United Nations in Uzbekistan
2.75K subscribers
2.41K photos
252 videos
2 files
981 links
Birlashgan Millatlar Tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasining Telegramdagi rasmiy kanali🇺🇳

https://yangx.top/unuzbekistan
Facebook.com/UN.Uzbekistan
Instagram.com/un.uzbekistan
Twitter.com/un_uzbekistan
Youtube.com/UnicTashkent
加入频道
🌍Barqaror baliqchilik va sog'lom kelajak uchun!

🐠Bugun butun dunyo bo’ylab #Worldfisheriesday “Butunjahon baliqchilik kuni”nishonlanmoqda.

📌Baliqchilik resurslarining barqarorligi haqida xabardorlikni oshirish maqsadida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) ko’magida maktab o’quvchilari uchun Baliqchilik ilmiy-tadqiqot Institutiga sayohat uyushtirildi.

‼️Tadbir davomida ishtirokchilar uchun "Tabiatni asrash barchamizning burchimiz" mavzusida taqdimot orqali ona tabiatimizga bo'lgan mehrni oshirish, tabiatni asrash, tabiatga zarar yetkazish orqali boshqa tirik jonzotlarga zarar yetishi haqidagi mavzular yoritib berildi.

🧬🔬Shuningdek, bolajonlar Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriyalari faoliyati bilan tanishtirilib, bu yerda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ma’lumot berildi.
Forwarded from WHO Uzbekistan
ЛАБОРАТОРИЯ ЧИДАМЛИ БАКТЕРИЯЛАРНИ EНГИШГА ҚАНДАЙ ЁРДАМ БЕРАДИ

Ўз вақтида ва сифатли диагностика антибиотикларга чидамли инфекцияларга қарши курашишнинг муҳим босқичидир.

Биз Антимикроб резистентликни ўрганиш маркази раҳбари Гулнора Абдухалилова билан антибиотикларга сезувчанликни текширадиган тестлар қандай қилиб ҳаётни сақлаб қолиши ҳақида суҳбатлашдик.

👉 Антибиотикларга сезувчанлик тести (АСТ) нима?

"Бу маълум бир бактерияга қарши турли антибиотикларнинг қанчалик самарали эканлигини аниқлашга ёрдам берадиган ташхис усулидир. Тестни нотўғри ўтказиш ёки натижаларни нотўғри талқин қилиш қуйидагиларга олиб келиши мумкин:

• Самарасиз даволаш усулини ёзиб берилиши;
• Доза танлашдаги хатоликлар;
• Ўлимга олиб келиши мумкин бўлган асоратлар хавфи."

👉 Нима учун бактериологик диагностика шунчалик муҳим?

"Кўпинча инфекциялар антибиотикларнинг таъсир қилмайдиган вируслар туфайли юзага келади. Нотўғри даволашдан қочиш учун айнан бактериал инфекция мавжудлигини тасдиқлаш муҳимдир."

👉 Аниқ ташхис қўйишга нима халақит беради?

"Кўплаб лабораторияларда синовларни ўтказишнинг ягона стандарти мавжуд эмас, сертификатланган реактивлар ёки сифат назорати қўлланилмайди. Бу эса текширувлар аниқлигига сезиларли таъсир кўрсатади."

Дори воситаларга чидамлилик - бу биз фақат биргаликда еча оладиган муаммодир. Ҳеч қачон шифокор кўрсатмасисиз антибиотикларни қабул қилманг ва доимо тўғри лаборатория ташхисига ишонинг.

📌 Ушбу постни улашинг, токи кўпроқ одамлар антибиотиклардан тўғри фойдаланишнинг аҳамияти ҳақида билиб олсин!

#WorldAMRAwarenessWeek
Forwarded from UNESCO Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇪🇺Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "O‘zbekistonning qishloq hududlarida ishga joylashish ko‘nikmalarni rivojlantirish" loyihasi doirasida biz Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston va Xorazmda joylashgan pilot o'quv muassalariga tashrif buyurdik.

Ushbu tashrif chog'ida asosiy masalalar ko‘nikmalarni rivojlantirish tashabbuslarining amalga oshirilishini baholash, mahalliy manfaatdor tomonlar, jumladan, kollej rahbariyati, o'qituvchilar va talabalar bilan ochiq muloqot qilish, ayollar va yoshlarga alohida e’tibor qaratgan holda, qishloq hududlarida o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish imkoniyatlarini o'rganishga qaratildi.

⚙️Kasb-hunar ta’limi va ko‘nikmalarni rivojlantirishga sarmoya kiritish orqali biz barqaror turmush tarzini yaratish va O‘zbekistonning qishloq hududlarini rivojlantirishga hissa qo‘shishdan mamnunmiz.
Bugun butun dunyo bo’ylab “Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” global kampaniyasiga start beriladi.

Ayollarga nisbatan zo'ravonlik global inqirozdir, zo'ravonlik hech qanday bahona bilan oqlanishi mumkin emas.
Channel photo updated
BMT Bosh Kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi (UNRCCA) rahbari Kaha Imnadze boshchiligidagi delegatsiya 24 noyabr kuni Termizga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibiga BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl, BMT Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha vakili Oliver Stolpe hamda Xalqaro Migratsiya Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Endryu Grey kirdi.

Delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bilan uchrashib, mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga oid muhim masalalarni muhokama qildi.

Tashrif davomida BMT rasmiylari "Termiz Carg Markazi" va "Termiz erkin savdo" zonasini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, delegatsiya Afg‘oniston-O‘zbekiston ta’lim markaziga ham tashrif buyurdi.
Состоялся официальный запуск глобальной кампании «16 дней активных действий против гендерного насилия» с проведением круглого стола: «Национальный опыт межсекторального реагирования на случаи насилия в отношении женщин и детей: уроки и достижения». Мероприятие, организованное Фондом ООН в области народонаселения (ЮНФПА) в партнерстве с Сенатом Республики Узбекистан, Национальным агентством социальной защиты (НАСЗ) при Президенте Республики Узбекистан, Комитетом Семьи и Женщин при поддержке правительства Великобритании.

Участники круглого стола обсудили ключевые аспекты, включая извлеченные уроки из национального опыта межсекторального реагирования, недавние достижения в области законодательства по защите детей и важность комплексного подхода к борьбе с насилием в отношении женщин и детей. Одним из важных моментов стало объявление о начале национального исследования по распространенности гендерного насилия, результаты которого предоставят критически важные данные для разработки будущей политики и мер реагирования.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔸Bugun butun dunyo bo’ylab “Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” global kampaniyasiga start beriladi.

🔸Ayollarga nisbatan zo'ravonlik global inqirozdir, zo'ravonlik hech qanday bahona bilan oqlanishi mumkin emas.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔸Bugun butun dunyo bo’ylab “Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” global kampaniyasiga start beriladi.

🔸BMTni O'zbekistondagi jamoasi va xalqaro hamkorlarimiz bilan birgalikda zo'ravonlikka yoq deymiz. Keling, har bir ayol, har bir qiz qo'rquvdan xalos bo’lgan , ozordan aziyat chekmasdan yashaydigan kelajak uchun birgalikda harakat qilaylik.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Мы очень тесно работаем с Правительством и гражданским сектором не только для оказания помощи жертвам насилия, но и для предотвращения фактов насилия», — Сабине Махл, Постоянный координатор ООН в Узбекистане.