Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida qariyb 195 ming qalbaki AQSH dollarining muomalaga kiritilishining oldi olindi
Toshkent viloyatida yashovchi, 1999 y.t. fuqaro va uning Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1998 y.t. sherigi ijtimoiy tarmoqlar orqali Jizzax shahrida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, unga soxta 100 AQSH dollari kupurali jami 50 ming AQSH dollarini 65 mln. so‘mga sotishga kelishishgan.
Shundan so‘ng ular Jizzax shahriga borib, xaridor bilan telefon orqali muloqot qilib, unga qalbaki pullarni shahar hududidagi xufiya joyga qoldirib ketishlarini aytib, kelishilgan summadan 39 mln. 200 ming so‘mni oldindan plastik karta orqali olishgan.
Ammo, ular qalbaki valyutalarni belgilangan joyga qoldirmasdan, xaridorni aldab, Toshkent shahriga qaytib ketayotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Do‘stlik tumanida ushlandi va ular ketayotgan avtomashina salonidan qalbaki 51 ming AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro viloyatida yashovchi, 1949 va 1984-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs hamda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1981 y.t. fuqaro o‘zaro til biriktirib, chet davlatda tayyorlangan, har biri 100 kupurali qalbaki 50 ming AQSH dollarini haqiqiy 25 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Ta’kidlash lozimki, ularning uchalasi ham muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.
Toshkent shahrida qayd etilgan yana bir holatda, Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida yashovchi, 1997 y.t. shaxs xorijdan keltirilgan 50 va 100 AQSH dollari kupurali qalbaki 45 ming AQSH dollarini xaridorga haqiqiy 25 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlandi.
Boshqa holatda esa Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1983 y.t. shaxs va Toshkent viloyatining Parkent tumanida yashovchi, 1994 y.t., muqaddam sudlangan fuqaro qalbaki 10 ming AQSH dollarini xaridorga haqiqiy 8 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlandi.
Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashovchi, 1991 y.t., muqaddam sudlangan shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha – uning 1995 va 2001-yillarda tug‘ilgan 2 nafar sherigi qalbaki 30 ming AQSH dollarini xaridorga haqiqiy 19.500 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1991 y.t. fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda 88 dona 50 AQSH dollari kupurali va 44 dona 100 AQSH dolllari kupurali, jami qalbaki 8800 AQSH dollari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz

#TAYINLOV
O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi
Ravshanbek Berdaliyevich Begmatov O‘zbekiston tumani hokimi etib tayinlandi.
U hozirga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi irrigatsiya tizimlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.
—Kanalga ulanish
@uzauz
—Kanalga ulanish
@uzauz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡“Navoiy azot” AJda chaqnash hodisasi ro‘y bergan
Bugun, 11-mart kuni soat 14:10 da Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasida joylashgan “Navoiy azot” AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi ro‘y bergan. Chaqnash natijasida yong‘in kelib chiqqan. Shunga ko‘ra, hodisa joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga viloyat FVB boshlig‘i, IIB, SSB, prokuratura xodimlari yetib borgan.

AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi
Markaziy bank 12-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 931,94 soʻm (–8,17)
1 EUR 14 107,45 soʻm (+51,90)
1 RUB 150,18 soʻm (+4,56)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Markaziy bank 12-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 931,94 soʻm (–8,17)
1 EUR 14 107,45 soʻm (+51,90)
1 RUB 150,18 soʻm (+4,56)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vazirligida ochiqlik siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida FVV Axborot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev ma’lumot berdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Polkovnik Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti rahbari lavozimiga polkovnik Ulug‘bek Shuxratovich Tashxodjayev tayinlandi.

Farg‘ona tumanida narkolaboratoriya fosh etildi
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona tumanidagi "Mindonobod" MFYdagi uylardan birida sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlash maqsadida tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh etildi.
Aniqlanishicha, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1990 va 2001-yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs mazkur xonadonni har oyiga 250 AQSH dollaridan ijaraga olib, u yerda giyohvandlik vositalari tayyorlash bilan shug‘ullanishgan.
Ko‘zdan kechirish davomida, ushbu manzildan 8 kg. 185 gr. Alfa-PVP, 4 kg. 209 gr. "Spays", 427 gr. "Mefedron" sintetik narkotik moddalar hamda ularni tayyorlashda kerak bo‘ladigan 12 kg. 326 gr. maxsus suyuqlik va 13 kg. 925 gr. tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tezkor tadbir davomida olingan jami 12 kg. 821 gr. sintetik narkotik moddalarning qora bozordagi bahosi 9 mlrd. 185 mln. so‘mni tashkil etadi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, qonunbuzarlar internet tarmog‘i orqali giyohvandlik vositalari sotish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh a’zolari tomonidan "zakladka" usulida yetkazib berilgan xom-ashyo mahsulotlari asosida narkotik moddalar tayyorlab, viloyat bo‘yicha belgilangan xufiya joylarga qoldirib, ularning geolokatsiyasini jinoiy guruh a’zolariga yuborib turishgan.
Buning evaziga uchala shaxsning har biri haftasiga kriptovalyuta ko‘rinishida 500 AQSH dollaridan maosh olgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 4-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan para velosportchi Odinaxon Hamdamovaga uy sovg‘a qilindi
Yaqinda Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoa a’zosi, farg‘onalik Odinaxon Hamdamova 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston terma jamoasi chempionatda 26 ta medal — 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza olib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 15 ta davlat o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga davlat tashrifi doirasida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi
Markaziy bank 13-martdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 920,00 soʻm (–11,94)
1 EUR 14 102,18 soʻm (–5,27)
1 RUB 149,52 soʻm (–0,66)