TOSHKENT VILOYATI KADASTRI
4.76K subscribers
8.75K photos
942 videos
10 files
7.04K links
Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 24-uy

[email protected]

👨‍💻 Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
加入频道
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkni bo‘lish mulkdor arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi

🤝Umumiy mulk bo‘lgan ko‘chmas mulk uning mulkdorlarining (ishtirokchilarining) o‘zaro kelishuviga ko‘ra bo‘linadi.

✍️ Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi.

📗Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

🏢Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

📄Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

Asos:
O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Каналга уланиш: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ohangaron_tumani #qurilish

⚡️Ohangaron tumanida yangi bino qurilishi ishlari davom etmoqda

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2022-yildagi PQ-405-son qarorining 3-ilovasiga muvofiq, Ohangaron tuman bo‘limining maʼmuriy binosi uchun tuman markazi bo‘lmish Nurobod qo‘rg‘onidan yer ajratilib, dastlabki qurilish ishlari boshlangan edi.

Ayni paytda ikki qavatli bino qad rostlab, tom qismi yopilgan va bezak berish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur bino joriy yilning birinchi yarim yillik davrida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Каналга уланиш: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼlon #sayyor_qabul

⚡️DIQQAT EʼLON!

Hurmatli Boʼka tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari !

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Boʼka tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 27 - mart kuni soat 11-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalari rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Toshkent viloyati, Boʼka tumani ixtisoslashtirilgan maktab davlat muassasasi binosi

☎️ Murojaat uchun: +998 (70) 202-02-07

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #huquqvaqti #yernazorati

Savol:
- Hovlimiz 23 sotixdan iborat. Kadastr hujjatlarimizda 11 sotix yer qizil maydon qilib belgilab qo‘yilgan. O‘sha qizil maydonga uy qura olamanmi?

Javob:
Qonunchilikka muvofiq, o‘zining egallab turgan yer uchastkasida qurilish, qayta qurish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish lozim bo‘ladi. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etiladi. Ruxsatnoma Arxitektura qurilish bo‘limi tomonidan beriladi.

Agar yer uchastkasi qizil chiziq hududida yoki muhofaza zonasida joylashgan bo‘lsa yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan bo‘lsa, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilmaydi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaatlar #qonun

⚡️Murojaatlarni ko‘rib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor ?

Qonunchilikka ko‘ra,
➡️ jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

➡️ murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

➡️ murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

➡️ murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;

➡️ jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik

— mansabdor shaxslarga 330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #dehqonxoʼjaligi #PQ20

⚡️SHOSHILING! MAVSUM YAQIN!

Endilikda sizda auksion orqali Toshkent viloyati hududidagi dehqon xo‘jaligi yerlarini 30 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

▪️Oqqo‘rg‘on tumanida 147 ta (ko'rish)
▪️Ohangaron tumanida 126 ta (ko'rish)
▪️Bekobod tumanida 127 ta (ko'rish)
▪️Bo‘stonliq tumanida 37 ta (ko'rish)
▪️Bo‘ka tumanida 292 ta (ko'rish)
▪️Quyichirchiq tumanida 79 ta (ko'rish)
▪️Zangiota tumanida 4 ta (ko'rish)
▪️Yuqorichirchiq tumanida 96 ta (ko'rish)
▪️Qibray tumanida 79 ta (ko'rish)
▪️Parkent tumanida 12 ta (ko'rish)
▪️Piskent tumanida 221 ta (ko'rish)
▪️O‘rtachirchiq tumanida 229 ta (ko'rish)
▪️Chinoz tumanida 167 ta (ko'rish)
▪️Yangiyo‘l tumanida 376 ta (ko'rish)
▪️Toshkent tumanida 60 ta (ko'rish)

‼️“Yoshlar”, “Ayollar” va “Temir” daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi taʼminlanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#yernazorati #ishonchraqam #infografika

⚡️Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilishni bilasizmi?

💰Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook     Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʼka_tumani #aynidam #sayyor_qabul

⚡️Ayni damda Bo‘ka tumanining Ixtisoslashtirilgan maktab davlat muassasasi binosida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati hamda tuman masʼullari ishtirokida aholining kadastr sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Каналга уланиш: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#kadastr_xizmati

⚡️Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

🔗Ushbu xizmat kompozit tarzda ko‘rsatiladi.

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

✉️Vakolatli organ joyida o‘lchov amalga oshiradi va arizachiga to‘lov uchun invoys yuboradi;

✔️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

🪙 Ariza beruvchi to‘lovlarni amalga oshiradi;

✉️Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko‘rsatish muddati - umumiy maydon o‘lchamidan kelib chiqib 5 ish kunidan-25 ish kunigacha;

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati - 2 ish kunigacha.

❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʼstonliq #bizningmanzillar

⚡️Bizning manzillar: Bo‘stonliq tumani

📍Kadastr agentligi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman filiali

Bo‘lim rahbari - Mamadaliyev Abdulaziz Abduvakil o‘g‘li
Filial rahbari - Meyliyev Sherzod Oralovich

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
har kuni, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Bòstonliq tumani, Istiqlol MFY, Beruniy kòchasi, raqamsiz uy

☎️Murojaat uchun telefon: 70-742-10-41

Каналга уланиш:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #savol_javob

Yo‘qolgan kadastr pasporti qanday tartibda tiklanadi ?

Javob:
- Buning uchun ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki my.gov.uz portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

✉️ Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.

📄 Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

📎 So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Boʼka #xalqbilanbirga #sayyor_qabul

⚡️Aholining kadastrga oid muammolari o‘rganilmoqda

Bugun Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani aholisining kadastrga oid muammolarini o‘rganish va ularni hal qilish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 80 ga yaqin fuqarolar qatnashdi va ulardan jami 51 ta murojaat kelib tushdi.

Qabul davomida har bir fuqaroning ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, mutasaddilar tomonidan ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi

❗️Kadastr agentligi ogohlantiradi !

Kanalga ulanish:
https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish javobgarlikka sabab bo'ladi

Qonunchilikka muvofiq, yuridik shaxsning mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoki mol-mulkining mulkdori yoki jismoniy shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish, ya’ni to‘lovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki ko‘paytirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik yoxud jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligiga olib kelsa, kreditorlarga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarning pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

❗️Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs kreditorlarning pul majburiyatlari bo‘yicha talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, agar tegishli talablar uning ilgarigi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, belgilangan tartibda sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

Kanalga ulanish: https://yangx.top/tvkad
Facebook Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan kadastr pasporti qancha muddatda tiklab beriladi ?
Anonymous Quiz
41%
5 ish kuni ichida
32%
3 ish kuni ichida
27%
2 ish kuni ichida