TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.75K photos
942 videos
10 files
7.04K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
⚡️Toshkent tumanida navbatdagi noqonuniy qurilma bartaraf etildi

Kadastr agentligi Toshkent tuman bo‘limi tomonidan tumanning G‘ishtko‘prik MFY, Chimkent yo‘li ko‘chasi, G‘ishtko‘prik bojxona posti yaqinida joylashgan, fuqaro U.A tomonidan tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoniga qurilgan noqonuniy savdo do‘koni yuzasidan sud organiga daʼvo arizasi kiritilishi taʼminlangan edi.

Bugungi kunga kelib, sudning hal qiluv qarori ustidan nazorat o‘rnatilib, MIB hamda Kadastr agentligining tuman bo‘limlari hamkorligida noqonuniy qurilmalarning bartaraf etilishi taʼminlandi.

❗️Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar !
Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang !


#yernazorati #Toshkent
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Turar-joy obyektlar kadastr pasportini shakllantirish tartibi

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

🪙Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

✉️Ariza beruvchi to‘lovni 1 oy mobaynida amalga oshiradi;

✔️Kadastr agentligi kadastr pasportini shakllantiradi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati:
Kadastr pasportini tayyorlash ob‘ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.


❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastr pasporti rasmiylashtirish narxlari qanday?

Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari quyidagicha

Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk uchun - BHMning 1 baravari;

Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk uchun - Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun BHMning 1,15 foizi;

Umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk uchun - BHMning 17,25 baravari;

Umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk uchun - BHMning 34,5 baravari;

Umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk uchun - BHMning 57,5 baravari;

Umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk uchun - BHMning 80,5 baravari;

#kadastr_xizmati #savol_javob
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i J.Axrorov hamda boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislar ishtirokida Yangiyo‘l tuman bo‘limida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

▫️Suhbat davomida o‘z xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilmaslik o‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

▫️Har bir xodim bilan induvidual tarzda o'tkazilgan suhbatda xodimning korrupsiyaga moyillik darajasi o'rganildi.

▫️Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

#korrupsiyaga_qarshi #Yangiyoʼl_tuman
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun kadastr pasportini shakllantirish nechi kun ichida amalga oshiriladi ?
Anonymous Quiz
16%
7 ish kuni ichida
9%
10 ish kuni ichida
64%
3 ish kuni ichida
11%
5 ish kuni ichida
⚡️Ishonch telefonlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi – 1000;

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi – (71) 239-86-50, (71) 239-81-14;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – 1090; (71) 239-02-74

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi – 1007;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi – 1102;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 1008;

Davlat soliq qo‘mitasi – 1198;

Kadastr agentligi - 1097;

Davlat xizmatlari agentligi – 1148, (71) 207-00-66;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi – (71) 244-05-05;

#ishonch_telefon #bilasizmi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bekobod shahar kadastr bo‘limi/filialining ish faoliyatini qanday baholaysiz ?
Anonymous Poll
28%
Namunali
26%
Yaxshi
14%
Qoniqarli
32%
Qoniqarsiz
⚡️Diqqat, kadastr bo‘yicha savolingiz bormi?

💬Yer bilan bog‘liq masalalar, auksionga maydonlar qo‘yish, ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda javobini kutayotgan savollar sizni qiynayaptimi?

🎙U holda bugun, 5-avgust kuni ushbu rasmiy telegram sahifamizda soat 17:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn muloqotda ishtirok eting.

Mavzu: Yer uchastkalarini auksionga chiqarish va yoshlarga ajratilayotgan yer uchastkalari

#diqqat #Audio_muloqot
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkni bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 13 ish kuni;

🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida (340 000 ming so‘m);
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (306 000 ming so‘m).

#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💡MAʼLUMOT OʼRNIDA

Jismoniy va yuridik shaxslarga ijara, doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlarida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarining bino va inshoot bo‘lmagan bo‘sh qismini alohida qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.

#bilib_qoʼygan_yaxshi
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘chmas mulkni bo‘lish xizmati qanday obyektlarga nisbatan tadbiq etilmaydi?

Javob:
- Mazkur xizmat quyidagi obyektlarga nisbatan tadbiq etilmaydi:
🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga;
🔹ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalariga;
🔹muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqida bo‘lgan yer uchastkalariga;
🔹huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan ko‘chmas mulklarga;
🔹ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlarga.

#bilasizmi #savol_javob
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Matbuot anjumani tafsilotlari “O‘zbekiston 24 radiosining informatsion dasturlarida

Unda Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i R.Payziyev amalga oshirilgan ishlar yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi

#OAV_biz_haqimizda #yernazorati #matbuot_anjumani
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Matbuot anjumani tafsilotlari “O‘zbekiston 24” radiosining informatsion dasturlarida

Unda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i J.Axrorov amalga oshirilgan ishlar yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.

#OAV_biz_haqimizda #matbuot_anjumani
Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Live stream scheduled for
Live stream started