TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.74K subscribers
8.77K photos
944 videos
10 files
7.06K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
⚡️Boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar yer solig‘idan ozod qilinadi

🔖 Qonunchilikka ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi.

❗️Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir.

📃 Mazkur imtiyoz Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining maʼlumotnomasi asosida beriladi.
#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvk
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:

🔹o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishga;

🔹pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;

🔹tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;

🔹tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga;

🔹o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;

🔹chet davlat fuqaroligini olishga;

🔹qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga.

👉 Manba

#bilasizmi #huquq
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI

Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

#bilasizmi #kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
⚡️Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega

🔹Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

🔹Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

❗️Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47-modda
#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM