TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.75K subscribers
8.76K photos
943 videos
10 files
7.04K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#diqqat

⚡️Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi o‘quv soati boshlandi

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat #Zangiota

⚡️Kadastrda egalik qilish huquqi berish vakolati mavjud emas !

HAQIQAT OVOZI rasmiy kanal tomonidan YouTube tarmog‘i orqali eʼlon qilingan videomurojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Boshqarma ishchi guruhi tomonidan murojaat joyiga borib o‘rganilganda, fuqaro yashab turgan yeriga egalik huquqini beruvchi hech qanday huquqiy hujjatlari mavjud emasligi maʼlum bo‘ldi. Bunday holatda kadastr idoralari yer uchastkasiga yoki ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vakolatiga ega emasligi, huquqiy asosi mavjud bo‘lmaganda kadastr pasporti rasmiylashtirish huquqi mavjud emasligi taʼkidlanib, sudga murojaat etish tartibi yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

⬇️ Maʼlumot uchun

👉 Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘luvchi hujjatlar

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #Nurafshon

⚡️Nurafshonda noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda

🔎 Viloyatimiz markazi bo‘lmish Nurafshon shahrining Obod turmush MFY hududida bir necha fuqarolar tomonidan tegishli ruxsatlarsiz noqonuniy qurilmalar qurib olingani aniqlandi.

Biroq, Kadastr agentligi Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan rasman ogohlantirilgach, mazkur qurilmalar yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslar tomonidan 3 kun ichida bartaraf etilgan.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#ayni_dam #sayyor_qabul #Bekobod_tuman

⚡️Bekobod tumanida aholi murojaatlari o'rganilmoqda

Ayni damda Bekobod tumani aholisining kadastrga oid muammolarini o'rganish yuzasidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati boshchiligida sayyor qabul o'tkazilmoqda.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

❗️Ko‘p kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qo‘shimcha obyekt qurish taqiqlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2022 yildagi PQ-346-son qaroriga muvofiq,

🔸ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi;

🔸uylarni qurish loyiha hujjatlarida, kadastr pasportida umumiy foydalanishdagi mulk ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi;

❗️qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uylarga ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni kamaytirish va tutash yerda qo‘shimcha obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#diqqat

⚡️⚡️Ertaga barcha xodimlar uchun ish kuni

Prezident farmoni bilan 11-mart shanba dam olish kuni 20-mart dushanba kuniga ko‘chirildi.

Shu munosabat bilan 11-mart, shanba kuni ish haftasi turidan qatʼi nazar, barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Кadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 300 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 3 450 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#sarhisob #fevral

⚡️Fevral oyi yakuni sarhisob qilindi

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida va boshqarma xodimlari, hududiy filiallar rahbarlari ishtirokida fevral oyi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi va filial rahbarlarining hisobotlari tinglanib, muhokama qilindi.

Yig‘ilish so‘nggida faoliyatda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun Bo‘stonliq, Qibray, Zangiota va boshqarmaning bir nafar xodimiga jarima, 15 nafar auksion mutaxassislariga hayfsan, 4 nafar kadastr muhandisi, 2 nafar DKYAT va 2 nafar UzKAD mutaxassislariga, shuningdek, ijro intizomini qo‘pol ravishda buzganligi uchun Qibray tuman filialining 16 nafar xodimiga nisbatan qatʼiy ogohlantirish intizomiy jazolari qo‘llanilishi yuzasidan qaror qabul qilinib, barchadan o‘z xizmat faoliyatiga masʼuliyat bilan yondoshishi lozimligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#auksion #dehqonxojaligi #PQ20

⚡️SHOSHILING! MAVSUM YAQIN!

Endilikda sizda auksion orqali Toshkent viloyati hududidagi dehqon xo‘jaligi yerlarini 30 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

▪️Oqqo‘rg‘on tumanida 231 ta (ko'rish)
▪️Ohangaron tumanida 385 ta (ko'rish)
▪️Bekobod tumanida 666 ta (ko'rish)
▪️Bo‘stonliq tumanida 414 ta (ko'rish)
▪️Bo‘ka tumanida 914 ta (ko'rish)
▪️Quyichirchiq tumanida 75 ta (ko'rish)
▪️Zangiota tumani 50 ta (ko'rish)
▪️Yuqorichirchiq tumani 59 ta (ko'rish)
▪️Qibray tumanida 119 ta (ko'rish)
▪️Parkent tumanida 146 ta (ko'rish)
▪️Piskent tumanida 660 ta (ko'rish)
▪️O‘rtachirchiq tumanida 634 ta (ko'rish)
▪️Chinoz tumanida 265 ta (ko'rish)
▪️Yangiyo‘l tumanida 443 ta (ko'rish)
▪️Toshkent tumanida 6 ta (ko'rish)

❗️“Yoshlar”, “Ayollar” va “Temir” daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram