228 ta talabalar turar joylari (400 o‘rinli) barpo etiladi. Shundan hududlarda 2022 yilda 47 ta, 2023 yilda 67 ta, 2024 yilda 62 ta, 2025 yilda 52 ta talabalar turar joylarining qurilishi belgilangan.

Ta’lim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://yangx.top/uztdi
#Maktabgacha_talim

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini baholash boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etildi

Joriy yilning 8-10-sentyabr kunlari Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan hududiy boʻlim xodimlari uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonlari sifatini nazorat qilish hamda baholash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etildi.

Unda “Ilk qadam” va “Ilm yoʻli” dasturlarini taʼlim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish», “Bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul bir yillik tayyorlash”, “Bolalar uchun xavfsiz taʼlim muhitini tashkil etish” hamda “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yuritiladigan ish hujjatlari” mavzulari boʻyicha ekspertlar tomonidan atroflicha maʼlumot berildi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/963/

Ta’lim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://yangx.top/uztdi
Бирорта мактаб “Бир миллион дастурчи” лойиҳасидан четда қолмаслиги керак – Президент

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 10 сентябрь куни ахборот технологиялари соҳасида салоҳиятли кадрлар тайёрлаш ва иқтидорли ёшлар билан тизимли ишлаш масалалари муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Хусусан, Бирлашган Араб Амирликлари билан ҳамкорликда амалга оширилаётган “Бир миллион дастурчи” лойиҳасига тўхталиб ўтилди. Ҳозиргача бу лойиҳа доирасида 567 минг ўғил-қиз бепул сабоқ олди. Эътиборлиси, уларнинг 79 фоизи мактаб ўқувчиларидир.

Йиғилишда ахборот технологиялари бўйича таълим шароитларини яхшилаш ва қамровини кенгайтириш масалалари муҳокама қилинди.

2 мингдан ортиқ мактабнинг бирорта ҳам ўқувчиси “Бир миллион дастурчи” лойиҳасида иштирок этмагани кўрсатиб ўтилди.

Давлатимиз раҳбари лойиҳани ҳар бир мактабга етказиш, зарур ҳолларда уларни қўшимча компьютерлар билан таъминлаш, болаларни ўқишга кенг жалб этиш муҳимлигини таъкидлади.

– Бирорта мактаб “Бир миллион дастурчи” лойиҳасидан четда қолмаслиги керак, – деди Шавкат Мирзиёев.

Шунингдек, бундай ўқувлар жойлардаги Ёшлар маркази, “Ишга марҳамат” моно-марказлари негизида ҳам ташкил этилиши айтилди.

Бугунги кунда юртимизда ахборот технологияларига ихтисослашган 100 та мактаб фаолият юритмоқда. Келгуси икки йилда бундай муассасаларни 205 тага етказиб, 30 мингдан зиёд ўқувчиларни ўқитиш режалаштирилган.

Шу боис мутасаддиларга ушбу мактаблар учун педагоглар, техника ва ўқув дастурларини ҳозирдан пухта тайёрлаш бўйича кўрсатма берилди.

Яна бир янгилик – жорий йил 1 октябрдан бошлаб барча ҳудудларда 14 та IT-техникум фаолияти йўлга қўйилади. Уларда дастурий инжиниринг, ахборот хавфсизлиги телекоммуникация каби йўналишлар бўйича 8 мингга яқин ўқувчи таҳсил олади.

Йиғилишда ушбу техникумларнинг моддий-техника базасини мустаҳкамлаш масалаларига ҳам тўхталиб ўтилди.

Кадрлар тайёрлашда ўқув марказлари ҳам муҳим ўрин тутади. Шу мақсадда Алоқа банк томонидан устави 80 миллиард сўм бўлган Венчур жамғармаси ва IT билимларни ривожлантириш маркази ташкил этилиши белгиланди. Ушбу марказда келгуси беш йилда 100 минг нафар ёшларга дастурий таъминот, мобил иловалар, тармоқ администратори каби йўналишлар бўйича профессионал таълим берилади.

Бундан ташқари, ҳозирда 151 та рақамли технологиялар ўқув маркази фаолият юритиб, уларда жорий йилда 27 мингдан ортиқ тингловчилар ўқитилди. Ушбу марказлар фаолиятини кенгайтириш, давлат-хусусий шериклик асосида яна шундай ўқув масканлари ташкил этиш муҳимлиги таъкидланди.

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://yangx.top/uztdi
Forwarded from Xalqaro tadqiqot
Hurmatli ustozlar❗️

Onlayn vebinarni Milliy markazning Youtubedagi sahifasi orqali ham kuzatib borishingiz mumkin

Youtube orqali kuzatish uchun havola: https://bit.ly/2VDuzTa
Zoom orqali kuzatish uchun havola: https://bit.ly/3hkgMIx

Onlayn vebinarni o'zingizga qulay shaklda kuzatib boring va faol ishtirok eting!

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haftadayjesti

Taʼlim inspeksiyasi faoliyatidagi haftaning eng muhim voqealari | 6–10.09.2021

📹Youtube(HD)da ko‘rish:
https://youtu.be/49mnh48_b4o

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://yangx.top/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Tez kunda Taʼlim inspeksiyasidan yangi loyiha“Suhbatdosh”!

Ilk mehmonimiz Oʻzbekistondagi maktabda dars bergan finlyandiyalik oʻqituvchi boʻldi.

Suhbat davomida mehmonning:

🔹 Oʻzbekistonga kelib dars berishga turtki boʻlgan omillar;

🔹 taʼlim sohasida mamlakatlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va farqli jihatlar;

🔹 oʻzbek oʻquvchilarining oʻziga xosligi;

🔹 til oʻrganishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar va shu kabi qator mavzulardagi fikrlari bilan qiziqdik.

📌 Youtube'dagi kanalimizga obuna boʻlish orqali suhbatni toʻliq shaklda tomosha qilishingiz mumkin.

📹 Youtube'dagi rasmiy kanalga obuna boʻlish: https://bit.ly/2zMg6cj

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://yangx.top/uztdi
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Айни пайтда “Ўзбекистон24” телеканали орқали эфирга узатилаётган “Студия24” кўрсатувида Таълим инспекцияси ҳузуридаги Таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотларни амалга ошириш миллий маркази мутахассислари меҳмон сифатида иштирок этган.

Кўрсатувда Президентимиз раислиги ўтказилган видеоселектор йиғилишида таълим сифатини ошириш бўйича белгилаб берилган вазифалар ҳамда мактабларимиздаги таълим сифати халқаро меъёрлар асосида баҳолаш ҳамда халқаро баҳолаш дастурлари рейтингида муносиб ўринларни эгаллаш бўйича амалга оширилаётган ишлар юзасидан бўйича саволларга жавоб қайтарилмоқда.

👉 https://uztv.tv/channels/uzbekiston-24
#Toshkent_viloyati

Toshkent viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining chet tili o‘qituvchilar uchun amaliy seminar tashkil etildi

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar o‘rtasidagi muvofiqlik darajasinining mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/964/

Ta’lim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://yangx.top/uztdi
Forwarded from Xalqaro tadqiqot
Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz mutaxassislari “O‘zbekiston24” telekanalining “Studiya24” ko‘rsatuvida mehmon sifatida ishtirok etdi❗️

Ko‘rsatuvda Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi hamda maktablardagi ta’lim sifatini xalqaro me’yorlar asosida baholash hamda xalqaro baholash dasturlarida munosib ishtirok etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbat olib borildi

Shuningdek, 2021-yilda respublikamizda PIRLS asosiy tadqiqoti, PISA tajriba-sinov jarayonlari hamda COVID-19 pandemiyasining ta'lim jarayoniga ta'sirini o'rganish bo'yicha yangi REDS tadqiqoti o'tkazilganligi hamda ularning ahamiyati haqida fikr
yuritildi

🎥Ko'rsatuvni tomosha qilish uchun https://bit.ly/3Abq4ye havolasi ustiga bosing.

Manba: http://yangx.top/mtrkuzofficial

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗂 Халқ таълими вазирлиги ташаббуси билан А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти томонидан PISA, TIMSS ва PIRLS халқаро баҳолаш дастурларига тайёргарлик кўриш мақсадида “STesting” лойиҳаси амалга оширилди. Куни кеча Халқ таълими вазирлигида лойиҳанинг якуний натижалари бўйича тақдимоти бўлиб ўтди.

📀 Лойиҳага 2020 йил декабрь ойида старт берилган бўлиб, 8 ой давом этди. 40 дан ортиқ мутахассислар фаолият олиб бориб, 100 дан ортиқ видеолар яратилди, 1000 тадан ортиқ тестлар платформага жойлаштирилди. Энг муҳим жиҳатларидан бири ушбу тест тренажор платформадан фойдаланиш мутлақо бепул.

❇️ Эндиликда халқаро тадқиқотларга тайёргарлик кўриш, тестларни ечиш кўникмаларини шакллантиришга қаратилган мазкур электрон платформа сентябрь-октябрь ойларида белгиланган мактабда тажриба синовидан ўтказиб, Республикамизнинг барча умумтаълим мактабларида жорий этилади.

❗️А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube
Forwarded from Xalqaro tadqiqot
Hurmatli ustozlar!

📖 Sizni, “O'quvchilarning o'qish savodxonligini baholash va rivojlantirish yo'llari” mavzusida o'tkaziladigan navbatdagi onlayn vebinarga taklif etamiz.

🗓O'tkazish kuni: 2021-yil, 15-sentabr

O'tkazish vaqti: 14:00

Eslatib o'tamiz, ushbu vebinar xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha boshlangan turkum seminarlarning davomi hisoblanadi.

☝️Tashkilotchilar: Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz, Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi.

👉Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning ona tili va adabiyoti fani trener va o'qituvchilari, maktab ma'muriyati, fan metodistlari hamda ta'lim sifatini monitoring qilish bo'yicha faoliyat olib borayotgan mutaxassis xodimlar, ushbu yo'nalishga qiziquvchi ilmiy tadqiqotchilar.

♻️Vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkinhttps://bit.ly/3A8wTR0

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
📣🥳Имкониятлар эшигини янада кенгроқ очамиз!📣🥳

❇️ А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институти “Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар” илмий-услубий журнали фаолиятини йўлга қўйилаётганлигини маълум қилади.

☝️ Сиз ушбу журналда халқ таълимига оид қизиқарли маълумотлар билан танишишдан ташқари, ўз илмий мақолангизни ҳам чоп этишингиз мумкин.

⚜️ Мақсадимиз Ватанимиз таълим сифатини ривожлантириш ва бундай шарафли ишда устозларимизга кўмаклашишдир.

👉Журнал ҳақида батафсил

❗️А.Авлоний номидаги илмий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube
​​Уважаемые представители образовательной сферы Узбекистана!

Вы хотите подать заявку на поддержку новых образовательных проектов на основе процессов обучения или с целью повышения квалификации педагогов, совершенствования образовательных программ или инновационных разработок с использованием цифровых технологий в образовании?

Тогда вам необходимо принять участие в онлайн мероприятии в рамках Проект "Finland-Uzbekistan SDG Booster focusing on education" позволит вам реализовать свои идеи.

Данное мероприятие проводится по инициативе Инспекции по образованию Республики Узбекистан, Finnpartnership, а также в сотрудничестве с Министерством иностранных дел Финляндии, Министерством образования и культуры Финляндии, Национального агентства Финляндии по образованию и Почетного Консульства Финляндии в Узбекистане.

Основной целью мероприятия является поиск подходящих партнеров для организаций и компаний, оказывающих образовательные услуги, работающих в Узбекистане и Финляндии, а также создание условий для реализации новых идей сотрудничества.

📌 Компаниям и организациям, желающим принять участие в мероприятии можно обращаться до 18 сентября 2021 года по следующим адресам:

✉️ Email: [email protected] или [email protected]
☎️ Телефон: +998 97 454 75 85 ёки +998 91 162 64 08

Не упустите возможность принять участие в мероприятии и реализовать новые проекты с финскими партнерами!
Ҳурматли юртимиз таълим соҳаси вакиллари!

Сиз таълимнинг турли босқичларида ўқув жараёнлари, малака ошириш, ўқув дастурларини такомиллаштириш ҳамда таълимда рақамли технологиялардан фойдаланиб, инновацион ёндашувлар асосида янги лойиҳаларга қўл урмоқчимисиз?

У ҳолда 2021 йилнинг 28 сентябрь куни ўтказилиши режалаштирилаётган "Finland-Uzbekistan SDG Booster focusing on education" лойиҳаси онлайн тадбири Сизга ўз ғояларингизни амалга ошириш имконини яратади.

Мазкур тадбир Таълим инспекцияси, Finnpartnership ташаббуси билан Финляндия ташқи ишлар вазирлиги, Финляндия таълим ва маданият вазирлиги, Финляндия таълим дастури, Финляндия миллий таълим агентлиги ҳамда Финляндиянинг Ўзбекистондаги фахрий консуллиги билан ҳамкорликда амалга оширилмоқда.

Тадбирнинг асосий мақсади – Ўзбекистон ҳамда Финляндияда фаолият юритаётган таълим хизматлари ташкилотлари ва компаниялари учун мос ҳамкорларни топиш ва янги ҳамкорлик ғояларини амалга оширилишига шароит яратишдир.

📌"Финляндия - Ўзбекистон Барқарор Ривожланиш Мақсадларига эришишда таълимни ривожлантириш" тадбирида иштирок этиш истагидаги компания ва ташкилотлар 2021 йилнинг 18 сентябрь санасига қадар қуйида келтирилган манзиллар орқали мурожаат қилишлари мумкин:

✉️Email: [email protected] ёки [email protected]
☎️Телефон: +998 97 454 75 85 ёки +998 91 162 64 08

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://yangx.top/uztdi
#Malaka_oshirish

Xalq taʼlimi tizimi pedagoglarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 14-sentyabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspketsiyasida Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining “Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasi imkoniyatlari va uni takomillashtirish boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbir davomida xalq taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, pedagoglar malakasini oshirish, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar atroflicha muhokama qilindi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/975/

Ta’lim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://yangx.top/uztdi