Hydromet.uz
5.31K subscribers
11.7K photos
1.68K videos
5 files
9.24K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
加入频道
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

💠O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha noyabr oyiga ob-havo prognozi

Yaqin kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat bugun, 30-oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Toshkent viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 3 noyabr kuniga kelib, kechasi 10-12 darajagacha, kunduzi 23-25 darajagacha ko‘tariladi.

4-noyabrdan shimoliy hududlarga nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, bu hodisa keyingi kunlarda respublikaning barcha hududlariga ta’sir etadi. 4-noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 5-noyabrdan 7-noyabrgacha O‘zbekistonning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda qorga aylanadi. 7-noyabr kuniga kelib, harorat kechalari 6-9 daraja iliqqacha, kunduzgi harorat 12-17 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Keyinchalik oy davomida shimoliy hududlar bo‘yicha harorat kechalari 0-5 iliqdan 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Janubiy hududlar bo‘yicha havo harorati kechalari 5-10 daraja iliqdan 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 18-23 daraja iliqdan 7-12 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Markaziy va sharqiy viloyatlar bo‘yicha harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 15-20 daraja iliqdan 3-8 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida 30-oktabr kuni kunduzgi harorat 13-15 darajani tashkil etadi. 31-oktabrdan 3-noyabrgacha yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam, harorat asta-sekin ko‘tariladi va 3-noyabrga kelib harorat kechasi 9-11 darajani, kunduzi 23-25 darajani tashkil etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 #brifing

TЕZKOR GIDROMЕTЕOROLOGIK AXBOROT!

Joriy yilning 29 noyabr-2 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

🔹29 noyabr-1 dekabrda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 30 noyabr-1 dekabrda ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

🔹Havo harorati asta-sekin pasayadi va 1-2 dekabrga kelib, 3 daraja sovuq-2 daraja iliqni, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqni, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuqni, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni tashkil etadi.

🔹Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

🔹O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 29 noyabr-1 dekabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
__

ЭКСТРЕННАЯ ГИДРОМЕТЕОРОЛОГИЧЕСКАЯ ИНФОРМАЦИЯ!

29 ноября-2 декабря текущего года по территории Узбекистана осуществится вторжение влажной и холодной воздушной массы.

🔹29 ноября-1 декабря по республике временами пройдут дожди, местами сильные. 30 ноября-1 декабря в отдельных районах возможен переход дождя в снег.

🔹Температура воздуха будет постепенно понижаться и к 1-2 декабря составит ночью 3 градуса мороза-2 градуса тепла, днем 3-8 градусов тепла, по северу ночью 3-8  градусов мороза, днем 2 градуса мороза-3 градуса тепла.

🔹В отдельных районах республики возможно усиление ветра до 13-18 м/с.

🔹В предгорных и горных районах Узбекистана 29 ноября-1 декабря возможны селе-паводковые явления. По территории республики возможно скопление дождевой воды, что может привести к подтоплению территорий.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM