Ta'lim nazorati
100K subscribers
4.07K photos
977 videos
448 files
6.06K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
加入频道
Live stream started
#Sirdaryo

Sirdaryoda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha vazifalar belgilandi

Taʼlim inspeksiyasi ishchi guruhi yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik, taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini joyiga chiqqan holda oʻrganish va pedagoglarga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida Sirdaryo viloyatida boʻldi.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha 26-avgust kuni Guliston davlat universitetida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari Otabek Nosirov, Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Xojiyev hamda viloyatdagi taʼlim tizimi mutasaddi rahbarlari ishtirokida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/957/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://yangx.top/uztdi
Live stream finished (1 hour)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haftadayjesti

Taʼlim inspeksiyasi faoliyatidagi haftaning eng muhim voqealari | 23–27.08.2021

📹Youtube(HD)da ko‘rish:
https://youtu.be/zV2UAlXfq5c

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://yangx.top/uztdi
Ta’lim inspeksiyasi xodimlaridan bir guruhi esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Batafsil:
https://tdi.uz/news/958/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://yangx.top/uztdi
🔹Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Taʼlim inspeksiyasida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining rahbari, Elchi Sharlotta Adrian xonim boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

👉https://tdi.uz/news/959/

🔹Состоялась встреча с главой делегации Европейского Союза

В Инспекции по образованию состоялась встреча с представителями делегации во главе с главой делегации Европейского Союза, послом Шарлоттой Адриан.

👉https://tdi.uz/ru/news/960/

🔹A meeting was held with the head of the European Union

The State Inspectorate for Supervision of the Quality in Education hosted a meeting with representatives of the delegation led by the head of the European Union delegation to Uzbekistan, Ambassador Charlotte Adrian.

👉https://bit.ly/3gMqsLO

Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!”

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi jamoasi eng ulugʻ, eng aziz bayram – Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari 👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
⚡️ Aбитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!

📣 Мамнуният билан шуни маълум қиламизки, 2021/2022 ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари бўйича танлов натижалари 3 сентябрь куни эълон қилинади.

Натижалар қуйидаги жадвалга мувофиқ эълон қилинади:

👉 15:00 дан – Қорақалпоғистон Республикаси, Хоразм, Навоий, Бухоро, Сурхондарё ва Қашқадарё вилоятлари;

👉 16:00 дан – Фарғона, Aндижон ва Наманган вилоятлари;

👉 17:00 дан – Самарқанд, Жиззах, Сирдарё, Тошкент вилояти ва Тошкент шаҳри.

Давлат тест маркази

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://yangx.top/uztdi
📌 Tanlov natijalarini bilish usullari

2021-2022-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://yangx.top/uztdi
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

DIQQAT! MUHIM EʼLON!!

2021-yil 30-avgust kuni oʻtkazilgan akademik litseylarga kirish test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning test natijalari eʼlon qilindi.

Natijalar bilan talabgorlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining litsey.edu.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga oʻzining login va paroli bilan kirgan holda tanishishlari mumkin.

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://yangx.top/uztdi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo

Taʼlim inspeksiyasi tomonidan taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini joyiga chiqqan holda oʻrganish va pedagoglarga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida rejali ishlar olib borilmoqda.

“Oʻzbekiston24” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan quyidagi reportajda inspeksiya ishchi guruhining Sirdaryo viloyatiga tashrifi tafsilotlari, xususan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik bo‘yicha seminar, tabdirkorlar bilan bo‘lgan uchrashuv kabi tadbirlar haqida soʻz borgan.

🎥Youtube(HD)da tomosha qilish: https://youtu.be/IpzP0zFFR_k

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
#Ikkinchi_mutaxassislik

DIQQAT! MUHIM!!!

⚡️Davlat oliy ta'lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlim olish istagida boʻlgan talabgorlar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 4-son bayoni bilan 2021/2022-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali joriy yilning 25-sentabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilandi.

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://yangx.top/uztdi
#Professional_ta'lim |#Qabul_2021

⚡️DIQQAT! ESLATMA‼️

❗️Kollejlar va texnikumlarga 2021/2022-o‘quv yili uchun 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) o’qishga qabul qilish uchun ONLAYN ro‘yxatdan o’tkazish davom etmoqda.

👉 Kollejlar uchun elektron platformahttps://kollej.edu.uz.

✔️Abituriyentlar uchun 176 ta kollejda jami 170 dan ortiq kasblar va mutaxassisliklar mavjud.

👉 Texnikumlar uchun elektron platformawww.texnikum.edu.uz.

✔️Abituriyentlar uchun 197 ta texnikumda jami 138 dan ortiq mutaxassisliklar mavjud.

🔰Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro‘yxatdan o‘tiladi:

1️⃣ Elektron ariza to‘ldiriladi;

2️⃣ Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi yuklanadi;

3️⃣ passport ma’lumotlar kiritiladi.

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://yangx.top/uztdi