Hydromet.uz
5.31K subscribers
11.7K photos
1.68K videos
5 files
9.24K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
加入频道
#atmosfera_havosi

O‘zgidromet atmosfera havosi ifloslanishining monitoringini amalga oshiradi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, bugun 28-fevral soat 9:00 holatiga Toshkent shahrida atmosfera havosida PM 2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 87,36 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan me’yordan 2,49 marta oshdi (REM 35 mkg/m3).

Ma’lumot uchun: Atmosfera havosi ifloslanishi bo‘yicha ma’lumotlar O‘zgidromet tomonidan tegishli davlat organlariga yuboriladi.

Tegishli davlat organlari tomonidan ham hozirgi kunda atmosfera havosining ifloslanish darajasini kamaytirish maqsadida bir qancha ishlar (reydlar, ekspertiza va tekshiruvlar) amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, hozirgi kunda bir qancha vakolatli davlat organlari va soha olimlari tomonidan Toshkent havosining ifloslanishini oldini olish va ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

O‘z o‘rnida, O‘zgidromet Toshkent shahri aholisi hamda mehmonlarini atmosfera havosida ifloslanish darajasi oshishi kuzatilganida, allergiya va nafas olishda muammolarga ega bo‘lsa tegishli himoya choralarini ko‘rishlarini so‘raydi.

Aholi ochiq havodagi faoliyatlarini qisqartirishlari, xonadan tashqariga chiqqanda niqob taqishlari kerak.