UzA | Tezkor xabarlar
30.2K subscribers
10.6K photos
1.16K videos
35 files
1.65K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
加入频道
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
“Navoiy azot” AJda chaqnash hodisasi ro‘y bergan

Bugun, 11-mart kuni soat 14:10 da Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasida joylashgan “Navoiy azot” AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi ro‘y bergan. Chaqnash natijasida yong‘in kelib chiqqan. Shunga ko‘ra, hodisa joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyiga viloyat FVB boshlig‘i, IIB, SSB, prokuratura xodimlari yetib borgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank 12-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 931,94 soʻm (–8,17)
1 EUR 14 107,45 soʻm (+51,90)
1 RUB 150,18 soʻm (+4,56)

Kanalga ulanish:

@uzauz
Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 11 nafar fuqaro tan-jarohati olgan. Hozirda jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

FVV

Kanalga ulanish:
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vazirligida ochiqlik siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida FVV Axborot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev ma’lumot berdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Polkovnik Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti rahbari lavozimiga polkovnik Ulug‘bek Shuxratovich Tashxodjayev tayinlandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona tumanida narkolaboratoriya fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona tumanidagi "Mindonobod" MFYdagi uylardan birida sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlash maqsadida tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh etildi.
Aniqlanishicha, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1990 va 2001-yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs mazkur xonadonni har oyiga 250 AQSH dollaridan ijaraga olib, u yerda giyohvandlik vositalari tayyorlash bilan shug‘ullanishgan.

Ko‘zdan kechirish davomida, ushbu manzildan 8 kg. 185 gr. Alfa-PVP, 4 kg. 209 gr. "Spays", 427 gr. "Mefedron" sintetik narkotik moddalar hamda ularni tayyorlashda kerak bo‘ladigan 12 kg. 326 gr. maxsus suyuqlik va 13 kg. 925 gr. tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tezkor tadbir davomida olingan jami 12 kg. 821 gr. sintetik narkotik moddalarning qora bozordagi bahosi 9 mlrd. 185 mln. so‘mni tashkil etadi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, qonunbuzarlar internet tarmog‘i orqali giyohvandlik vositalari sotish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh a’zolari tomonidan "zakladka" usulida yetkazib berilgan xom-ashyo mahsulotlari asosida narkotik moddalar tayyorlab, viloyat bo‘yicha belgilangan xufiya joylarga qoldirib, ularning geolokatsiyasini jinoiy guruh a’zolariga yuborib turishgan.
Buning evaziga uchala shaxsning har biri haftasiga kriptovalyuta ko‘rinishida 500 AQSH dollaridan maosh olgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 4-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan para velosportchi Odinaxon Hamdamovaga uy sovg‘a qilindi

Yaqinda Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoa a’zosi, farg‘onalik Odinaxon Hamdamova 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Ma'lumot uchun:
O‘zbekiston terma jamoasi chempionatda 26 ta medal — 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza olib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 15 ta davlat o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga davlat tashrifi doirasida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank 13-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 920,00 soʻm (–11,94)
1 EUR 14 102,18 soʻm (–5,27)
1 RUB 149,52 soʻm (–0,66)

Kanalga ulanish:
@uzauz
O‘zbekiston Prezidentini Fransiyada rasmiy kutib olish marosimi

Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Fransiya Respublika gvardiyasi, quruqlik qo‘shinlari, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari xizmatchilaridan iborat faxriy qorovul saf tortdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz