Hydromet.uz
5.31K subscribers
11.7K photos
1.68K videos
5 files
9.24K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
加入频道
‼️⚠️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan kelasi hafta boshida sovuq bo‘lishi haqidagi xabarlarga Rasmiy munosabat!

✔️Mazkur haftaning birinchi yarmida qorli va ayozli ob-havoni olib kelgan sovuq antisiklon O‘zbekiston hududidan tezlik bilan chekinmoqda. 17-dekabr, dushanba kuni respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tarilib, kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi, bu dekabr oyining shu kunlari uchun iqlim me’yoriga yaqin.
➡️18-dekabr kuni salqin va nam havo massasi respublikaning shimoliy hududlariga, 19-dekabrdan esa qolgan hududlarga o‘ta boshlaydi. Respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shimolda choʻl zonasi va togʻli hududlarda qor koʻrinishida yog‘ingarchilik bo‘ladi.
💬Havo harorati:
⚡️18-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq; respublika shimolida kechasi 0-5 sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
⚡️ 19-dekabrda kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 2-7 daraja iliq; shimolda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
⚡️20-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq; shimolda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha bo‘ladi, bu ham qish mavsumi uchun iqlimiy me’yor hisoblanadi.

#uzgidromet #prognoz #harorat #dekabr #shamol #iliq #yomgir #qor #sovuq #rasmiy_munosabat

🔍 http://www.hydromet.uz

Telegram | Facebook| Instagram 🌐  Youtube 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️Turli telegram kanallarda tarqatilayotgan ob-havo prognozi ma’lumotlari O‘zgidromet tomonidan berilmagan.

✔️O‘zgidromet rasmiy ob-havo prognozi ma’lumotlari bilan faqat rasmiy kanallarimiz orqali tanishib borishingiz mumkin.

⚠️‼️Ma’lumot uchun: yolg‘on xabar tarqatganlik uchun hozirgi kunda tegishlicha ma’muriy javobgarlik mavjud.

#toshkent #shahar #uzgidromet #prognoz #rasmiy #kanal

Telegram | Facebook| Instagram 🌐  Youtube 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

🚫 Bastion telegram-kanalida kelgan vajlar o‘z isbotini topmadi.
Bu va bu kabi masalalar sohada amaliyotga zidligini ta’kidlaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

O‘zgidromet agentligi doimiy ravishda mamlakat bo‘ylab kutilayotgan ob-havo prognozlari ma'lumotlarini o‘zining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida e'lon qilib boradi.

10-12-oktabrlarga hamda 11-13-oktabrlarga e’lon qilingan ob-havo prognozlarida mamlakat bo‘ylab bir necha kun ketma-ket yomg‘ir yog‘ishi haqida ma’lumot berilmagan.

Mazkur ma’lumotlarni olishda va qayta ulashishda OAV vakillaridan, jurnalistlardan hamda blogerlardan jiddiy ahamiyat berishlarini shuningdek, ma’no jihatdan o‘zgartirishlar kiritilmasligini, shu bilan birga, ob-havo ma’lumotlarini ishonchli rasmiy manbalardan olib foydalanishlari so‘raladi.
#rasmiy_munosabat

Zomin aeroporti ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilib turgani yuzasidan ma’lumot

Haqiqatdan hozirgi kunda Zomin aeroporti yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishi to‘xtatilib turibdi.

Mazkur aeroportda katta aviabortlarni qabul qilish bo‘yicha ikkinchi bosqich ta’mirlash va qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, meteorologik qurilmalarni ham modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

Zomin aeroportida yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ishlar yakunlanishi va aeroport yo‘lovchilarni yana qabul qilishni boshlashi haqida xabar beramiz.