TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.75K subscribers
8.76K photos
943 videos
10 files
7.05K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
⚡️Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra:

Davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining obyekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda toʻsqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida notoʻgʻri koʻrsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish:

🔹mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming soʻmdan 3 mln 400 ming soʻmgacha) miqdorda jarima;

Huddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:

🔹mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming soʻmdan 5 mln 100 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.

❗️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim
Bugun, 21-iyun kuni “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun Oliy Majlis Senati Kengashi majlisida muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Kuni kecha Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib, unda Senatning ellik uchinchi yalpi majlisini 2024-yil 21-iyun kuni chaqirilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#muhim
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtiriladi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etishni nazarda tutuvchi qonun Senatorlar tomonidan ma‘qullandi.

Taʼkidlanganidek, ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda.

‼️Eslatma, mazkur Qonun hozirda faqatgina maʼqullandi, hali tasdiqlanib kuchga kirganicha yo‘q. Viloyat aholisidan mazkur holatda shoshma shosharlikka yo‘l qo‘ymasliklarini, o‘zboshimcha qurilmalar qurmasliklarini so‘rab qolamiz !

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim
Qonun bilan quyidagi yer uchastkalari hamda bino va inshootlarga nisbatan bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish belgilanmoqda:

fuqarolar tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga;

2018-yil 1-mayga qadar fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiqcha egallagan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga;

“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e’tirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;

2021-yil 8-iyunga qadar tuman (shahar) hokimining qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari kengashi tomonidan o‘z vaqtida tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;

fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uchastkasiga;

2020-yil 9-martga qadar kichik sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan tadbirkorlik sub’yektlarining yashash uchun mo‘ljallanmagan binolari va inshootlari yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga;

xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasiga;

fuqarolarning, tadbirkorlik sub’yektlarining qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi e’tirof etilgan binolari va inshootlari egallagan yer uchastkasiga.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim
❗️Qonunda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning shartlari ham belgilanib, xususan,

🔹o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi boshqa shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmaganligi,

🔹yer uchastkasidan foydalanishda nizo yo‘qligi, yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi,

🔹shirkat a’zosi bo‘lganligi, investitsiya va boshqa majburiyatlar to‘liq bajarilgan bo‘lishi lozimligi
ko‘zda tutilmoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chma savdo do‘konlari uchun kadastr pasporti talab etiladimi ?

Javob: Yo‘q, talab etilmaydi.
Qonunchilikka ko‘ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka kadastr pasporti berilmaydi va unga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

Ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyi ko‘pi bilan 36 oygacha ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.
#savol_javob #huquqvaqti
Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati #bilasizmi
⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (850 000 so‘m);

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bizning manzillar: Bo‘stonliq tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Mamadaliyev Abdulaziz Abduvakil o‘g‘li
Filial rahbari - Meyliyev Sherzod Oralovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Bòstonliq tumani, Istiqlol MFY, Beruniy kòchasi, raqamsiz uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-742-10-41
#Boʼstonliq #bizningmanzillar
Каналга уланиш:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.
#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslar
🔹BHMning 3 baravaridan (1 mln 20 ming so‘m)
🔹25 baravarigacha (8 mln 500 ming so‘m) miqdorida
bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
#korrupsiyaga_qarshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#muhim
❗️O‘ZBOSHIMCHA QURILMALAR QILMANG !

Ayni kunlarda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunning Senat tomonidan maʼqullanganligi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ular orasida mazkur Qonun mazmunini to‘liqligicha bilmay turib, noto‘g‘ri talqin qilish holatlari va shuning asnosida yerlarni o‘zboshimcha egallash, pala-partish va poydevorsiz qurilishlar qilib, tom qismini yopib olishga urinishlar soni ortmoqda. Bu kabi holatlar dronlar yordamida aniqlanib, kosmik suratlar bilan taqqoslanmoqda va o‘z-o‘zidan maʼmuriy va jinoiy javobgarlik oqibatlarini kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Kadastr agentligi tomonidan olib borilayotgan nazorat tadbirlari davomida bu kabi qurilmalar bartaraf etilmoqda va yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga nisbatan keskin choralar ko‘rilmoqda.

❗️Hurmatli fuqarolar va viloyat aholisi !

Sizlardan “Aksiya”da hujjat qilib olaman deb o‘zboshimcha qurilishlar qilmasligingizni, amalda hujjatlari yo‘q bo‘lgan xonadon egalaridan esa Qonun imzolanishini va rasman kuchga kirishini kutishlarini so‘rab qolamiz !


🔖Ayni paytda mazkur Qonun Oliy Majlis Senati Kengashi tomonidan maʼqullanganligini, biroq hukumat tomonidan tasdiqlanmaganini, tasdiqlanib rasman eʼlon qilingachgina kuchga kirishini maʼlum qilamiz.

❗️Shuni unutmangki, yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud !

Kadastr agentligi
Toshkent viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati

#murojaat #yernazorati

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #dehqonxoʼjaligi #PQ20

⚡️DEHQON XO‘JALIGI YERLARI ENDI AUKSIONDA !

Endilikda sizda auksion orqali Toshkent viloyati hududidagi dehqon xo‘jaligi yerlarini 30 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

▪️Oqqo‘rg‘on tumanida 240 ta (ko'rish)
▪️Ohangaron tumanida 923 ta (ko'rish)
▪️Bekobod tumanida 756 ta (ko'rish)
▪️Bo‘stonliq tumanida 159 ta (ko'rish)
▪️Bo‘ka tumanida 708 ta (ko'rish)
▪️Quyichirchiq tumanida 345 ta (ko'rish)
▪️Zangiota tumanida 103 ta (ko'rish)
▪️Yuqorichirchiq tumanida 55 ta (ko'rish)
▪️Qibray tumanida 128 ta (ko'rish)
▪️Parkent tumanida 11 ta (ko'rish)
▪️Piskent tumanida 1042 ta (ko'rish)
▪️O‘rtachirchiq tumanida 885 ta (ko'rish)
▪️Chinoz tumanida 229 ta (ko'rish)
▪️Yangiyo‘l tumanida 436 ta (ko'rish)
▪️Toshkent tumanida 217 ta (ko'rish)

‼️“Yoshlar”, “Ayollar” va “Temir” daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#eʼlon #sayyor_qabul
⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Yangiyo‘l shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 26-iyun kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Yangiyo‘l shahar, Mustaqillik MFY, Uzumzor ko‘chasi, 1-umumtaʼlim maktabi binosi.
☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Ishonch telefonlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;

Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;

Kadastr agentligi - 1097;

Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – (71) 244-05-05;
#ishonch_telefon #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab bo‘lmaydi..

Kuchaytirilgan tadbirlar davomida hudud bo‘yicha jami 372,5 gektar yerda qonunbuzarlik holatlari aniqlandi. Shundan 302 gektari qishloq xo‘jaligida, 70,4 gektari esa aholi punkti yerlarida sodir etilgan.

Batafsil UzA saytida

#yernazorati #OAV_biz_haqimizda #UzA
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yosh kadastrchi

Sohaning faol yoshlari bilan tanishing:
Davlat kadastrlari palatasi Olmaliq shahar filiali topografi - Sarvar Abduvaliyev


#Olmaliq #yosh_kadastrchi #yoshlar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik tarzda;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ESLATMA !
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

- fuqarolarga BHMning 10 baravari,

- mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.


🔖Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach, 1 oy muddat ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #sayyor_qabul
⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Yangiyo‘l shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 26-iyun kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Yangiyo‘l shahar, Mustaqillik MFY, Uzumzor ko‘chasi, 1-umumtaʼlim maktabi binosi.
☎️ Murojaat uchun: (70) 202-02-07

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#muhim
Yerlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirganlik uchun jazo kuchaytirilmoqda

Bugun deputatlar yer uchastkalaridan samarali foydalanish hamda sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Yangi qonun loyihasida yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

Xususan, Jinoyat, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat-protsessual kodekslarida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq jinoyatlar prokuratura organlarining tergoviga taalluqli ekanligi belgilanmoqda.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari fuqarolik va iqtisodiy sudlarga yer to‘g‘risidagi qonun buzilishi bilan bog‘liq ariza kiritganda davlat bojidan ozod etilishi ham ko‘zda tutilgan.

🔖Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

#yernazorati #qonunchilikdagi_yangiliklar
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM