Hydromet.uz
5.3K subscribers
11.7K photos
1.68K videos
5 files
9.24K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️[email protected]

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
加入频道
#rahbar_faoliyati

Ayni damda O‘zgidromet agentligi direktori Sh.Khabibullayev va boshqarma boshlig‘i Q.Zoxidov Namangan viloyatiga xizmat safari bilan tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Namangan viloyati Gidrometeorologiya markazi faoliyati bilan tanishilmoqda.
#rahbar_faoliyati

O‘zgidromet agentligi direktori Sh.Khabibullayev va boshqarma boshlig‘i Q.Zoxidov Namangan viloyatiga xizmat safari davomida Namangan GMB ma’muriy binosi, meteorologik radiolokator guruhi va “Zamin” fondi loyihasi doirasida o‘rnatilgan atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashgan kuzatuv stansiyalari ko‘zdan kechirildi hamda zarur ko'rsatmalar berildi.

Shu bilan birga, Yashil makon doirasida mevali daraxtlar o‘tkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rahbar_faoliyati

💠 Joriy yil 16-aprel kuni O‘zgidromet agentligi direktori Sh. Khabibullayev, direktor maslahatchisi N. Tashxodjayeva va boshqarma boshlig‘i A. Narzullayev Xorazm viloyatiga xizmat safarini amalga oshirdilar.

🔹 Direktor boshchiligida xizmat safari davomida Tuproqqal’a Agrometeorologiya stansiyasi hamda Tuproqqal’a massivi, Xonqa mahalasida suv toshqini xavfi bo‘lgan hududlar ko‘zdan kechirildi.

🔹 Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Amudaryo chapqirg‘oq himoya dambalari boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ish jarayoni o‘rganildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rahbar_faoliyati

Joriy yilning 17-aprel kuni O‘zgidromet agentligi direktori Sh. Khabibullayev, direktor maslahatchisi N. Tashxodjayeva, boshqarma boshlig‘i A. Narzullayev, Toshkent shahar GMM boshlig‘i A. Mavlyanov Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Xorazm viloyati Gidrometeorologiya markazi faoliyati taqdimoti bilan tanishishdi.

Shu bilan birga, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Ekologiya boshqarmasi, Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, Amudaryo chapqirg‘oq himoya Dambalari Boshqarmasi vakillari bilan sohadagi hamkorlik muhokama qilindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rahbar_faoliyati

2024-yil 17-aprel kuni O‘zgidromet agentligi direktori Sh. Khabibullayev, direktor maslahatchisi N. Tashxodjayeva, boshqarma boshlig‘i A. Narzullayev, Toshkent shahar GMM boshlig‘i A. Mavlyanov Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Xorazm viloyati Gidrometeorologiya markazining binosini ochilish tadbirida qatnashdilar.

Xorazm viloyati Gidrometeorologiya markazining yangi binosida xodimlar uchun qulayliklar yaratilgan bo‘lib, buning natijasida ish samaradorligi yanada ortishiga erishiladi.
#rahbar_faoliyati

2024-yil 23-aprel kuni Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori Sh.Khabibullayev AQSh Geologiya xizmati (USGS) mutaxassislari William Asquith va Theodore Barnhart bilan energetika, suv resurslari va iqlim o‘zgarishi sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
#tadbir #rahbar_faoliyati

Xabaringiz bor, joriy yilning 22-26 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi Finlyandiya meteorologiya instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Meteorologiya va havo sifati monitoringi” loyihasi doirasida o‘quv amaliy seminarlar tashkil etilgan edi.

Bugun o‘quv amaliy seminar o‘z yakuniga yetdi va O‘zgiromet agentligi direktori Sh.Khabibullayev tadbirda ishtirok etganlarga sertifikatlarni topshirdi.
#rahbar_faoliyati

O‘zgidromet agentligi direktori Sh.Habibullayev va boshqarma boshlig‘i Q.Zoxidov xizmat safari bilan Farg‘ona Gidrometeorologiya markaziga tashrif buyurishdi.

Xizmat safari doirasida sel-suv toshqinlari oldini olish, hududlarni o‘rganishni tashkil etish va aholini muhofaza qilish masalalari yuzasidan So‘x tumanida bo‘lishdi.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining “Gidrometeorologiya xizmati agentligi faoliyatining samaradorligini oshirish, gidrologik kuzatuvlar tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil 2-fevraldagi 66-son qarorida belgilangan topshiriqlarning bajarilishi hamda Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashgan stansiyasi (“Horiba”) faoliyatini uzluksiz tashkil etish bo’yicha bajarilgan ishlar yuzasidan Farg‘ona viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi boshlig‘i M.Jo‘rayevning hisoboti tinglandi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rahbar_faoliyati

Bugun O‘zgidromet agentligi direktori Sh.Khabibullayev O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 6 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirida qatnashdi.

O‘z o‘rnida, O‘zgidromet agentligi O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini 6 yilligi  bilan universitetning barcha xodimlari va talabalarini muborakbod etadi!

Universitet xalqaro reytinglarda yuqori pog‘onalarni egallashi, talabalari yetuk kadrlar bo‘lib yetishishi va ilmiy sohada katta yutuqlarga erishishini tilaydi.
#rahbar_faoliyati

“MDHdagi gidrometeorologiya bo‘yicha mamlakatlararo kengashi”ning 35-sessiyasida O‘zgidromet agentligi direktori Sh.Khabibullayev va boshqarma boshlig‘i Q.Zaxidov ishtirok etishmoqda.

Sessiya doirasida 12-sentabrda Zarafshon daryosining boshlanish qismidagi muzliklarga havo kemasi (vertolyot)da ekskursiya tashkil etildi.
#rahbar_faoliyati

O‘zgidromet agentligi direktori Sh.Khabibullayev boshchiligida Buxoro viloyati gidrometeorologiya markaziga xizmat safari tashkil etildi.

Mazkur xizmat safarida Buxoro viloyati gidrometeorologiya markazi rahbari tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida hisobot taqdim etildi.

Shu bilan birga, 2025-yilga rejalar hamda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
#rahbar_faoliyati

O‘zgidromet direktori Sh.Khabibullayev boshchiligida Samarqand tumanining Mirishkor, Yangi hayot MFYlari hamda Tayloq tumanining Ilimobod MFY va Narpay tumanining Bo‘ston MFYlariga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif doirasida tegishli dasturlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda loyihalar bilar tanishib, mahallalar aholisi bilan suhbat uyushtirildi.

Shuningdek, mazkur mahallarda ijtimoiy himoyaga muhtojlar va yoshlar bilan ham tanishib chiqildi.

Mahallalardagi mas’ullar va tadbirkorlar bilan birgalikda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha chora tadbirlar muhokama qilindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rahbar_faoliyati

25-fevral kuni O‘zgidromet agentligining Namangan viloyati Gidrometeorologiya markazi yangi binosi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ochilishida O‘zgidromet agentligi direktori Sh.Khabibullayev, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari G‘.Djamalov va mahalla oqsoqoli so‘zga chiqdilar.