TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.75K subscribers
8.76K photos
943 videos
10 files
7.04K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkni bo‘lish mulkdor arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi

🤝Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.

✍️ Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi.

📗Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

🏢Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

📄Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Каналга уланиш: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qoʼygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#rasmiy_munosabat

⚡️Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan "O‘rtachirchiq tumani kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi" sarlavhasi ostida eʼlon qilingan video post yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Hozirda mazkur ish yuzasidan DXX organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

❗️Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 980 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 677 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 747 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 535 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 535 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 747 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 747 000 so‘m.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #brifing #murojaatlar

⚡️Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘limlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchiliklar va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar va masʼul xodimlarga nisbatan 6 ta jarima va 13 ta hayfsan, jami 19 ta intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Bu haqda Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i A.Usmonov maʼlumot berdi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Ohangaron tuman fuqarolari hamda tadbirkorlari !

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Ohangaron tuman fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 14 - noyabr kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Go'shsoy MFY binosi.

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #savol_javob

⚡️Savol:
- Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni olish uchun qancha miqdorda to‘lov amalga oshiriladi ?

Javob:
- Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni olish davlat xizmatini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 330 000 so‘m bo‘lsa, demak mazkur xizmat uchun to‘lov miqdori 165 000 so‘mni tashki etadi

Huquqiy asos: VM-535, 02.09.2020 yil

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#snos #bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️ Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#yer_nazorati #bilasizmi #javobgarlik

⚡️Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi

Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish

🔹fuqarolarga BHMning 3 baravari,
🔹mansabdor shaxslarga esa 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

🔹fuqarolarga BHMning 5 baravari,
🔹mansabdor shaxslarga esa 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#ayni_dam #sayyor_qabul #Ohangaron_tumani

⚡️Ayni damda Ohangaron tumanining Go'shsoy MFY da Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o'rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazilmoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
#korrupsiyagaqarshi

❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#davlat_bayrogʼi #32_yil

🇺🇿BAYROG‘IMIZ HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.


Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#korrupsiyagaqarshi #Ohangaron

⚡️Maqsad: korrupsiyadan holi hayot !

Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

🔹 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Ohangaron tuman hamda shahar bo‘limi xodimlari o‘rtasida korrupsiyaning oldini olishni kuchaytirish va ularni ogohlantirish yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🔹Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq #VM_71

⚡️O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz

💻Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

📨Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.

💳Xizmat uchun to‘lov miqdori:
🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m

💳Xususiylashtirish to‘lovi
🔹viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
🔹boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida

📑To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram