TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.77K photos
943 videos
10 files
7.05K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#tezkor_munosabat
⚡️Tezkor munosabat

Nazorat uz | rasmiy kanali orqali yo‘llangan murojaat Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilayotganligi va natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini maʼlum qilinadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday hollarda kadastr pasporti tayyorlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri filiallarga murojaat qilinadi ?

Javob:

Davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha kadastr pasportini tayyorlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri filiallarga murojaat qilinadi.

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari kadastr yig‘majildini shakllantirib, uning natijasi bo‘yicha kadastr pasportini taqdim etadi.

#savol_javob #huquqvaqti
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi

🔸xususiy mulk huquqini tan olish

🔸xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish

🔸bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash

🔸davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish

🔸xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi

🔸burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish

🔸zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash

🔸xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash

🔸davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi

🔸mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
#huquq
Facebook Instagram Telegram
⚡️Aholi murojaatlari o‘rganilmoqda

Ayni damda Yangiyo‘l shahrining 1-umumtaʼlim maktabi majlislar zalida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

#Yangiyoʼl #sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat xizmatchilari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiydir

“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da
har qanday fuqaro ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi.

Barcha davlat xizmatchilari uchun Akademiyaning maxsus o‘quv kurslarida har 3-yilda kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malaka oshirish majburiy.

❗️Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz  elektron platformasi orqali murojaat qilishingiz so‘raladi!

#korrupsiyaga_qarshi #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir guruh matbuot va OAV xodimlari mukofotlandi

Prezident "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.

Farmon bilan mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashda faollik ko‘rsatgani uchun 41 nafar soha xodimlari orden va medallar bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Yo‘qolgan kadastr pasporti qanday tartibda tiklanadi ?

Javob:
- Buning uchun ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki my.gov.uz portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

✉️ Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.

📄 Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

📎 So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida beriladi.

#bilasizmi #savol_javob
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yoʻlladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️27-iyun - matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Siz azizlarni kasb bayramingiz bilan qutlar ekanmiz, kasbingizdan doimo baraka topib yuring, el nazaridan qolmang deymiz. Barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ijodiy muvaffaqiyat tilaymiz. Qalamingiz bundanda o‘tkir, aytar so‘zingiz yana-da keskir bo‘lsin!
#bu_kun
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Yana bir holat bartaraf etildi

Kadastr agentligining Bekobod shahri bo‘limi tomonidan olib borilayotgan yer nazorati monitoringlari davomida shaharning A.Navoiy MFY hududida joylashgan noqonuniy molxona binosi bartraf etilishiga erishildi.

Sodir etilgan holat hamda uning oqibatlari yuzasidan fuqaro bilan olib borilgan tushuntirishlar natijasida qurilma fuqaro tomonidan belgilangan muddatda ixtiyoriy bartaraf etildi.

❗️Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar !
Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang !


#Bekobod #yernazorati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkni bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 13 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (340 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (306 000 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡MAʼLUMOT OʼRNIDA

Jismoniy va yuridik shaxslarga ijara, doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlarida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarining bino va inshoot bo‘lmagan bo‘sh qismini alohida qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🎤 JURNALISTIKA – yaratuvchanlik va farovonlikni har qadamda ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davlat boshqaruvi, biznes, ilm-fan hamda xalq o‘rtasidagi o‘zaro tushunish, ishonch va hamkorlikni mustahkamlovchi bo‘g‘indir.

🟢Bugun, 🌟Kadastr agentligi tizimida mana shu faoliyat bilan shug‘ullanayotgan barcha xodimlarni “27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bilan muborakbod etamiz. 💐

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkni bo‘lish xizmati qanday obyektlarga nisbatan tadbiq etilmaydi?

Javob:
- Mazkur xizmat quyidagi obyektlarga nisbatan tadbiq etilmaydi:
🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga;
🔹ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalariga;
🔹muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqida bo‘lgan yer uchastkalariga;
🔹huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga;
🔹ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlarga.

#bilasizmi #savol_javob
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM