TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.75K subscribers
8.76K photos
942 videos
10 files
7.04K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#bilasizmi #kadastrxizmati #VM71

⚡️Yer uchastkalari auksion savdolariga qanday huquq asosida chiqariladi ?

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganda yer uchastkalari auksionga mulk huquqi bilan chiqariladi.

🔹Hududlar va aholi punktlari, ularni rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalari auksionga faqat ijara huquqi bilan chiqariladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#xalqbilanbirga #murojaatlar #infografika #qabul_kunlari

⚡️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari rahbariyatining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari grafigi va bog‘lanish uchun telefon raqamlari

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish bo‘yicha barcha imtiyozlar tugatildi

Prezident Farmoni bilan yer uchastkalarini berish bo‘yicha ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish (realizatsiya qilish);

🔹yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni to‘liq chiqarib tashlash;

🔹jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari bo‘yicha o‘zgarishlar.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Bo‘stonliq tuman kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
23%
Namunali
22%
Yaxshi
12%
Qoniqarli
43%
Qoniqarsiz
#auksion #yer_uchastkalari

⚡️TADBIRKORLIK QILMOQCHIMISIZ ?

📌Toshkent viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!!

▫️Oqqo‘rg‘on tumanida 73 ta (кўриш)
▫️Ohangaron tumanida 111 ta (кўриш)
▫️Bekobod tumanida 124 ta (кўриш)
▫️Bo‘stonliq tumanida 24 ta (кўриш)
▫️Bo‘ka tumanida 244 ta (кўриш)
▫️Quyichirchiq tumanida 218 ta (кўриш)
▫️Zangiota tumanida 35 ta (кўриш)
▫️Yuqorichirchiq tumanida 39 ta (кўриш)
▫️Qibray tumanida 41 ta (кўриш)
▫️Parkent tumanida 43 ta (кўриш)
▫️Piskent tumanida 351 ta (кўриш)
▫️O‘rtachirchiq tumanida 87 ta (кўриш)
▫️Chinoz tumanida 144 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l tumanida 84 ta (кўриш)
▫️Toshkent tumanida 16 ta (кўриш)
▫️Nurafshon shahrida 51 ta (кўриш)
▫️Olmaliq shahrida 82 ta (кўриш)
▫️Angren shahrida 215 ta (кўриш)
▫️Bekobod shahrida 3 ta (кўриш)
▫️Ohangaron shahrida 35 ta (кўриш)
▫️Chirchiq shahrida 6 ta (кўриш)
▫️Yangiyo‘l shahrida 5 ta (кўриш)

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #huquq

⚡️Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga olsa bo‘ladimi?

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi:

🔹 qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun;

🔹 tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga — qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xo‘jaliklarini, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati

⚡️Oqqo‘rg‘onda yer nazorati

Kadastr agentligi Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan tumanning Zarafshon MFYda yashovchi fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlari olib borilganligi aniqlangan.

Mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgach, qurilmalar yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilshi taʼminlagan.

Ushbu holatda fuqarolarga nisbatan hattoki rasmiy ogohlantirish xati ham va holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirishga hojat qolmagan.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #taqiq #kadastr_xizmati

⚡️Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

🔸binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;

🔸binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.

🔸tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

❗️Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

☝️Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bizningmanzillar #Yangiyoltumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman filiali

Bo‘lim boshlig‘i - Maxmudov Adxam Baxtiyarovich
Filial rahbari - Pulatov Oybek Xasanovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Gulbahor SHFY, Ko‘kalamzor MFY, Yoshlik ko‘chasi

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilib_qoygan_yaxshi

⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 980 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 677 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 747 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 535 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 535 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 747 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 747 000 so‘m.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

⚡️Masʼuliyatli saylovchi - vatan ravnaqiga befarq bo‘lmaydi !

📌 2023-yil 9-iyul O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#Piskent_tumani #xalqbilanbirga #murojaatlar

⚡️Kadastr mutaxassislari xonadonlarda

Aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, kadastr sohasiga oid dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini taʼminlashda “Mahallabay” va “Xonadonbay” tizimi samarali mexanizmga aylanib bormoqda.

Shu asosda Kadastr ageтtligi va Davlat kadastrlari palatasi Piskent tuman bo‘limiga kelib tushayotgan murojaatlar filialning tegishli mutaxassislari tomonidan manzilli dastur asosida har bir xonadon miqyosida o‘rganilishi taʼminlamoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar

🔹Yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilanishini nazarda tutuvchi shartnoma yoki sudning qarori servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

🔹Servitut yuzaga kelganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatda
▪️ yer uchastkasi ko‘rsatiladi
▪️ chegaralar belgilanadi
▪️ amal qilish muddati va to‘lov miqdori ko‘rsatiladi.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Bo‘stonliq tuman kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
23%
Namunali
22%
Yaxshi
12%
Qoniqarli
43%
Qoniqarsiz
#huquq #bilasizmi

⚡️Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

✍️ Tegishli loyiha tashkiloti bu obyektlarning qurilishi boshlanganligini tasdiqlasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.

🏬 Bino va inshootning poydevorini hamda birinchi qavati devorlarini tiklash yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos bo‘ladi.

📑 Qurilishi tugallanmagan obyektlarga bo‘lgan huquqlar bu obyekt joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin va loyiha tashkilotining mazkur obyektning qurilishi shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan shaharsozlik loyihasi asosida boshlanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Elektron onlayn-auksion orqali investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan olingan yer uchastkalarida, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida joylashgan qurilishi tugallanmagan obyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM