Hydromet.uz
5.31K subscribers
11.7K photos
1.68K videos
5 files
9.24K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
加入频道
#rasmiy_munosabat

“Tilimizning buzilishida ob-havochilarimiz oldingi o‘rinlardan birida turishlari aniq”, tanqidiga munosabat.
Sohada ayrim so‘z va atamalar baynalminal bo‘lib, ularni davlat tiliga mutlaq tarjima qilishni imkoni yo‘q, tarjima qilingan hollarda ham ma’no va mazmun jihatidan to‘liq ochib bera olmaymiz. Ushbu terminlar Jahon Gidrometeorologiya tashkilotiga a’zo barcha meteorologiya xizmatlari tomonidan qo‘llaniladi. Masalan, meteorologiya izohli lug‘atida “prognoz” atamasi – mavjud gidrometeorologik sharoitning ilmiy asoslangan chuqur tahlili va qabul qilingan uslublar (metodologiya) bo‘yicha bajarilgan hisoblashlar asosida beriladigan ma’lumotni bildiradi. Uni “bashorat”, “kutilma”, “taxmin” yoki boshqa o‘zbekcha so‘zlar bilan almashtirish qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi?
Shuningdek, havo massasi, anomal ob-havo, havoning frontal foni yoki fon ifloslanishi kabi atamalar ham shunday. Shu o‘rinda bugungi kunda qo‘llanilayotgan ayrim baynalminal so‘zlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman “samolyot”, “aeroport”, “mashina”, “telefon”, “kompyuter” yoki yaqin yillardan boshlab qo‘llanilayotgan “trend”, “bloger”, “post”, “xayp” va boshqalar.