UzA | Rasmiy kanal
103K subscribers
60.3K photos
3.39K videos
2 files
52.3K links
𝐎‘𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧 𝐌𝐢𝐥𝐥𝐢𝐲 𝐚𝐱𝐛𝐨𝐫𝐨𝐭 𝐚𝐠𝐞𝐧𝐭𝐥𝐢𝐠𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐫𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐤𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢

uza.uz
youtube.com/@UzAuzb
facebook.com/uzauz
instagram.com/uza.uz
twitter.com/uzauz

Boshqa Telegram kanallar:
@uza_uz
加入频道
Raqamlashtirish – shaffoflik va samaradorlik garovi (+video)

Transport nazorati inspeksiyasi mas’ullarining ma’lum qilishicha, temir yo‘l transporti va metropolitenda o‘tkazilgan 279 ta nazorati tadbirlari natijasida 18 452 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

🎥 https://youtu.be/PQHsj0yd7i4

Batafsil: https://uza.uz/posts/697731

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
O‘zbekiston – Fransiya munosabatlari jadal rivojlanmoqda

Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining “Ammon News” nashri Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifini keng yoritdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/697722

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Zamonaviy xalqaro aeroport qurilmoqda

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Buxoro tumanida davlat-xususiy sheriklik asosidagi 226 million dollarlik loyiha doirasida jahon standartlariga mos aeroport barpo etiladi. Bu bilan soatiga 1 ming 200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Yo‘lovchi va havo kemalariga servis sifatini oshirish orqali yangi xalqaro aviakompaniyalar jalb qilinadi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/697717

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
15 mart kuni mamlakatimizning ayrim hududlarida havo harorati 25 daraja iliqgacha ko‘tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 15 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/697745

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
YeI komissari Toqayev bilan uchrashdi

Yevropa Ittifoqi Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela Markaziy Osiyoning besh mamlakati bo‘ylab safarini boshladi. U dastlabki uchrashuvni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan o‘tkazdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/697804

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarida korrupsiya bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Qo‘qon shahar bo‘limining muqaddam sudlangan 2 nafar inspektori o‘z xizmat vazifalaridan foydalanib, Qo‘qon shahrida mahalliy qurilish firmasi barpo etayotgan yangi ko‘p qavatli uylardagi jami 555 ta xonadonga ichimlik suvi uchun hisoblagich o‘rnatish, shaxsiy kartochka ochish, sertifikat qilib berish va boshqa xizmatlar evaziga 51 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/697776

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi: raqamlar va haqiqat

Umuman, bugungi kunda yurtimiz bo‘ylab 4628 ta svetofor o‘rnatilgan, 2510 ta onlayn ishlovchi statsionar radar va kamera tizimlari faoliyat yuritmoqda, Toshkent shahrida esa bunday qurilmalarning soni 650 tani tashkil etadi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/697781

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Tadbirkor foydasiga 1,5 mlrd. so‘m qarzdorlik undirildi

Majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor tashkilotdan undiruvchi tadbirkor foydasiga 1 mlrd. 541 mln. so‘m qarzdorlik undirilib, tadbirkorning bank hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/697802

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
#FOTOREPORTAJ

Olis ovulda zamonaviy bog‘cha bunyod etilmoqda

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 18 sentyabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani “Nurli kelajak” ovul fuqarolar yig‘inida 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilmoqda.

Batafsil: https://uza.uz/posts/697812

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
O‘zbek boksi yulduzlari Jizzaxda

Boks bo‘yicha mamlakat terma jamoasining bosh murabbiyi, Jizzax viloyatida tug‘ilgan mashhur boks mutaxassisi, Respublikada xizmat ko‘rsatgan murabbiy To‘lqin Qilichev hamda bir qator Olimpiada hamda jahon chempionatlari g‘olib va sovrindorlari Zafarobod tumanidagi “Cho‘liguliston” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/697815

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Bahrayn tahlil markazi bilan hamkorlik o‘rnatildi

Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI)da muassasa rahbari Javlon Vahobov va Bahrayn Strategik, xalqaro va energetika tadqiqotlari markazi – “Derasat” ijrochi direktori Hamad Ibrohim Al-Abdulla o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/697837

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
O‘zbekiston – Italiya: o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ayni damda Italiyada bo‘lib turibdi. Dastur doirasida vazir Hilola Umarova "Perudjia" chet elliklar universiteti rektori, professor Valerio De Chezaris bilan uchrashdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/697873

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Gadjetlar ko‘z saratoniga olib keladimi? – Mutaxassis javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizda bolalar orasida ko‘z saratoni bilan kasallanish holatlari oshgani va bunga ular ko‘p vaqtini sarflaydigan gadjetlar sabab bo‘layotgani keltirilgan.

Batafsil: https://uza.uz/posts/697952

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Nohaq ayblanib, hibsga olingan o‘zbek ayoli

O‘tgan asrning mash’um qatag‘on siyosati millatimizning minglab vakillarini o‘z domiga tortib, aybsiz aybdor qildi. Ularning ustidan nohaq, adolatsiz qarorlar chiqarildi, ko‘plari navqiron yoshda qatl qilingan bo‘lsa, minglab vatandoshimiz o‘zga yurtlarga, og‘ir sharoitdagi o‘lkalarga surgun qilindi. Ular orasida o‘z aybi nima ekanini bilolmagan, ojiza xotin-qizlar ham talay edi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/697933

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlik kengayishini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodinni qabul qildi. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/698014

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор